Sofiya Yuriyivna Andruxovich (, 1982-yil 17-noyabrda tugʻilgan) – ukrainalik yozuvchi va tarjimon. U ukrainalik yozuvchi Andrey Bondarning rafiqasidir.
Hayoti va ish faoliyati thumb| 2007-yilda Varshavada Andruxovich oʻz kitoblariga imzo qoʻyib taqdim etmoqda Sofiya Andruxovich Ivano-frankovskda Yuriy Andruxovichning oilasida tugʻilgan. U ukrainalik yozuvchi Andriy Bondarga turmushga chiqqan. 2008-yil 10-martda ularning Varvara ismli qizi tugʻilgan.
Sofiya Andruxovich 2000-yilda oʻz shahridagi tabiiy fanlar litseyini va Ukraina matbaa akademiyasini tamomlaganLvіvskiy natsіonalniy unіversitet (fax – ukraїnska fіlologіya) → Premіyu Konrada za 2015 otrimala Sofіya Andruxovich. → za slovami p. Sofії, pomilka.
Sofiya Andruxovich Chetver davriy nashrining hammuharriri hisoblanadi. 2004-yilda u Krakovdagi Villa Decius uyushmasidan grant olgan va usha yerda bir muncha vaqt yashagan. Sofiya Andruxovich hozir Kiyevda istiqomat qiladi.
2014-yil dekabr oyida Sofiya Andruxovichning Feliks Avstriya nomli romani BBC Ukrainaning „Yil kitobi 2014“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Roman mazmunidan ilhomlangan holda chiqarilgan qoʻshimcha nashr, Marianna Dushar bilan yozilgan boʻlib, alohida kitobi shaklida nashr etilgan. 2020-yilda ayni shu kitob asosida suratga olingan, rejissyor Kristina Sivolapning „Viddana“ nomli ukrain-polsha tilidagi badiiy filmi namoyish etilgan.
2021-yil mart oyida Sofiya Andruxovich adabiyot boʻyicha „Ayollar sanʼati“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
Nashrlari
Prozalar
Lito Mileni (Kiyev, 2002). Stari lyudi (Ivano-Frankivsk, 2003). Jinki yxníx cholovíkiv (Ivano-Frankivsk, 2005). Somga (Kiyev, 2007). Feliks Avstriya (Lvov, 2014). Amadoka (Lvov, 2020).
Tarjimalari Sofiya Andruxovich Manuela Gretkovskaning „Evropeyka“ kitobini polyak tilidan ukrain tiliga tarjima qilgan. Viktor Morozov bilan hamkorlikda ingliz yozuvchisi J. K. Rowlingning „Garri Potter va alanga kubogi“ (Garri Potter i kelix vognyu nomi bilan) asarini ukrain tiliga tarjima qilgan.
Jamoatdagi faoliyati Rossiya prezidentiga ukrainalik rejissyor Oleg Sentsovni ozod etishni talab qilib yozilgan petitsiyani imzolaganIl faut libérer d’urgence Oleg Sentsov, en grève de la faim depuis plus de 45 jours // Change.org.
Yana qarang
Ukrain tilida yozadigan yozuvchilar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Ukrainalik ayol yozuvchilar Turkum:Ukrainalik tarjimonlar