Amika Shail (talaffuzi: a-mee-kaa) – Hindistonlik qoʻshiqchi va aktrisa. U hind tilidagi koʻplab kino, veb-seriallar, veb-filmlar va televideniyedagi boshqa ijod naʼmunalari bilan tanilgan. „Balveer Returns“ filmida Vayu Pari obrazini tasvirlagan.

Hayoti Amika Shail Gʻarbiy Bengaliyaning Hugli tumanidagi Uttarpara shahrida tugʻilgan. Hozirda Mumbayda yashaydi. Amika zangori ekrandagi faoliyatini 9 yoshida Sa Re Ga Ma Pa Lil Champs shousida ishtirokchi sifatida boshlagan.

Amika musiqani 5 yoshida onasidan oʻrgana boshlagan. Sa Re Ga Ma Pa loyihasining bengalcha versiyasida ham ishtirok etgan. Keyinchalik Sa Re Ga Ma Pa National Talent Hunt, Indian Idol, Star Voice of India va All India Radio Show kabi boshqa shoularda ham ishtirok etgan.

U hind klassik musiqasi boʻyicha aspirant boʻldi. Dabur, Colgate, Santoor, Ujala va IPL kabi brendlarning televizion reklamalariga ovoz berdi.

Amika oʻzining intervyularidan birida Mumbaydagi dastlabki kunlarida pul topish uchun musiqa oʻqituvchisi sifatida ishga kirganini aytib oʻtdi. Aktrisa A. R. Rahmonni musiqa sohasidagi eng yaxshi ijodkor deb bilsa, Priyanka Choprani esa aktrisalar ichida eng zoʻri deb hisoblaydi.

Filmografiyasi Televizion loyihalari YilNomRolKanal2014-19UdaanJyotiColors TV2019-20Divya DrishtiTwinkle ShergillStar Plus2021Balveer ReturnsVayu Pari / VidhiSony SAB2019Shaadi Ke SiyapePrachi& TV2018Laal IshqMultiple Characters&TV2020Maddam SirNaaginSony SAB

Veb seriallari YilNomRolPlatforma2019AbhayOffice Girl Zee52019GunahPriyankaYouTube2020LaxmmiAnkita JainDisney+Hotstar2020MirzapurBar SingerAmazon Prime Video2020Mask ManAditiRabbit2020TrappedPsycho KillerRabbit2021NachaniyaNachaniya Tamasha2021Chattis Aur MainaDhaniDisney+Hotstar2021Video CallKomal Cineprime2021KhunnasRashmiUllu2021IntentionPranjalNot Decided2021Hai TaubbaLenaAltBalaji2021KhudraangIshuCine 72021DulhanAarti Cinebox2021Good NightChampaUllu2021High DoseNetraNot Decided2022DogSanjanaNot Decided202212 A. M.NehaCine Box2022Untitled ProjectAmiSonyLiv2022ManthanAvantika EOR TV2023BuildersFatima Amazon Prime Video2023Bekaaboo 3Rasika Asthana Altt Filmi +YilNomRol2023BandraItem Song

Soundtreklari YilFilmSoundtrek2015KhamoshiyanKhamoshiyan (Female)2015Comedy SuperstarTitle Track2017Wedding AnniversaryIttefaqan2022Untitled Item NumberNobody2022DhokhaTitle Track

Shoulari YilShoeKanal2006Sa Re Ga Ma Pa L'il ChampsZee TV2007Bengali Sa Re Ga Ma Pa L’il ChampsZee Bangla2008Star Voice of India – Chhote UstaadStar Plus2012Indian Idol Sony Entertainment Television2017Bharat Ki Shaan: Singing StarDD National

Ijtimoiy tarmoqlarda Amika ijtimoiy media platformalarida, jumladan Instagram, Twitter, Facebook va YouTube sahifalarida juda faol. U YouTube tarmogʻida eng koʻp kuzatiladigan hind qoʻshiqchi 10 taligidan joy olgan. Aktrisaning ijtimoiy tarmoqlardagi fotosessiyalari ommaviy axborot vositalarida tez-tez muhokama qilinadigan mavzuga aylangan.

Amika 2022-yilda Misrda boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar forumida Hindiston nomidan ishtirok etdi. U Misr Prezidenti hamda koʻplab boshqa yurtlardan kelgan nufuzli shaxslar oldida jonli ijroda qoʻshiq kuyladi.

Manbalar

Turkum:Hind aktrisalari Turkum:Hind qoʻshiqchilari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar