Vladimir Viktorovich Smirnov (, ; 20-may 1954-yil — 29-iyul 1982-yil) — SSSR sharafini himoya qilgan qilichboz. Qilichbozlikning shpaga va rapira yoʻnalishlarida musobaqalarda qatnashgan. 1980-yilda erkaklar oʻrtasida olimpiya chempioni va 1981-yilda jahon chempioni boʻlgan. U 1982-yil Rimda boʻlib oʻtgan qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatida oʻldirilgan.

Bolaligi Smirnov Ukrainaning Rubijne shahrida tugʻilgan.

Faoliyati Smirnov 1979-yilda Ciudad de México shahrida oʻtkazilgan yozgi universiadada jamoaviy bahslarda oltin medal va yakkalik bahslarda kumush medal qoʻlga kiritgan. 1981-yilgi Buxarestda boʻlib oʻtgan yozgi universiadada individual bahslarda oltin medal va jamoaviy bahslarda kumush medal qoʻlga kiritgan.

1977-yil Buenos Ayresda oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatida terma jamoa safida bronza medalni, 1978-yilda Gamburgda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan. 1979-yilda Melburnda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Vladimir Smirnov jamoaviy bahslarda oltin medalni, 1981-yilda Clermont-Ferrandda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yakkalik va jamoaviy bahslarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1982-yilda Rimda oʻtkazilgan Jahon chempionatida jamoviy bahslarida oltin medalga sazovor boʻlgan.

Smirnov 1980-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan rapira yoʻnalishidagi individual bahslarda oltin, rapira yoʻnalishi jamoaviy bahslarda kumush medal va shpaga boʻyicha jamoaviy bahslarda bronza medalni qoʻlga kiritgan.

Oʻlimi 1982-yil Italiyaning Rim shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 28 yoshli Smirnov dunyoning birinchi raqamli saralangan qilichbozi sifatida ishtrok etgan. 19-iyul kuni turnirning chorak finalida dunyoning ikkinchi raqamli saralangan sportchisi Gʻarbiy Germaniyalik 27 yoshli Mattias Behrga qarshi jang olib borgan. Ikkala sportchi bir vaqtning oʻzida bir-biriga qarshi hujum boshlashgan. Behrning qilichi harakat paytida buzilgan va buzilgan boʻlak Smirnovning himoya shlemi meshidan chap koʻzi orbitasi va miyaning oldingi lobiga kirib ketadi.

Agostino Gemelli universiteti poliklinik vakili „Smirnovning yuragi hali ham ishlamoqda, ammo boshqa tana funksiyalari sunʼiy vositalar bilan saqlanib qolinmoqda“ – degan. Davlat televideniyasining aytishicha, Smirnovda klinik oʻlim holati qayd etilgan. Kasalxonadan keyinchalik yuborilgan xabarga koʻra, Vladimir chuqur koma holatida edi. Muolajalarga Smirnov tomonidan hech qanday reaksiya boʻlmagan, miyasida hech qanday refleks kuzatilmagan.

Smirnov toʻqqiz kun oʻtib vafot etgan. Ukrainaning Kiyev shahrida dafn etilgan. Manbalar

Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:1954-yilda tugʻilganlar