Timir Alekseyevich Pinegin (12-iyun 1927-yil, Moskva — 31-yanvar 2013-yil) — sovet yaxtachisi, SSSRda yelkanli sport boʻyicha birinchi Olimpiya oʻyinlari chempioni, Yevropa va Shimoliy Afrika chempionatlari gʻolibi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1960), „Yelkanli sportlar anʼanasini tiklash fondi“ning faxriy prezidenti, yoshlar uchun „Yelkan akademiyasi“ taʼlim tizimining asoschisi.
15 karra SSSR chempioni: „Zvyozdniy“ bilan 13 ta sovrin (1953—1962, 1964—1965, 1969); „Soling“ bilan 2 ta sovrin (1970—1971 (chempionlik unvoni kvorum yoʻqligi sababli berilmagan), 1972—1973) yutgan. Biografiyasi thumb| 1964 va 1968-yillarda Pinegin va Shutkov boshqargan 4773 raqamli „Zvyozdnik“ yeklnali kemasi aks etgan pochta markasi thumb|250x250px| Timir Alekseyevich Pineginning xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi guvohnomasi. Moskvada talaba oilasida tugʻilgan. Uning bobosi Ilin Aristarx Valdimirovich taniqli psixiatriya professori boʻlgan.
Timirning otasi Aleksey Dmitriyevich Pinigin 1903-yilda Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Megino Kangalas ulusining birinchi Meljexsinsk naslegida tugʻilgan, millati yoqut. Shimoliy xalqlar instituti va Moskva davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Urushdan oldingi yillarda repressiya qilingan. Leningrad frontida mergan sifatida jang qilgan. 1944-yil 15-yanvarda Leningrad qamalini yorib oʻtishda vafot etgan.
Onasi Aleksandra Aristarxovna Ilina (1906—1984) motorli qayiqda suzish va otish sporti bilan shugʻullangan. Fizika-matematika fanlari nomzodi darajasiga ega boʻlgan boʻlib, organik tahlilchi sifatida ishlaganIntervyu Timira Pinegina na sayte FPS Nijegorodskoy oblasti..
Timir Pinegin yokutlar orasidan chiqqan birinchi Olimpiya chempioni, Xorobutning Megin qishlogʻidagi sport zali va shahar tipidagi Nijniy Bestyax qishlogʻidagi „Parus“ sport majmuasi uning nomi bilan atalgan.
Timir Pinegin SSK harharbiy dengiz floti tarkibida sport oʻyinlarida qatnashgan.
Oltita Olimpiadada qatnashgan: 1952-yil „Zvoyzdniy“da zaxiradagi ekipaj boshqaruvchisi"Katera i yaxti", vip. 102, 1983, L. „Sudostroenie“, s.37, vsego 80 s.; 1956-yil „Zvoyzdniy“da rul boshqaruvchisi (matrosFyodor Shutkov) — 8-oʻrin; 1960-yil „Zvoyzdniy“da rul boshqaruvchisi (matros Fyodor Shutkov) — 1-oʻrin; 1964-yil „Zvoyzdniy“da rul boshqaruvchisi (matros Fyodor Shutkov) — 5-oʻrin 1968-yil „Zvoyzdniy“ rul boshqaruvchisi (matros Fyodor Shutkov) — 16-oʻrin 1972-yil „Soling“da rul boshqaruvchisi (shkotchilar Zamotaykin Valentin Alekseyevich (1939—1987) va Galimov Rais Mustafaevich) — 7-oʻrin. Bundan tashqari, Pinegin ushbu sport boʻyicha toʻrt karra Olimpiya chempioni Paul Elvstrømga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonadi.
1964-yilda Davlat jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya markazi qoshidagi murabbiylar maktabini tamomlagan. 1969-yildan KPSS aʼzosi.
Timir Pinegin Gruziya terma jamoasini murabbiy sifatida tayyorlagan, „Vodnik“ markazida ishlagan, 1980-yildan 1988-yilgacha SSSR Davlat sport qoʻmitasida yelkanli sport boʻyicha davlat murabbiyi boʻlgan. Xalqaro hakamlar hay’ati aʼzosi sifatida Pinegin yana ikkita Olimpiadada: 1984-yilda Los-Anjelesda va 1988-yilda Seulda ishtirok etadi.
Timir Pinegin togʻ changʻisini yaxshi koʻrgan. XX asrning 40-yillari oxirida SSSR togʻ changʻisi terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
„Yil yaxtachisi 2009“ Milliy mukofoti bilan taqdirlangan.
Hurmat belgisi ordeni (1960) va medallar bilan taqdirlangan.
2013-yil 31-yanvarda vafot etadi, bu qabrda ham koʻrsatilgan. Katta Rossiya ensiklopediyasida sana 30-yanvar deb koʻrsatilgan. Pinegin Vagankovo qabristonining 44-boʻlimiga dafn qilingan. Unvonlari SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1960). Nyu-York, Chikago, Temza, Ispaniya qirolligi, Genuya, Fransiya, Neapol va Xelsinki yaxta klublarining faxriy aʼzosi. „Pioner“ bolalar yaxta klubining faxriy komandori (Moskva). Oilasi Turmush oʻrtogʻi Galina Ilinichna Jeleznova (1927-yil 3-aprel — 2022-yil 25-mart); Qizi Yelena 1955-yilda tugʻilgan. Xotira 2023-yil noyabr oyining oxirida Timir Pineginning byusti CSK nomidagi Harbiy-dengiz flotining Sport qahramonlari shon-shuhrat xiyoboniga oʻrnatilganV chest geroev sporta. Yacht Russia. 25 noyabrya 2023 goda.. Manbalar
Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:2013-yilda vafot etganlar Turkum:31-yanvarda vafot etganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:12-iyunda tugʻilganlar