Hoji Safo Joʻraboyev (1873-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik jamoat hodimi.
Hayoti va mehnat faoliyati Hoji Safo Joʻraboyev Buxoro viloyatining Vobkent qishlogʻida oddiy kosib oilasida tugʻilgan. Eski usuldagi maktab va rus-tuzem maktabida oʻqigan. Keyinchalik esa 1904—1905-yillari Turkiyada ham tahsil olgan va oʻsha yillari haj sunnati safarini ado etishga ham muvaffaq boʻlgan. 1909-yildan boshlab „Jamiyati xayriya“ aʼzosi boʻlib ulgurgan.
1914-yilda Chor Rossiyasining maxfiy hizmati topshiriqlarini bajarmaganligi sababidan qamalgan va tezda ozod ham qilingan. Hoji Safo Joʻraboyev oʻzining halol kasbi chilangarlik bilan ham shugʻullanib borgan.
1917-yilgacha Odessa shahrida hajga boruvchilarga vositachilik (dallolik) qilish bila shugʻullangan. Hoji Safo Joʻraboyevning oʻz mehmonxonasi ham boʻlgan. 1914-1917-yillarda Odessadagi zavodda chilangar boʻlib ishlagan va shu yerda firqaga ham aʼzo bolgan. 1917-yildan boshlab esa „Shoʻroyi jamiyat“ aʼzosi deb ham hisoblangan. 1917—1918-yillari Turkiston Muxtoriyati ishlarida jonbozlik koʻrsata olgan.
U Turkiston jumhuriyatining milliy ishlar komisari lavozimida ish yuritgan vaqtlarida xalqni inqilob bilan tabriklagan holda „Ishtrokium“ gazetasida „Mehnatkash birodarlarimizg‘a“ deb booshlagan xatini koʻrishimiz ham mumkin. U bunda mamlakatda xuriyat va ozodlik hukm sura boshlab bechora mehnatkashlar va dehqonlar saodatga yuzlashganidan bagʻoyatda mamnun boʻlib oʻz fikrlarini toʻlib-toshgan holda xalqni qutlash bilan ifoda etadi hamda xatning soʻngi qismini:
soʻzlarini qoʻshib tamomlaydi.
Ayblov 1918-yildan Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissari hamda 1919-yildan esa Fargʻona inqilobiy qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. Hoji Safo Turkiston Sovetlarining ikkinchi syezdida ruslarga ochiqchasiga qarshi chiqib, degan. Keyin turli sovet va xoʻjalik ishlarida ishlagan. 1929-yilda shaxsiy nafaqaga chiqib, Moskvada istiqomat qilgan. Ushbu holat NKVD hodimlari tomonidan maxfiy tashkilot sifatida baholangan. 1937-yili 13-sentabrda Hoji Safo Joʻraboyev qamoqqa olingan. 1937-yil 5-noyabrda NKVD Uchligi tomonidan oʻn yilga MTL surgun qilingan.
Oʻlimi Taqdiri nomaʼlum.
Manbalar
Turkum:Qatagʻon qurbonlari Turkum:1873-yilda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar