Robert Nailevich Garayev () — rossiyalik jurnalist, qoʻshiqchi, yozuvchi. „Slovo patsana. Kriminalniy Tatarstan 1970—2010-x“ hujjatli asari muallifi.
Biografiyasi Garayev 1976-yil 8-fevralda Qozon shahrida dunyoga kelgan. Akademik Korolyov koʻchasida katta boʻlgan. 49-sonli maktab yonida yashashiga qaramay 94-sonli gimnaziyada (shuningdek maktab yonidagi musiqa maktabida) tahsil olgan. 1989-yil, 14 yoshida Robertni kamsitadigan va undan pul talab qiladigan tengdoshi paydo boʻlgan. Garayev unga pul berishni xohlamagan va shunda parallel sinfdagi doʻstlari unga „Quyilar“ birlashgan jinoiy guruhiga (ruscha OPG) aʼzo boʻlishni taklif qilishgan va Garayev bunga jon deb rozi boʻlgan. 1991-yilda Robert jinoiy uyushmani tark etgan va otasining uyiga koʻchib oʻtgan.
Jinoiy guruhlar bilan aloqasini uzganidan soʻng Rober Garayev Qozon universitetining tarix yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. Universitetdagi oʻqish davrida didjeylik qilib pul topishni boshlagan va shu sababli 2004-yilda „16 tonn“ klubida „Zolotoy Gorguli“ mukofotini olgan. 2000-yilda Moskvaga koʻchib oʻtgan va „Vash Dosug“ jurnali redaktoriga aylangan. Jurnalning „klublar“ boʻlimi uchun maqolalar yozgan. Shuningdek Heavy Metal DJs guruhi tarkibiga faoliyat yuritadi. Yahudiylar muzeyida kurator boʻlib ishlagan davrida oʻzi ham aloqador boʻlgan „Qozon fenomeni“ haqida oʻrganishni boshlagan. Uning izlanishlari faqatgina mavzu haqida ilmiy maqolalar oʻqish bilan cheklanib qolmagan. U jinoiy guruh aʼzolari va politsiya xodimlari bilan juda koʻplar intervyular uyushtirgan. 2020-yilda u „Slovo patsana. Kriminalniy Tatarstan 1970—2010-x“ asarini eʼlon qilgan. 2023-yil dekabrida yozuvchi ayollar jinoiy uyushmalari haqida ham asar yozishini eʼlon qilgan.
Bibliografiya
Slovo patsana. Kriminalniy Tatarstan 1970—2010-x (2020)
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Jurnalistlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar