Choy Ye-von (koreyscha: 최예원; 1999-yil 18-iyun) – Arin (koreyscha: 아린) taxallusi bilan tanilgan janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. Janubiy Koreyaning „Oh My Girl“ guruhining aʼzosi.
Taʼlimi Arin Dongduk oʻrta maktabi hamda Seul sanʼat maktabida oʻqigan.
Karyerasi
2015–2019: „Oh My Girl“ guruhi bilan debyut 2015-yil 20-aprelda Arin „Oh My Girl“ guruhi aʼzosi sifatida katta sahnada debyut qilgan. U birinchi marta 21-aprelda SBS MTV telekanalining „The Show“ dasturida debyut singlini ijro etgan. 2019-yil 7-sentabrda Arin XtvN kanalining „The Ultimate Watchlist 2“ koʻrsatuvida chiqishi qilgan. 2019-yil avgust oyida esa Arinning „Queendom“ tanlovida ishtirok etishi tasdiqlangan.
2020-yildan hozirgi kungacha: Yakkaxon faoliyati 2020-yil 10-martda Arin Naver TV telekanalining „The World of My 17“ veb-serialida Oh Na-ri rolini ijro etgan.
2020-yil 20-iyulda Arin TXT kanalida Choi Soo-bin bilan birgalikda „Music Bank“ loyihasining yangi boshlovchisi sifatida ish boshlagan. Loyihaning soʻnggi namoyishi 2021-yil 1-oktabrda boʻlgan.
2021-yil mart oyida Arin Netflixning „Urban Myths“ filmida rol ijro etgan.
2023-yil 15-may kuni SPOTV News nashri Arinning tvN kanalining „Summer Love Machine Blues“ nomli qisqa metrajli dramasida rol oʻynashi haqida xabar bergan.
Modellik faoliyati 2020-yil 5-martda Arin BYC nomli Janubiy Koreya kiyim-kechak brendining modeliga aylangan. 2020-yil iyul oyida u fransuz goʻzallik brendi Clarins uchun brend yuzi boʻlgan. 2021-yilda esa Kumbokju brendining reklama modeli boʻlgan. 2022-yil iyun oyida esa Pepsi kompaniyasining „Blue & Black“ nomli reklama singlini kuylash uchun tanlab olingan. Keyingi oyda u Pusan shahrida boʻlib oʻtadigan „Expo 2030“ jahon koʻrgazmasi reklamasida suratga tushish uchun tanlab olingan.
Diskografiyasi Reklama singllari + Nom Yil Oʻrin Albom Manba „Blue & Black“ 2022 35 Albomga kiritilmagan
Filmografiyasi Film Yil Nom Rol Izoh Manba(lar) 2022 Urban Myths Ji-hyun Netflix filmi
Televizion seriallari Yil Nom Rol Izoh Manba(lar) 2022–2023 Alchemy of Souls Jin Cho-yeon 1–2-qismlar 2023 Summer, Lovemachine, Blues Yoo Deu-rim Qisqa drama
Veb seriallari Yil Nom Rol Izoh Manba(lar) 2020 The World of My 17 Oh Na-ri 1-mavsum 2025 S Line Hyeon-heup
Televizion shoulari Yil Nom Rol Izoh Manba(lar) 2019 Queendom Ishtirokchi Oh My Girl guruhi aʼzolari bilan The Ultimate Watchlist Hakam 2-mavsum
Manbalar
Turkum:Janubiy Koreyalik qoʻshiqchilar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Aktrisalar