Oʻzbekiston musiqasi mamlakatni shakllantirgan turli taʼsirlarni oʻzida aks ettirgan. Yaqin Sharq musiqasiga juda oʻxshaydi va murakkab ritmlar va meterlar bilan ajralib turadiFierman, William. „Uzbekistan.“ Microsoft Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008. Mamlakatda musiqaning uzoq tarixi va musiqa uslublari hamda cholgʻu asboblarining xilma-xilligi tufayli Oʻzbekiston koʻpincha Markaziy Osiyodagi musiqiy jihatdan eng xilma-xil mamlakatlardan biri sifatida qaraladi.

Oʻzbekiston klassik musiqasi Hozirgi Oʻzbekiston musiqasi juda uzoq va boy tarixga ega. Oʻrta Osiyo klassik musiqa uslubi boʻlgan Shashmaqom 16-asr oxirlarida Buxoro va Samarqand shaharlarida paydo boʻlgan deb ishoniladiMamadjanova, Elnora (2016). Traditional Music of the Uzbeks. Tashkent: Extremum Press.. „Shashmaqom“ atamasi olti maqom deb tarjima qilinadi, klassik fors anʼanaviy musiqasiga oʻxshash turli musiqiy uslublardagi olti boʻlimli musiqa tuzilishini bildiradi. Ogʻzaki soʻfiy sheʼriyatining intermediyalari musiqani toʻxtatib qoʻyadi, odatda past registrdan boshlanadi va asta-sekin avjiga koʻtarilib, boshlangʻich ohangga qaytadi.

XIX asrda Turkiston Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgach, Turkiston milliy kuylarini yozib olishga birinchi urinishlar boshlangan. Rus musiqachilari mintaqada nota yozuvlarini joriy etish orqali ushbu kuylarni saqlab qolishga yordam berganlar.

Oʻtgan asrning 50-yillarida oʻzbek xalq musiqasi kam ommalashgan va bu janr sovetlar tomonidan radiostantsiyalarda chiqishi taqiqlangan. Taqiqlangan boʻlsa-da, folklor musiqiy guruhlari oʻz musiqalarini oʻziga xos tarzda ijro etishda davom etganlar va buni individual ravishda yoyganlar. 1990-yillar boshida Oʻzbekiston SSSRdan mustaqillikka erishgach, xalqning anʼanaviy oʻzbek musiqasiga qiziqishi yana jonlangan. Bugungi kunda Oʻzbekiston televideniyesi va radiostansiyalarida anʼanaviy musiqalar muntazam ijro etiladi.

Oʻzbekiston xalq artisti Turgʻun Alimatov oʻzbek mumtoz va folklor bastakori, tanbur, dutor, sato ijrochisi. „Segoh“, „Chorgoh“, „Buzruk“, „Navo“, „Tanovar“ kabi kompozitsiyalari bor. Uning siymosi milliy gʻurur bilan bogʻlanib, oʻzbek mumtoz musiqasining timsoli sifatida dunyoga namoyon boʻlganMatyakubov, O. „A Traditional Musician in Modern Society: A Case Study of Turgun Alimatov’s Art“. Yearbook for Traditional Music 25 (1993), pp. 60-66..

Yana bir taniqli oʻzbek bastakori Muhammadjon Mirzayevdir. „Bahor valsi“ va „Sarvinoz“ asarlari mashhur. Oʻzbekiston tele va radiokanallarida har bahorda „Bahor valsi“ yangraydi.

Sherali Joʻrayev anʼanaviy oʻzbek musiqa sanʼati xonandasi. Biroq 2002-yildan buyon uning Oʻzbekiston televideniyesidagi chiqishlari hamda ommaviy chiqishlarini taqiqlagan Oʻzbekiston hukumati nazaridan chetda qolgan. Oʻzbek toʻylarida va boshqa mamlakatlarda chiqish qilib, koʻpchilikning olqishiga sazovor boʻlgan.

Soʻnggi yillarda Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon kabi xonandalar anʼanaviy ohanglarni zamonaviy ritm va cholgʻu asboblari bilan uygʻunlashtirib, oʻzbek musiqasini jahon auditoriyasiga yetkazmoqda. 2000-yillar oxirida Ozodbek Nazarbekov zamonaviy musiqani anʼanaviy oʻzbek musiqasi elementlari bilan uygʻunlashtirdi.

Oʻzbekistonda Gʻarb klassik musiqasi Oʻzbekistonda Yevropa klassik sanʼati musiqasi taʼsirida koʻplab taniqli bastakor va ijrochilar yetishib chiqqan hamda taniqli simfonik orkestrlar, festivallarMamadjanova, Elnora and Hebert, David G. (2022). Music Festivals and Cultural Diplomacy in Uzbekistan. In David G. Hebert and Jonathan McCollum, (Eds.), „Ethnomusicology and Cultural Diplomacy“ . Lexington Books (Rowman & Littlefield), pp.77-92. va zamonaviy musiqa ansambllari tashkil etilganLisack, Lucille. (2018). A National School for Global Music: The Case of Uzbekistan in the Globalized Network of Western-Style „Contemporary Music“. In David G. Hebert & Mikolaj Rykowski, eds., Music Glocalization: Heritage and Innovation in a Digital Age. Newcastle: Cambridge Scholars, p.190-217.. Toshkent shahrida joylashgan va 1936-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi musiqachilarni kasbiy tayyorlaydigan respublikadagi yetakchi oliy oʻquv yurtidir.

Oʻzbekistonning zamonaviy musiqasi Oʻzbekistonda 1990-yillarning boshidanoq ommabop musiqaning koʻplab turlari, jumladan, xalq musiqasi, estrada va rok musiqasi ayniqsa rivojlandi. Oʻzbek estradasi yaxshi rivojlangan va estrada ommaviy axborot vositalari va turli radiostansiyalar orqali asosiy muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Sevara Nazarxon, Soʻgʻdiyona Fedorinskaya, Rayhon Gʻaniyeva kabi koʻplab oʻzbek xonandalari nafaqat Oʻzbekistonda, balki Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston kabi MDHning boshqa mamlakatlarida ham tijoriy muvaffaqiyatlarga erishgan.

Rock thumb| All Tomorrow’s Parties IlkhomRockFestda jonli ijroda, 22-iyun, 2013-yil Oʻzbekistonda pop musiqasi rok musiqadan koʻra mashhurdir.

„Night Wind“ folk-metal guruhi qaysidir darajada tan olingan. Oʻzbekistondagi boshqa metall guruhlarga Iced Warm, Salupa, Zindan va Agoniya () misol boʻladi.

Rep Rep musiqa oʻzbek yoshlari orasida mashhur. Shoxrux kabi repperlar 2000-yillarda yoshlar orasida juda mashhur boʻlgan. Biroq Oʻzbekiston hukumati rep musiqasiga senzura qoʻygan. Rep musiqasiga senzura uchun maxsus organ tuzilgan, chunki bu musiqa turi oʻzbek musiqa madaniyatiga toʻgʻri kelmaydi, deb hisoblangan.

Musiqachilar

Xonandalar va guruhlar thumb|243x243px| Lola Yoʻldosheva

Alisher Uzoqov Botir Zokirov Eson Kandov Daler Xonzoda Feruza Jumaniyozova

thumb|271x271px| Rayhon Gʻaniyeva

Lola Yoʻldosheva Rayhon Sevara Nazarxon

Oʻzbek guruhlari

Bolalar Dado Yalla

Gʻarb klassik anʼanalarida kuy yaratuvchi bastakorlar

Dilorom Saidaminova Dmitriy Yanov-Yanovskiy Feliks Yanov-Yanovskiy Mirsodiq Tojiyev Mutavakkil Burhonov Polina Medyulyanova

Musiqiy asboblar right|thumb|290x290px| Oʻzbekiston musiqa asboblari tasvirlangan sovet pochta markasi Oʻzbekistonda koʻplab musiqa asboblari chalinadi. Anʼanaviy asboblarga quyidagilar kiradi:

Torli thumb| Rossiya Turkistonida gʻijjak

Dutor Rubob Tanbur Tor Ud Gʻijjak Chang

Puflama

Dili tuyduk Karnay Nay Qoʻshnay Surnay

Zarbli thumb| Zang

Doira Dovul Nogʻora (tepasi teri bilan qoplangan qozon shaklidagi baraban) Qoshiq (qoshiq) Zang (bilaguzuk)

Manbalar

Havolalar

Oʻzbek Zamonaviy musiqasi, Zamonaviy mashhur oʻzbek musiqasiga bagʻishlangan veb-sayt Oʻzbek klassik musiqasi, Anʼanaviy oʻzbek musiqasiga bagʻishlangan veb-sayt Oʻzbek musiqasi tarixi, Sharq Ekspresi Mark Dikkens oʻzbek musiqasi, Oxus Communications Oʻzbek cholgʻu asboblari, Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi Oʻzbek cholgʻu asboblari sadolarini tinglang, Oʻzbekistonga sayohat Yevroosiyo musiqa fanlari jurnali , Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan taʼsis etilgan musiqa tadqiqotlari ilmiy jurnali