thumb| 2010-yilda mukofot olishi Androula Kristofidu Henrikes (yunoncha: Ανδρούλα Ενρίκες; 1936-yilda tugʻilgan) – odam savdosiga qarshi kurashuvchi kiprlik faol.

Hayoti

Androula 1936-yilda Nikosiyada tugʻilgan. Jenevada bolalar psixologiyasi boʻyicha tahsil olgan va Jeneva universitetida Jan Piaget qoʻl ostida ishlagan.

Faolligi Odam savdosiga qarshi Cyprus Stop Trafficking tarmogʻini tashkil etgan. 2012-yildan 2018-yilda isteʼfoga chiqqunga qadar tashkilot prezidenti boʻlgan. Shuningdek, Kipr hukumatini odam savdosini toʻxtatish uchun lobbi qilgan. Tashkil qilgan tarmogʻi 2008-yilda Kiprda odam savdosiga qarshi konferensiya uyushtirgan, unga Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa Ittifoqidan voizlar, shuningdek, politsiya, Vakillar palatasi, Bosh prokuratura, turk-kipr hamjamiyati, bir qancha nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, va koʻplab jurnalistlar hamfikrlik bildirgan. Shuningdek, odam savdosi qurboni boʻlgan ayollarga oʻz uyida qolishlariga yordam berib, ularni jinsiy qul sifatida ushlab turganlarga qarshi sudda guvohlik berishga tayyorlanardi.

Shaxsiy hayoti Androula portugaliyalik kishiga turmushga chiqqan va ikki farzandi bor. Umrini Shveysariya va Kipr oʻrtasida oʻtkazgan.

Mukofotlari va yutuqlari 2010-yilda Xalqaro jasoratli ayollar mukofotiga sazovor boʻlgan. U. S. Department of State. Archived from the original on 2012-01-13.. 2012-yilda Fransiyaning Kiprdagi elchisi Jean-Luce Florent tomonidan „Milliy xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri darajasini olgan.

Nashrlari

1. Henriques, A. (1990). Experiments in teaching. In: Duckworth, E., Easley, J., Hawkins, D. and Henriques, A. (eds.). Science education: A mind's-on approach for the elementary years. Hillsdale, New Jersey: Lawrence Erlbaum Associates,141–186.

Manbalar

Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar