Milagros MenéndezIsmMilagros Abigail Menéndez„Plantel Femenino: Milagros Abigail Menéndez“ (in Spanish). Racing Club.Tugʻilgan sana (1997-03-23) 23-mart 1997Tugʻilgan joyMar del Plata, Argentina„Una x una: quiénes son las 23 convocadas de la selección argentina femenina para el Mundial de Francia 2019“ [One on one: who are the 23 called up of Argentina womenʼs national team for the 2019 World Cup in France] (in Spanish). Boʻyi1.69 m (5 ft 7 in)AmpulaHujumchiJamoasiSantosRaqami22 Milagros Abigail „Mili“ Menéndez (1997-yil 23-martda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Campeonato Brasileiro Série A1da bahs olib boradigan klubi va Argentina ayollar terma jamoasida oʻynaydi. Abigail Racing Clubidan Santosga ijara asosida oʻtgan. Shu tufayli Milagrosning futbolchi;lik transfer huquqi toʻlaligicha Racing klubida saqlanib qolgan.

Klubdagi faoliyati Oʻsmirlik chogʻida karting poygalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Menendez oʻz faoliyatini 2015-yilda futbol bilan bogʻlashga qaror qiladi. Bunda u ishni UAI Urquiza jamoasiga oʻtishdan oldin Mar-del-Platadagi General Urquiza FC tarkibida Asociación de Futbol Femenino de la Provincia de Buenos Aires (AFFEBA) milliy musobaqasida oʻynashdan boshlagan. 2019-yil 23-avgustda u oʻzining birinchi professional shartnomasini Racing Clubi bilan imzolagan. RAcing klubi safida koʻp oʻyinlarda maydonga tushirlmagan.

2020-yil 1-iyulda Menendez xorijga koʻchib oʻtgan va Segunda División Pro klubi Granada CF bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Keyingi yilning 3-avgustida Granada CF tarkibida kamdan-kam maydonga tushib oʻyin amaliyotiga ega boʻlmaganidan soʻng, u Elche CF ga koʻchib oʻtgan.

2022-yil iyul oyida Menendez Racing jamoasiga tarkibiga qaytgan. 2024-yil 2-fevralda u Santosdan sotib olish sharti bilan bir yillik ijara shartnomasi haqida eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati Menendez Argentina terma jamoasi tomonidan 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun chqiruv olgan va rema jamoa oʻyinlarida ishtiro eta boshlagan. Oʻsha yilning 19-iyun kuni turnir davomida u oʻzining birinchi xalqaro golini guruh bosqichida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda (3:3) kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinGol Argentina 2019 10 3 2021 1 0 2022 2 0 Jami 13 3

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik ayol futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Ayol futbol hujumchilari