Toshkent xalqaro universiteti (TIU) – 2023-yildan oʻz faoliyatini yuritayotgan oliy taʼlim muassasasi.

Universitet tarixi Toshkent xalqaro universiteti (TIU) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 900-son qarorihttps://lex.uz/uz/docs/4584243 bilan tashkil etilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 146186-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi.

Umumiy maʼlumotlar Universitet kampusida 4 ta bino boʻlib (umumiy sigʻimi 1700 kishi), undagi barcha auditoriyalari zamonaviy oʻquv va texnik vositalar bilan jihozlangan. 300 oʻrinli talabalar turar joyi, bir vaqtning oʻzida 150 talabaga xizmat koʻrsatadigan zamonaviy axborot-resurs markazi hamda 150 oʻrinli oshxonasi bor.

Bakalavriat yoʻnalishlari

Kunduzgi taʼlim 60310100 - Iqtisodiyot (oʻzbek, ingliz, rus – tarmoqlar va sohalar boʻyicha)60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar60411900 – jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (min. va faol. turlari)60110200 – Maktabgacha taʼlim (oʻqish muddati – 3 yil)60110500 – Boshlangʻich taʼlim60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi (oʻzbek, ingliz, rus)60610500 – Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)60610600 – Dasturiy injiniring60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (oʻzbek, rus)60230100 – Filiologiya va tillarni oʻqitish (koreys tili)

Masofaviy taʼlim 60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar60110200 – Maktabgacha taʼlim (oʻqish muddati – 3 yil)60110500 – Boshlangʻich taʼlim60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-Servis, Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)

Magistratura

Davlat moliyasi va xalqaro moliya Iqtisodiyot

Ikkinchi oliy taʼlim 60310100 - Iqtisodiyot (oʻzbek, ingliz, rus – tarmoqlar va sohalar boʻyicha)60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi (oʻzbek, ingliz, rus)60610500 – Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)

Xalqaro hamkorlik Toshkent xalqaro universiteti Janubiy Koreyaning 7 ta yetakchi oliy taʼlim tashkiloti, xususan, Seul milliy universiteti, Shungang universiteti, Sejong universiteti, Hankuk universiteti, Solbrij xalqaro biznes maktabi, Kangvun milliy universiteti hamda boshqa dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatgan. Bu taʼlim muassasalarining barchasi dunyoning hamda Osiyoning nufuzli universitetlari qatorida turadi.

Grantlar Toshkent xalqaro universiteti qabul stipendiyalari orqali talabalarga moliyaviy yordam beradi. Ushbu stipendiyalar abituriyentning ingliz tilini bilishi, oʻquv yutuqlari va darsdan tashqari mashgʻulotlarga jalb etilishi kabi omillarni hisobga olgan holda taqdim etiladi. Qabul stipendiyalari oʻqish xarajatlarini qoplaydi va odatda umumiy oʻqish narxining 25% dan 100% gacha oʻzgaradi.

Bakalavriat talabalariga – Bir yil

Magistratura talabalariga – Bir yil

Qabul jarayoni Toshkent xalqaro universitetida qabul jarayoni may oyidan avgust oyiga qadar davom etadi. Hujjatlar universitet qabul platformasi orqali onlayn hamda bevosita universitetga kelib amalga oshiriladi.

Imtihon jarayoni Universitetga kirish uchun imtihonlar taʼlim yoʻnalishlar xususiyatidan kelib chiqqan holda test, suhbat va yozma koʻrinishda boʻlib otishi mumkin.

Rektor

Jun Yong Wook 2023 – h.v.

Ilmiy kengash faoliyati Toshkent xalqaro universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DSc. 22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengash 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.16–Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosligi boʻyicha faoliyat yuritadi.

Manbalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2019 yildagi 900-son qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 146186-sonli litsenziyasi Toshkent xalqaro universiteti rasmiy sayti Massachusetts texnologiyalar universiteti rasmiy sayti