Halina Skibnevska (1921-yil 10-yanvar – 2011-yil 20-aprel) – polshalik meʼmor, Varshava texnologiya universitetida arxitektura boʻyicha dars bergan va 1965-yildan 1985-yilgacha Polsha seymida xizmat qilgan. Faoliyati davomida Seym marshali oʻrinbosari boʻlib ishlagan birinchi ayol boʻlib, bu lavozimni 1971-yildan 1985-yilgacha egallab turgan. Nogironlar uchun uy-joy loyihasini yaratgan birinchi arxitektor.

Yoshlik yillari Halina Erentz 1921-yil 10-yanvarda Varshavada (Polsha) Ewelina (née Kuczkowska) va Vactaw Erentz oilasida tugʻilgan. Urush paytida Erentz qarshilik harakatida ishlagan va yahudiylarga yordam berish boʻyicha Jegota kengashining aʼzosi boʻlgan. Varshava Texnologiya Universitetiga oʻqishga kirgan. 1946-yildan 1948-yilgacha urushdan oldin mashhur boʻlgan modernist arxitektor Romuald Gutt uchun ishlagan. U Markaziy statistika boshqarmasi binosi loyihasi ustida ishlagan ()

Faoliyati Maktabni tugatgach, Erentz Varshava rekonstruksiya idorasida ishlay boshladi va Milliy teatrni rekonstruksiya qilish guruhiga boshliq qilib tayinlandi. 1951-yilda Erentz meʼmor Zygmunt Skibniewskiga turmushga chiqdi. Keyinchalik Zygmunt Polsha shaharsozlik jamiyati raisi boʻlib xizmat qiladi. Er-xotin kamdan-kam hollarda birga ishladilar, chunki Skibnevska oʻz eʼtiborini turar-joy arxitekturasiga qaratib, qulayliklarning yetishmasligi, tegishli sanitariya sharoitlari kabi shahar muammolarini hal qilishga harakat qildi. 1960-yillarda Poznandagi Winogrady (1963-1964) va Volska IV (1965) loyihalarida ishlagan.

Skibnevskaning eng mashhur ishlanmalaridan biri Szwoleżerów mulkida boʻlib, u „Zoliborz bogʻlari“ () nomi bilan mashhur uy-joy loyihasi boʻlgan. Uylarni qurishda eskirgan tarixiy inshootlarnimg bezaklari, gʻisht va yogʻochdan foydalanilgan. Ilgari bogʻ boʻlgan markaziy hovli atrofida besh qavatli binolar qurilgan. Binolar orasidagi boʻshliqlar aholi uchun istirohat bogʻi sifatida yaratilgan va uning chekkasida bolalar bogʻchasi va maktab bor edi.

thumb| Varshavadagi ZETO binosi 1965-yilda Skibnewska Polshaning qonun chiqaruvchi organi boʻlgan Seymda ishlay boshladi. 1971-yilda birinchi ayol Marshal oʻrinbosari boʻldi. 1975-yildan 1985-yilgacha Arxitektura fakultetida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1975-1991-yillarda WAPW loyiha institutida uy-joy boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1975-yildan 1989-yilgacha oliy uy-joy maktabida xizmat qilgan. 1986-1990-yillarda shahar ekologiyasi boʻyicha hukumat loyihasini boshqargan. WAPWni tark etgach 1991-yildan 2000-yilgacha Varshava uy-joy laboratoriyasida ishlagan.

Skibnevska oʻzinining harakatlari uchun koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi. Masalan, 1962-yilda Vrotslav-Południe uy-joy loyihasi uchun dizayn tanlovlarida birinchi mukofot, 1972-yilda Sadyba maktabini loyihalash uchun „Varshava ustasi“ mukofotini olgan. Oʻsha yili Fransiya Faxriy Legionining Grand ofitser faxriy unvonini, 1978-yilda esa Polsha arxitektorlari uyushmasining SARP faxriy mukofotini oldi. 2000-yilda Varshava Texnologiya Universitetining medaliga sazovor boʻldi.

Oʻlimi Skibnewska 2011-yil 20-aprelda Varshavada vafot etdi.

Manbalar

Turkum:2011-yilda vafot etganlar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar