José Bosingwa da Silva (1982-yil 24-avgust) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.
Hujumkor qanot futbolchisi sifatida uning tezligi raqiblariga yaxshigina muammolar olib kelardi. U oʻz professional karyerasining katta qismini Porto va Chelsea bilan oʻtkazdi va u umumiy 13 ta titulni qoʻlga kiritdi, ular orasida 2004 va 2012-yilda qoʻlga kiritilgan UEFA Chempionlar Ligasi kuboglari ham bor.
Portugaliyalik futbolchi terma jamoa safida ilk bor 2007-yilda maydonga tushgan boʻlib 2008-yilgi Yevropa Chempionatida va 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan jamoalari tarkibida ham boʻlgan. Portugaliya safida himoyachi jami 27 oʻyinni oʻtkazgan.
Klubdagi faoliyati Kongodagi Mbandaka shahrida tugʻulgan futbolchining otasi portugaliyalik, onasi esa kongolik edi. Bosingwa yoshligida ota-onasi bilan birga Portugaliyaning Guarda okrugida joylashgan Seia shahriga koʻchib oʻtadi. U juftlikning oʻnta farzandidan eng kichigi edi.
Bosingwa yoshligida Boavista FC akademiyasini tanladi, oʻzining professional debyutini ijara asosida Segunda Ligadagi S. C. Freamundeda oʻtkazadi va klub ligani soʻnggi oʻrinda yakunladi. Karyerasini dastlab yarim himoyachi sifatida boshladi.
Porto Boavista bilan ikki mavsum davomida oʻynagan Bosingwa 2003-2004-yilgi mavsumda José Mourinho bashqaruvidagi FC Porto klubi bilan shartnoma imzoladi. U dastlabki mavsumida faqat 13 ta Primeira Liga oʻyinlarida maydonga tushgan. UEFA Chempionlar Ligasidagi debutini 2003-yil 16-sentyabr kuni FK Partizan qarshi 1-1 hisobida kechgan oʻyinda oʻtkazgan.
Paulo Ferreira va Carlos Secretário ketgandan soʻng Bosingwa jamoaning toʻlaqonli asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Mavsum yakunida avtomobilda tezlikni oshirishi oqibatida uning avtomobilida jiddiy avtohalokat sodir boʻladi. Avtomobilda undan tashqari yana toʻrt kishi boʻlib barchasi tirik qoladi. Faqatgina Sandro Luísning chap oyogʻi jiddiy jarohat oladi; yillar oʻtib Bosingwa Sandro uchun 175.000 yevro kompensatsiya toʻlaydi.
Chelsea thumb|Bosingwa 2008-yilda Chelsea mashgʻulotlarida 2008-yil 11-may kuni Porto Bosingwa Chelsea klubi bilan 20,6 million yevrolik (£ 16,3 million) kelishuvga erishganini eʼlon qildi. U Londonliklar bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi. 2008-yilgi Yevropa chempionatida Portugaliya murabbiyi Luiz Felipe Scolari va terma jamoada birga toʻp surgan Deco ham u bilan bir qatorda klub safiga qoʻshildi. 16-iyul sanasida himoyachining rasmiy tanishtiruv marosimi boʻlib oʻtdi va unga 16-raqam taqdim etildi, ammo keyinchalik Scott Sinclair bilan oʻzaro raqam almashishdi va 17-raqamda toʻp sura boshladi.
Bosingwa 2008-yil 17-avgust kuni Aristokratlar tarkibida Premyer ligada Portsmouthga qarshi debyutini oʻtkazdi. Chelsea tarkibidagi birinchi golini esa 27-sentyabr kuni Stoke Cityga qarshi oʻyinda kiritadi.
Bosingwa UEFA tomonidan uchta oʻyinga chetlatiladi. Buning sababi es Portugaliya televideniyasida Barcelonaga qarshi oʻyinni boshqargan hakam haqida aytgan soʻzlari boʻldi, ammo keyinchalik u oʻz soʻzlarni uchun uzr soʻraydi. Keyinchalik taqiq qayta koʻrib chiqilib ikki oʻyinga qisqartiriladi.
2012-yil 24-aprel kuni Bosingwa Chempionlar ligasining yarim finalida Barselonaga qarshi oʻyinda ham juda katta rol oʻynaydi. Oʻyin yakuniga 12 daqiqa qolganida maydonga tushgan boʻlishiga qaramasdan u Chelseaning golida ishtirok etadi va Camp Nouda jamoasining gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Bosingwa Chempionlar ligasi finalida FC Bayern Munichga qarshi toʻliq 120 daqiqa davomida oʻynadi, ushbu oʻyinda Chelsea 4-3 hisobida penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi va bu natijaga erishgan dastlabkiLondon klubiga aylandi. Mavsum muvaffaqiyatli yakunlangan boʻlishiga qaramasdan Bosingwa Drogba va Salomon Kalou bilan birgalikda shartnomasi tugagandan soʻng klubni tark etishini eʼlon qildi.
Queens Park Rangers 2012-yil 17-avgustda Bosingwa Queens Park Rangers bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U 28-sanada yangi klubi uchun birinchi golini kiritdi.
Trabzonspor 2013-yilning 29-iyulida Bosingwa Turkiya Superligasi klubi Trabzonspor bilan uch yillik shartnoma imzoladi, birinchi ikki mavsumda 2,1 million, uchinchi mavsumida esa 1,6 million yevro ish haqi belgilandi. U 2015-yil noyabr oyining boshlarida ish haqi vaqtida toʻlanmagani hisobiga klubni tark etadi, lekin keyingi transferlar oynasida yana klubga qaytdi va 0,5 million yevro maosh va har bir oʻyin uchun 1000 yevro miqdorida toʻlanishi belgilandi.
Terma jamoadagi faoliyati thumb|Bosingwa 2008-yil Daniyaga qarshi oʻyinda Klub darajasida koʻrsatgan yaxshi oʻyinlari tufayli Bosingwa 2007-yil may oyida Portugaliya milliy terma jamoasiga birinchi marta jalb qilinadi. Debyutini Belgiyaga qarshi 2008-yilgi UEFA Yevropa Chempionatining saralash oʻyinida oʻtkazadi.
Bosingwa shuningdek 2004-yil Afina shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Portugaliya sharafini himoya qilgan. Undan tashqari 2004-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa Chempionatida ham ishtirok etgan.
Orada uch yildan ortiq vaqt davomida terma jamoaga jalb qilinmagan himoyachi 2014-yilning 7-noyabr yangi murabbiyi Fernando Santos tomonidan 2016-yilgi Yevropa Chempionati saralashi doirasida Armanistonga qarshi va Argentina oʻrtoqlik uchrashuvlarida tarkibga jalb qilingan.
Statistikasi
Klub +Klublar safida oʻtkazgan oʻyin va gollariKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFreamunde (ijara)2000–01Segunda Liga110110Boavista2001–02Primeira Liga1502202002–03Primeira Liga260380Umumiy410600Porto2003–04Primeira Liga1312412004–05Primeira Liga2513212005–06Primeira Liga2103102006–07Primeira Liga2503202007–08Primeira Liga231331Umumiy10731523Chelsea2008–09Premyer Liga3424822009–10Premyer Liga80902010–11Premyer Liga2002602011–12Premyer Liga271431Umumiy8931253Queens Park Rangers2012–13Premyer Liga230241Trabzonspor2013–14Turkiya Superligasi2703602014–15Turkiya Superligasi2403402015–16Turkiya Superligasi120120Umumiy630820Umumiy33464547
Terma jamoa +Milliy terma jamoa safida oʻyinlar va gollar Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarPortugaliya2007602008100200970201010201420201510Umumiy270
Sovrinlar thumb|Bosingwa Chelsea 2012-yilgiUEFA chempionlar ligasi gʻolibligi paradida Porto
Primeira Liga: 2003-04, 2005-06, 2006-07, 2007-08 Taça de Portugaliya: 2005-06 Supertaça Cândido de Oliveira: 2004, 2006 UEFA Chempionlar Ligasi: 2003-04 Qitʼalararo kubok: 2004
Chelsea
Angliya kubogi: 2008-09, 2011-12 FA Community Shield: 2009-yil UEFA Chempionlar Ligasi: 2011-2012
Manbalar
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Boavista F.C. futbolchilari Turkum:S.C. Freamunde futbolchilari Turkum:Queens Park Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Trabzonspor futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Portugaliya olimpiya futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:Angliyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar