Elvis Aaron Presley (8-yanvar 1935, Tupelo, Missisipi shtati – 16-avgust 1977, Memfis) – Amerikalik qoʻshiqchi va aktyor. Rok musiqa asoschilaridan. Oʻlimidan 3 oʻnyillik oʻtgan boʻlsada, Elvis XX asrning eng muvaffaqiyatli qoʻshiqchisi boʻlishni davom ettiryapti. Uning mashhurligi shunchalik kengki, hatto koʻpchilik odamlar uni faqatgina oti bilan – „Elvis“ deb chaqiradilar. Elvis shuningdek, Gospelz (diniy qoʻshiqlar), blyuz, kantri kabi amerika ommabop musiqa janrlari negizida oʻziga xos, joʻshqin va ehtirosli ijro uslubini yaratganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil, "Rock’nʼroll qiroli" unvoniga sazovor boʻlgan (Amerikada asosan faqatgina "Qirol" (The King) deb ataydilar)
Ilk yillari (1935—1953) Bolalik Elvis Presley 1935-yil 8-yanvarda Tyupelo, Missisipi shtatida Vernon va Gladys Presley oilasida dunyoga kelgan. Elvisning egizaki – Jesse Garon tugʻilishi bilan oʻlgan. Presley oilasi juda kambagʻal edi. 1938-yil otasi soxta chek ishlab chiqarganlikda ayblanib qamalgandan keyin ahvollari yanada yomonlashadi. Otasi 2 yildan keyingina qoʻyib yuboriladi. Elvisning bolaligi din va musiqa qamrovida oʻtadi. Tez tez cherkovga borar va cherkov xorida ishtirok etar edi. Presleyning tarbiyasiga onasi katta ahamiyat qaratar, kattalarga hurmatni oʻrgatar edi. 11 yoshga toʻlganida Elvisga velosipedga almashtirib gitara olib berishadi. Bunday tanlovga uning birinchi musiqiy yutugʻi – yarmarkada milliy „Old Shep“ qoʻshigʻini kuylagani uchun olgan mukofoti sabab boʻladi.
Memfisda 1948-yilning sentyabr oyida Presley oilasi Memfisga koʻchib ketish majburiyatida qoldilar. U yerda Elvisning otasi uchun ish topish imkoniyati kengroq edi. Aynan Memfisda Elvis zamonaviy musiqaga yanada koʻproq qiziqa boshladi. Radio orqali country, milliy estrada va qoralar musiqasini (blues, boogie-woogie, ritm-and-blues) tinglar edi. Shuningdek u tez-tez Memfisdagi Bill-stritga borib, qora musiqachilarining ijrolarini tomosha qilar, qoralar magazinlarini aylanar edi. Oʻsha yer tasirida Elvisning oʻziga hos yorqin kiyinish tarzi kelib chiqgan.
1953-yil yozda maktabni tugatgach Presley ogʻir yuk haydovchisi boʻlib ishga kiradi. Aynan oʻsha vaqtlar Presley Sam Phillipsga tegishli ovoz yozish studiosiga kirib, 8 dollarga bir juft gitara navosi ostida qoʻshiq yozdiradi. „My Happiness“ va „Thatʼs When My Heartache Begins“ qoʻshiqlaridan iborat boʻlgan 1 nusha bosilgan plastinkani onasiga sovgʻa qiladi. Lekin asosiy maqsad oʻz ovozini eshitib koʻrish boʻladi. Shundan keyin u qatʼiyan musiqachi boʻlishga qaror qiladi. Faqat qaysi janrda ijro qilishni bilmayotgan edi – Gospel, Cherkov gimnlarinimi yoki countrymi. U bir qancha klublarda chiqishga ham ulguradi. Phillips studiosining kotibasi Presleyning maʼlumotlarini yozib oladi (ijrosi qaysi qoʻshiqhining ijrosiga yaqin deb soʻralganida, u unday qoʻshiqchi yoʻq deb javob beradi). Phillipsga qoʻshiqchi kerak boʻlganida albatta telefon qilishlarini iltimos qiladi (Phillipsning asosan qoralar musiqasini yozadigan oʻz leybli – Sun Records boʻladi). Elvis oʻzi uchun 1954-yil yana bitta plastinka yozadi.
Sun Records (1954—1955) „Thatʼs All Right“ 1954-yilning iyun oyida Sam Phillips Sun Records uchun bir qancha qoʻshiq yozdirmoqchi boʻladi. Shun maqsadda tanish gitarachi Scotty Moore va kontrabaschi Bill Blackni chaqiradi. Vokalist ham kerak edi. Kotibaning eslatmasi bilan Elvisni ham chaqiradilar. Boshida hech narsa oʻhshamaydi. Repetitsiyalar bir qancha hafta davom etadi. 5-iyulda musiqachilar „I Love You Because“ balladasini yozib boʻlgach „Thatʼs All Right (Mama)“ni yozishni boshlaydilar. Presley, Moore va Black qoʻshiqga kutilmagan ritm beradilar. Studiodagi ovozlarni eshitib Phillips musiqachilardan nimani ijro etayotganlarini soʻraydi. Ular esa bilmasliklarini aytdilar. Phillips yana bir martta chalishlarini soʻraydi va qoʻshiqni yozib oladi. Shu tarzda „Blue Moon Of Kentucky“ni (Bill Monroening hit qoʻshigʻi) ham yozadilar.
Birinchi singl va ijrolar „Thatʼs All Right“ singli (orqasida esa „Blue Moon Of Kentucky“) 1954-yil 19-iyulda 20 ming nushada chiqarildi. Xuddi shu formulaga asoslangan holda (bir tarafida blues, bir tarafida esa country) bir yilni ichida „Good Rockinʼ Tonight / I Donʼt Care If The Sun Donʼt Shine“ (sentyabr 1954), „Milkcow Blues Boogie / You’re A Heartbreaker“ (yanvar 1955), „Baby, Letʼs Play House / I’m Left, You’re Right Sheʼs Gone“ (aprel 1955), „I Forgot To Remember To Forget / Mystery Train“ (avgust 1955) qoʻshiqlarini chiqardi. Bu qoʻshiqlar nafaqat Elvis uchun, balki oʻz yuksalishida Elvisga burchli boʻlgan Sun Records uchun ham katta yutuq edi. Presleyning chiqgan bu plastinkalariga oʻsha paytlar rock'n'roll deb emas, balki countryning yangi talqini deb atalar edi. Hatto oʻsha paytlar Elvisning laqabi „Hillbilly Cat“ (Hillbilly – Countrydagi eski bir nom) edi.
1954-yilning yozida Presley, Moore va Black endi endi sahnaga chiqa boshladilar (Afishalarda ularni birgalikda „Blue Moon Boys“ deb nomlangan edilar). Oʻsha yilning sentyabr oyida Neshvilda boʻlib oʻtgan mashhur „Grand Ole Opry“ radiokonsertidagi muvaffaqqiyatsizlikga qaramay, „Blue Moon Boys“ konsert ijrolaridagi yutuqlari ortib borayotgan edi. Ular koʻpincha Janubga, ayniqsa Texasga gastrollarga borar edilar. Baʼzan ular bilan Sun Recordsning endi endi porlayotgan yulduzlari Johnny Cash va Carl Perkins sahnaga chiqar edilar. 1954-yil oktyabr oyidan boshlab „Blue Moon Boys“ „Louisiana Hayride“ radiokonsertlarining muntazam ishtirokchilari boʻldilar. Aynan oʻsha paytlar Elvisning oʻziga xos xareografiyasi tashkil topa boshlagan.
Bu konsertlar va chiqarilayotgan yangi singllar tufayli Elvisni oʻsha regionda, keyinchalik esa „Billboard“ jurnali xit-paradida country kategoriyasi boʻyicha „I Forgot To Remember To Forget“ singli birinchi oʻringa chiqgandan keyin mamlakat boʻylab mashhurligi orta boshladi.
Bu muvaffaqiyat oʻsha paytlar country musiqasi yulduzi Hank Snowga homiylik qilgan polkovnik Tom Parkerning eʼtiborini jalb qildi. 1 yil kuzatuvdan soʻng 1955-yil avgust oyida Elvis bilan shartnoma imzolaydi. Parker Sun Records imkoniyatlari cheklangan ekanligini bilar edi va shuning uchun yanada yirikroq leybl qidirayotgan edi. Nihoyat 1955-yil 20-noyabrda RCA Records bilan shartnoma imzolaydilar. (Shuningdek RCA Elvisning Sun Recordsdagi butun yozuvlar katalogini 40 000 dollarga sotib oladilar, ulardan 5 000 dollari Elvisning oʻziga tegishli edi.)
Rock’nʼroll qiroli (1956) Teleijrolar va yangi loyihalar
1956-yil Elvis uchun burulishli yil edi. U nafaqat milliy balki butun dunyoviy mahshurlikka erishgan edi. Elvisning RCAdagi birinchi singli taʼsirli „Heartbreak Hotel“ blues janridagi qoʻshiq edi. Qoʻshiq Sun Recordsda yozilgan qoʻshiqlarga umuman oʻhshamas edi. Shu sababli RCA xavotirda edi. Lekin xavotirlari nooʻrin edi: singl 1-oʻrin oldi million ekzemplyardan koʻproq tarqaldi. Undan keyin esa „Blue Suede Shoes“ va „I Want You, I Need You, I Love You“ singllari, shuningdek birinchi uzoq chaladigan albom („Elvis Presley“) chiqarildi. Ayna oʻsha paytlarda birinchi martta teleshoularda chiqishga boshladi va amerikaliklarda shok yaratdi hamda minglab amerikan oʻsmirlarining sevgisiga sazovor boʻldi. Musiqa, harakatlar, oʻzini tutishi, kiyimi va Elvisning yoshligi umuman boshqacha edi, country ijrochilaridan katta farq qilar edi. Yoshlarning unga uygʻongan sevgisi bilan bir qatorda kattalarda unga nisbatan salbiy qarashlar bor edi (ayniqsa 1956-yil iyul oyida Milton Berlening shouidagi chiqishi katta yoshlilarda unga nisbatan negativ reaksiyaga sabab boʻlgan). Uni imidjiga „isyonchi“ nomini berishgan. Elvis esa hech qachon oʻzini unday his qilmas edi.
1956-yilning yozida „Hound Dog / Donʼt Be Cruel“ singli chiqariladi, kuzda esa ikkinchi albom - „Elvis“ chiqariladi. Singl ham albom ham chartlarda 1-oʻrinni oladi. Plastinkalarni chet elda ham chiqartirgan Elvis umumjaxon mashhurlikni qoʻlga kiritadi (ayniqsa Buyuk Britaniya va Germaniyada). Oʻsha paytlar Tom Parker Elvisning yagona impresariosi edi.
Polkovnik Tom Parker
Parker shou-biznesda tajribali va jiddiy odam edi. Elvis bilan Parkerni tuzgan shartnomalariga koʻra foydaning 50 % Elvisga, 50 % esa Parkerga edi. Turli yillarda Parkerni foizi oʻzgarar edi. Kontrakt tuzilgan vaqtlar uning foizi 20ni tashkil qilar edi. Oʻsha paytlar Nil Bob Elvisning menedjeri edi va u 15 %ni olar edi. Polkovnik Elvisning shaxsiy hayotiga aralashmas edi. Parkerni moliyaviy kuzatuvidan chetda qolgani uchun Elvis millionlarini yoʻqotgan degan fikrlar bor, shuningdek koʻp foydalar soliq hizmati tarafidan roʻyxatga kiritilmagan edi. Shu sababli Elvis oʻlganidan keyin merosxoʻrlarida muammolar paydo boʻlgan edi. Tom Parker birinchi boʻlib qoʻshiqchini atributikasini ishlab chiqarishni boshlagan. Elvisni rasmi yoki nomi bosilgan ruchka, gitaralar, soatlar, taqvimlar, kiyimlar ishlab chiqarilgan.
Koʻp yillar oʻtgach Tom Parker AQSh ga 1920-yillarning ohirlarida Gollandiyadan kelgan noqonuniy immigrant ekanligi oʻrtaga chiqdi. Uning haqiqiy nomi Andreas Cornelis van Kuijk edi. 1948-yil polkovnik boʻlgan. Elvis hayot ekanligida bu faktlar hali maʼlum emas edi.
Kinodebyut va armiya (1956—1959) Birinchi filmlar
Populyar musiqada erishgan yutuqlari unga Gollivudga yoʻl ochadi. Bundan foydalanib Tom Parker 20th Century Fox va Paramount studiolari bilan shartnomalar tuzadi. Elvis roʻl olgan birinchi film „Love Me Tender“ filmi edi. Filmning premyerasi 1956-yil 15-noyabrda boʻlib oʻtdi. Filmda Elvis ikkinchi darajali roʻl oʻynaydi va atigi toʻrt ta qisqa qoʻshiq kuylaydi. Shunday boʻlsada oʻsha hafta hamma faqat Elvis uchun kinoteatrlarga boradi. Elvisning eng eski orzusi – aktyor boʻlish amalga oshadi. 1957-yil yana „Loving You“ va „Jailhouse Rock“ kabi ikki film yana chiqadi. Ikki film ham oniy muvaffaqiyatlarga erishadi.
Elvis oʻz idollari James Dean va Marlon Brando oʻynagan dramatik roʻllarni qumsar edi. Lekin kinostudiolar unga u qoʻshiq ayta olishi uchun oson roʻllar berar edilar. Shunday qilib u oʻz muhlislarini ishonchini oqlar edi. Elvisning toʻrtinchi filmi – „King Creole“ (1958) da oʻynagan roʻli uning eng artistik roʻllaridan hisoblanadi. Avval bu roʻl James Dean uchun moʻljallangan edi. Elvisning birinchi filmlarining musiqiy manbalari yuqori sifatli edi. Filmlar bilan parallel „Too Much“, „All Shook Up“, „Donʼt“, „A Big Hunk OʻLove“ kabi yangi singllar ham chiqarildi.
Armiya va „Memfis mafiyasi“
1958-yilning 24-martida Elvis 1956-yildan beri qoʻshiqchi qidirayotgan armiyaga chaqiriladi. Bu xabar mamlakat yoshlarining qarshiliklariga sabab boʻladi: armiya va prezidentga bu chaqiruvni bekor qilishlari haqida maktublar yuvoriladi. Armiya uchun Elvisning chaqirilishi hizmat nufuzining ortishi va yangi askarlarni diqqatini jalb qilish edi. 1958-yilning oxirida Elvisni Gʻarbiy Germaniya, Fridbergga yuvoradilar. Bundan oldin Elvisni shaxsiy hayotida tragediya roʻy bergan edi: 14-avgustda Memfisda onasi vafot qiladi.
Armiyada Elvis el qatori butun oddiy vazifalarni bajo keltiradi. Lekin boʻsh vaqtlarini boshqa askarlardan farqli oʻlaroq oʻtkazdi: Yevropani kezdi, yangi avtomobillar sotib qoldi (faqatgina 1958-yil iyunda studiyada yozildi). Presli alohida kvartirada Amerikadan kelgan doʻstlari bilan yashar edi. Keyinchalik bu doʻst va qarindoshlar guruhi matbuotda "Memfis mafiyasi" nomini oldi. „Mafiya“ning aʼzolari kundan kunga koʻpayib borar edi. Ular doim Elvis bilan edilar. Ular Elvis uchun qoʻriqchi, lakey, musiqachi va albatta doʻst kabi vazifalarni bajarar edilar. Aynan ular Germaniyadagi bir kechada 14 yoshli Prissilla Bulye bilan tanishtiradilar. Prissilla keyinchalik Elvisni hayotida muhim oʻrin oladi.
Kinosanoati asiri (1960—1968) Armiyadan soʻng