Anna Trincher (; 2001-yil 3-avgust, Kiyev) — ukrainalik qoʻshiqchi va aktrisa, „Junior Eurovision 2015“da Ukraina vakili, The Voice Ukrainaning sakkizinchi mavsumining super finalchisi, The Voice Kids Ukrainaning ikkinchi mavsumi ishtirokchisi, shuningdek „Shkola“ serialida suratga tushgan. Ijodiy faoliyati Anna Trincher musiqiy faoliyatini 6 yoshidan boshlab xorda xonandalikdan boshlagan. Keyin musiqa maktabida bandura boʻyicha oʻqiydi. 9 yoshida yakkaxon kuylay boshladi.

2014-yilda Anna „Nebo znayet“ qoʻshigʻi bilan Junior Eurovision 2014 tanlovida ishtirok etadi, ammo tanlovda birinchi oʻrinni „Simfo-Nik“ triosi egallagan.

2015-yilda qoʻshiqchi The Voice Kids Ukrainaning ikkinchi mavsumida ishtitork etib, „Battle“ bosqichigacha yetib kelgan.

Soʻngra, New Wave Junior 2015 tanlovida Ukraina vakili sifatida ishtirok etib va tanlovda beshinchi oʻrinni egallaydi.

2015-yilda qoʻshiqchi yana „Junior Eurovision“ tanlovining milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun ariza beradi. 22-avgust kuni qoʻshiqchi Vadim Lisitsa va Alyosha bilan hamkorlikda yozilgan „Pochni z tebe“ qoʻshigʻi bilan saralash bosqichning finalida gʻolib chiqadi. Shunday qilib, qoʻshiqchi Junior Eurovision 2015 tanlovida Ukraina vakili sifatida qatnashish huquqini oladi. 21-noyabr kuni Junior Eurovision 2015 tanlovining finalida Anna 12-raqam ostida ishtirok etib, oʻn birinchi oʻrinni egallaydi.

Yana boshqa yutuqlari sifatida 2015-yil may oyida Buxarestda boʻlib oʻtgan XIII he International Festival of Language and Cultureda egallagan 3-oʻrinni keltirish mumkin. left|thumb|240x240px|Anna Trincher „Junior Eurovision 2016“ tanlovida (2016-yil) 2016-yil 16-fevralda uning „Pochni z sebe“ qoʻshigʻiga ishlangan klipining premyerasi boʻlib oʻtdi. Iyun oyida Anna Kievni Kiyev merining mukofoti laureati boʻldi. 20-noyabr kuni Anna „Junior Eurovision 2016“ tanlovida boshlovchi sifatida qatnashib, ukrainalik hakamlar hayʼatining ovoz berish natijalarini eʼlon qilgan.

2018-yilda Trincher The Voicening sakkizinchi mavsumida ishtirok etadi, shuningdek, maktabni tugatgandan soʻng, Anna Kiyev milliy madaniyat va sanʼat universitetining aktyorlik fakultetiga oʻqishga kiradi.

2018-yil 13-dekabrda premyerasi boʻlib oʻtgan Oʻrgimchak-odam: Yondosh olamlar multfilmida Anna bosh qahramon Penni Parkerga ovoz beradi.

2019-yil mart oyida „Shkola“ qoʻshigʻi uchun videoklip oladi, klipni suratga olish uchun Anna xuddi shu nomdagi serial aktyorlarini Bogdan Osadchuk, Karina Chernyavskaya, Irina Kudashova, Sasha Petrenko, Yanina Andreeva, Nikita Vakulyukni taklif qilgan. Oʻsha yilning noyabr oyida „Koroche Ponyatno“ qoʻshigʻining lyrica videosining premyerasi boʻlib oʻtdi va Aleksandr Dikol prodyuserlik qilgan „Malinoviye Volosi“ qoʻshigʻining videoklipi ham chiqadi.

2020-yil 10-noyabr kuni ukrainchadagi „Meteliki“ qoʻshigʻi videoklipining premyerasi boʻlib oʻtdi.

2021-yil 29-aprelda Dmitriy Sisoyev bilan birgalikda yozilgan „Kiss“ qoʻshigʻi chiqadi. Soʻngra esa Trincher FOXXStidio bilan birgalikda olgan „Po Gubam“ videoklipi taqdim etildi. 2021-yil 18-noyabrda Anna oʻzining sevgilisi Aleksandr Voloshinga bagʻishlagan „Lishe tebe“ qoʻshigʻi klipining premyerasi boʻlib oʻtadi. Aktyorlik faoliyati 2016-yil avgust oyida Anna Nyu-York kino akademiyasining Los-Anjelesdagi filialida aktyorlik kurslarida tahsil oldi. Diplomni olish uchun Anna bir nechta sinovli qisqa metrajli filmlarda rol oʻynashi shart boʻlgan.

Oʻsha yilning sentyabr oyida diplomini olish uchun Anna Ukraina telekanalidagi „Realnaya Mistika“ telekoʻrsatuvining „Izbushka“ epizodida yoʻqolgan qiz Sabina rolini oʻynaydi (2017-yil 10-fevralda namoyish etilgan).

2017-yil aprel oyida Trincher 1+1 kanalidagi „Shkola“ serialida Nata roli uchun kastingdan oʻtadi. Suratga olish ishlari 2017-yilning 1-avgustidan 4-noyabriga qadar Kiyevdagi 106-sonli maktabda boʻlib oʻtgan. 2017-yil kuzida — 2018-yil qish mavsumida Ukraina televideniyesida eng yuqori reytingga aylangan serialning premyerasi 2018-yil 15-yanvarda boʻlib oʻtgan.

2018-yil dekabr oyida Amerikaning Oʻrgimchak-odam: Yondosh olamlar animatsion filmi chiqadi, unda Trincher Penni Parkerga ovoz beradi. Xuddi shu oyda STB kanalida uning ishtirokida „Yangi yil farishtasi“ televizion filmining premyerasi boʻlib oʻtadi. Diskografiyasi Singllari „Nebo znae“ (2014) „Pochni z sebe“ (2016) „Ne boysya“ (2016) „Light Up The Sky“ (2016) „Want To Ask“ (2016) „Love“ (2017) „SOS“ (2017) „Jivi“ (2018) „#auLyubviNetuVozrasta“ (2018) „Love Story“ (2018) „Na Obolonі“ (2018) „RJNMG“ (2018) „Yesli ne spat“ (2019) „Shkola“ (2019) „Koroche ponyatno“ (2019) „ShIZILYuBOV“ (2020) „Malinovie volosi“ (2020) „Meteliki“ (2020) „Po gubam“ (2021) „Bla bla bla“ (2021) „Lishe tebe“ (2021) „Plaksa“ (feat. Jerry Heil) (2021) „Ne zalishay“ (2022) „Razom do peremogi“ (feat. DOROFEEVA, Olya Polyakova, Jerry Heil, TAYANNA, Khayat) (2022) „Ti robiv menі kavu“ (feat. Mountain Breeze) (2022) „Rіdna mati moya“ (2022) „Lishe ti і ya“ (2022) „Yakiy ti kozak“ (feat. POSITIFF) (2022) „Zay“ (2022) „Shlyax do Peremogi“ (feat. Olya Polyakova, POSITIFF) (2023) „Kropiva“ (2023)

Videografiyasi YilNomiRejissyor2014Nebo znayeMaksim Zubchenko2016Pochni z sebeVladimir Shpak2016Ne boysyaMaksim Zubchenko2016Want to askMaksim Zubchenko2017SOSMaksim Zubchenko2017Light Up the SkyDarya Litvinenko2017LoveAnastasiya IgnatovaYevgeniya Zadvornaya2018JiviMaksim Zubchenko2018#auLyubviNetuVozrastaAnastasiya Ignatova2018Love StoryMaksim Savinov2018#RJNMGDmitriy Muxin2019Yesli ne spatAleksandr Faust2019ShkolaMaksim Basist2019Koroche, ponyatnoAnastasiya IgnatovaYevgeniya Zadvornaya2020ShIZILYuBOVYana Bratsenyuk2021Po gubamGerman Nenov2021Lishe tebeAnya Bod2021Ne zalishayOleksіy Bondar2022Ti robiv menі kavu (feat. MBreeze)Valeriya Fadeeva, Katarina Dema2022Rіdna Mati MoyaRoman Danilyuk2022ZayValeriya Fadueueva / Katerina Dema2022Yakiy ti kozakMark Telpіs2023Shlyax do peremogiOleksіy Bondar Yana qarang Yelena Maksimova Manbalar

Turkum:Kiyevda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:3-avgustda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar