Luisa Ionela Luka (1988-yil 22-avgustda tugʻilgan) – Minelli taxallusi bilan tanilgan, ruminiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. Minelli 2019-yilgi „Mariola“ singli bilan shuhrat qozondi, ushbu singl Ruminiya Airplay 100 chartida birinchi oʻrinni egalladi. Keyinchalik, 2021-yilda Rampampam singli koʻplab hududlarda xitga aylandi.
Hayoti va karyerasi
Luisa Ionela Luka 1988-yil 22-avgustda tugʻilgan. 2004-yilda u Buxarestga koʻchib oʻtdi va 2006-yildan 2009-yilgacha Wassabi guruhining aʼzosi boʻldi. Ular 2007 yilda Ruminiyani Eurovision qoʻshiq tanlovida Morandi bilan birga „Crazy“ va „Do the Tango with Me“ qoʻshiqlarini oʻsha yilgi milliy finalga taqdim etishga harakat qilishdi.
Manbalar