Albrechtice — Chexiya Respublikasining Moraviya-Sileziya viloyati Karvina tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitetda (01.01.2023) holatiga koʻra 3800 ga yaqin aholi va kam sonli polshaliklar ham istiqomat qiladi.

Etimologiyasi Munitsipalitet nomi Albrecht ismidan olingan boʻlib, „Albrext qishlogʻi“ degan maʼnoni anglatadi. 1322-yildagi tegishli manbalarga koʻra Teschen gersogligining bir qismi sifatida kelgan.

Joylashuvi Albrechtice — Karvinádan taxminan janubda va Ostravadan sharqdagi Moraviya-Sileziya viloyat etaklarida joylashgan. Munitsipalitetning shimoliy qismi Ostrava Basin past tekisligigacha choʻzilgan boʻlib munitsipalitet hududidan Stonávka daryosi ham oqib oʻtadi. Shuningdek munitsipalitet shimolda Stonava, sharqda Karvina, janubi-sharqda Chotebuz, janubda Chesky Těšín va Terlicko, janubi-gʻarbda Gavířov va gʻarbda Horní Sucha bilan chegaradosh. Maydoni 12,687788 km² boʻlib, dengiz sathidan-258 m balandlikda joylashgan. Iqlimi Bu yerning iqlimi oʻrtacha kontinental, yozi nisbatan issiq, qishi sovuq, bulutli va nam havo massasini hosil qiladi. Havo kechasi salqin, kunduzi issiq, yogʻingarchilik kam boʻlib, u yildan yilga oʻzgarib turadi.

Tarixi Qishloq haqida birinchi qo'lyozma 1447-yilda Peter’s Pence (toʻgʻridan-toʻgʻri katolik cherkovlarga qilingan xayr-ehsonlar yoki toʻlovlar) roʻyxatida Teschen davlatidagi 50 ta cherkovlar orasida munitsipalitet Albrothsdorff nomi bilan qayd etilgan. Siyosiy jihatdan qishloqni Teschen hokimyati boshqargan lekin, 1526-yildan boshlab Habsburg monarxiyasining bir qismiga aylantirilgan.

1540-yildan soʻng Teschen hokimyatida Protestant islohotlari hukmronlik qiladi va mahalliy katolik cherkovni Lutterlar tomonidan bosib olinadi. Cherkov (mintaqadagi ellikka yaqin binolardan biri sifatida) maxsus komissiya tomonidan tan olinadi va 1654-yil 26-martda Rim-katolik cherkovlar tarkibiga qaytariladi.

Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanish natijasida Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1880-yilda Freyshtadt siyosiy va huquqiy okrug aʼzosiga aylangan.

1880-1910-yillarda aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 1070 kishidan, 1910-yilda 1335 kishiga oʻsgan. 1880-yilda aholining 96,9% chex tilida soʻzlashuvchilar, 33 yoki 31% nemis tilida soʻzlashuvchilar boʻlgan. Keyingi yillarda aholini roʻyxatga olishda polyak tilida soʻzlashuvchilar soni ortgan. 1890-yilda 97,9% dan 1910-yilda 99,5% gacha oʻsadi keyin nemis tilida soʻzlashuvchilar soni kamaydi (1890-yildagi 23 yoki 2,1% dan 1910-yilda 6 yoki 0,5% gacha). Din jihatidan 1910-yilda koʻpchilik Rim-katoliklari (899 yoki 67,3%), protestantizm (424 yoki 31,8%) va yahudiylar (11 yoki 0,8%) boʻlgan.

Birinchi jahon urush paytida, Polsha — Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Cieszyn Silesiya shaharlari boʻlinishidan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiya davlat tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Trans-Olza mintaqasi bilan birgalikda Polsha davlati tomonidan qoʻshib olinadi va maʼmuriy jihatdan Sileziya shahrining Frishtat okrugi tashkil etiladi. Keyin munitsipalitet Ikkinchi jahon urush boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan anneksiya qilingan. Urushdan keyin munitsipalitet Chexoslovakiyaga qaytariladi.

Demografiyasi Munitsipalitetda kam sonli polshalik aholi umumiy aholining 15,7% ni tashkil qiladi. Dastlabki aholini roʻyxatga olish malumotlariga koʻra 1869-yilda 1015 kishini tashkil etgan.

Diqqatga sazovor joylari Munitsipalitetning eng muhim yodgorliklari — Avliyo Peter va Paul cherkovidir. Cherkov 1766-yilda barokko uslubida qurilgan boʻlib, bino asosan yogʻochdan bunyod etilgan.

Taniqli odamlar

Bruno Matykievich (1959 yilda tugʻilgan), polshalik ogʻir atletikachi. Yana qarang

Šumbark Stonava Životice (Havířov) Louky (Karviná) Ráj Dolní Lutyně

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Chex Respublikasidagi qishloqlar Turkum:Chexiya Turkum:Chexiya respublikasi aholi punktlari