Furot koʻli (, Buhayrat al-Furat) Suriyaning Raqqa muhofazasida joylashgan Furot daryosidagi suv ombori. 1974-yilda Tabqa toʻgʻoni qurilishi tugagandan soʻng tashkil qilingan. Furot koʻli Suriyaning eng katta koʻli boʻlib, maksimal sigʻimi va maksimal yuzasi maydoni . Katta kanallar tarmogʻi Furot koʻli suvini Furotning ikkala qirgʻogʻini sugʻorish uchun tashiydi. Bundan tashqari koʻl Halab shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlaydi va baliqchilik sanoatini qoʻllab-quvvatlaydi. Furot koʻli qirgʻoqlari muhim ekologik zonalarga aylantirilgan.

Loyiha tarixi Furot daryosining Suriyadagi qismida toʻgʻon qurish boʻyicha dastlabki rejalar 1927-yilga borib taqaladi, ammo bular amalga oshirilmadi. 1957-yilda Sovet Ittifoqi bilan Furot daryosida toʻgʻon qurish uchun texnik va moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida, 1960-yilda Gʻarbiy Germaniya bilan moliyaviy kelishuv imzolandi. Loyihani moliyalashtirish boʻyicha yana bir kelishuv 1965-yilda Sovet Ittifoqi bilan imzolangan. Loyiha Tabqa toʻgʻonidagi gidroelektrostansiyani va Furot daryosining har ikki tomonidagi yerni sugʻorish imkoniyatiga ega boʻlgan ulkan sugʻorish tarmogʻini qurishni oʻz ichiga olgan. Toʻgʻonning qurilishi 1968-yildan 1973-yilgacha davom etdi va 1974-yilda Furot oqimini kamaytirish orqali suv omborini suv bilan toʻldirish boshlandi. Loyiha Hofiz Asad prezidentligida uning modernizatsiya siyosati va qishloq xoʻjaligidagi islohotlari doirasida yakunlandi. 1975-yilda Iroq Furot oqimining maqbul darajadan pastga tushganidan shikoyat qildi va Tabqa toʻgʻonini bombalash bilan tahdid qildi. Saudiya Arabistoni va Sovet Ittifoqining vositachiligi oxir-oqibat bu bahsni hal qildi.

Frot koʻli hududida qutqaruv qazish ishlari Suv omborining shakllanishi arafasida 1963—1974-yillar oraligʻida arxeologik qutqaruv qazishmalarining intensiv, xalqaro dasturi amalga oshirildi. Qazishmalar obyektlar davri boʻyicha — Soʻnggi Natufn davridan to Usmonli imperiyasigacha amalga oshirildi. Qazilgan joylar orasida Tell Abu Hureyra, Emar, Habuba Kabira, Mureybet, Tell es-Sveyhat, Tell Fray va Dibsi Faraj bor. Qal’at Jaberda tepalikdagi qal’a keyinchalik orolga aylangan, himoya muzligi qurilgan va Mureybet va Maskanadagi ikkita minora toshqin zonasidan tashqariga koʻchirilgan.

Xususiyatlari Frot koʻlining maksimal sigʻimi boʻlib, maydonni egallaydi va bu Suriyadagi eng katta koʻl sanaladi. Biroq, lik haqiqiy sigʻimi maksimaldan ancha past boʻlib, natijada sirt maydoni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan sugʻorish sxemasi bir qator muammolar, jumladan, Furot koʻli atrofidagi qayta tiklangan tuproqlarda gips miqdori koʻpligi, tuproq shoʻrlanishi, Furot koʻli suvini taqsimlovchi kanallarning qulashi va fermerlarning qayta tiklangan hududlarga koʻchib oʻtishni istamasligi bilan yuzlashdi. Natijada, 1984-yilda Furot koʻlidan bor-yoʻgʻi maydon sugʻorildi. 2000-yilda sugʻoriladigan yer maydoni koʻtarildi, bu prognoz qilingan 19 foizini tashkil qiladi. Furot koʻli Halab ichimlik suvining eng muhim manbai boʻlib, shaharni quvur orqali yiliga ichimlik suvi bilan taʼminlaydi. Koʻl baliqchilik sanoatini ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Koʻlning gʻarbiy qirgʻogʻi muhim botqoqli hududga aylandi. Janubi-sharqiy qirgʻoqda baʼzi hududlar doimiy yashil daraxtlar, jumladan, Halab qaragʻaylari va Furot teraklaridan tashkil topgan oʻrmon bilan qoplangan. Frot koʻli koʻchmanchi qushlar uchun muhim qishlash joyi boʻlib, hukumat 2004-yilgacha ayrim qirgʻoq hududlarini ovchilardan himoya qilish uchun kirish yoʻllarini pasaytirish orqali choralar koʻrgan. Jazirat at-Savra oroli qoʻriqxona deb belgilangan.

Suriya fuqarolar urushi davomida Furot koʻlidagi suv sathi sezilarli darajada pasaydi. Bu pasayish, ehtimol, Tabqa toʻgʻonidagi elektr stansiyasi bilan bogʻliq boʻlib, u koʻl Furotdan olayotgan suvidan koʻra koʻproq suv chiqargan.

Yana qarang

Tishrin GES

Manbalar

Turkum:Furot Turkum:Suriya koʻllari Turkum:Raqqa muhofazasi