Mikel Merino Sason (; 1996-yil 22-iyunda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Premyer-liganing Arsenal klubi va Ispaniya terma jamoasida yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.
U oʻz faoliyatini Osasunada boshlagan va 2018-yilda „Real Sociedad“ bilan shartnoma imzolashdan oldin Dortmundning „Borussia“ va „Newcastle United“da qisqa muddat oʻynagan va klub bilan 2019-20-yilgi Ispaniya kubogida gʻolib chiqqan, jami 242 oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan. 2024-yil avgust oyida u „Arsenal“ga qoʻshildi va ikkinchi mavsumida Premyer-ligada gʻolib chiqdi.
Merino Ispaniyani 21 yoshgacha boʻlgan ikki marta Yevropa chempionatida himoya qilib, 2019-yilgi chempionatda gʻolib chiqdi. U 2020-yilda kattalar safida debyut qilgan, Yevro-2024 va 2026-yilgi Jahon chempionatiga tanlangan va ikkala turnirda ham gʻalaba qozongan.
Klubdagi faoliyati Merino- Osauna klubi tarbiyalanuvchisi.2014-yilning 23-avgustida Barselona B jamoasiga qarshi Segundada debyut qilgan.21-dekabrda Las-Palmasga qarshi oʻyinda birinchi golini kiritgan.2015-yilda Merinoning xizmatlariga Barselona qiziqish bildirgan.
2016-yilda Merino Borussiya Dortmund bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan. U 14-oktyabr kuni Bundesligada Gertaga qarshi bahsda debyut qiladi. Oʻzining ilk mavsumida klubi bilan Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.
2017-yilnin yozida Mikel Merino oʻyin amaliyoti kamligi sababli Nyukasl Yunayted klubiga ijaraga beriladi.13-avgustda Premyer ligadagi ilk uchrashuvini Tottenhemga qarshi oʻtkazadi.2017- yilning 13-oktyabrida Nyujkasl Merinoni toʻlaqonli sotib oladi.21-oktyabrda Kristal Pelasga qarshi kechgan bahsda oʻzining debyut golini uradi.
2018-yilning yozida Merino Ispaniyaga qaytib,Real Sosyead aʼzosiga aylanadi. Nyukasl Yunayted bu transferdan 12 million yevro ishlab olgan. U La-ligadagi debyutini Villyarealga qarshi bahsda oʻtkazadi.21-sentyabrda Ueskaga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritgan.
Terma jamoadagi faoliyati
2015-yilda Gretsiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2017-yilda Merino Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida Polshadagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Portugaliya va Serbiyaga qarshi bahslarda maydonga tushgan. 2019-yilda esa Italiyadagi Yevropa chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritadi. 2021-yilda esa Merino Tokio 2020 olimpiadasida ishtirok etdi. Ispaniya olimpiya terma jamoasi turnirda kumush medallarga ega chiqqan.
Shu kunlarda Germaniya yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Yevropa chempionatida Mikel Merino Ispaniya milliy terma jamoasi safida harakat qilmoqda.5-iyul kuni boʻlib oʻtgan mezbon Germaniyaga qarshi chorak final uchrashuvining 119-daqiqasida aynan Merino kiritgan gol Ispanlarga yarim final yoʻllanmasini taqdim etdi.
Manbaalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:CA Osasuna B futbolchilari Turkum:CA Osasuna futbolchilari Turkum:Real Sociedad futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund futbolchilari Turkum:Newcastle United F.C. futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha U-19 Yevropa chempionlari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar