Jerri Kobb (1931-yil 5-mart – 2019-yil 18-mart) – amerikalik mashhur uchuvchi va aviator. U Mercury 13 guruhning aʼzosi boʻlib, bu guruhda ayollar tarixda ilk bor erkak astronavtlar bilan birga sinov mashqlaridan muvaffaqiyatli oʻtishgan.
Yoshligi va taʼlimi Jerri Kob 1931-yil 5-mart kuni, Oklahoma shtatining Norman shahrida tugʻilgan. Uning otasi polkovnik Uilyam Kobb, onasi esa Helena Butler Ston edi. Yosh Jerri bolalik davrini harbiy oilalar uchun odatiy boʻlganidek, doimiy koʻchib yurish bilan oʻtkazdi. Ularning oilasi bir muddat Vashingtonda yashab, keyin Oklahoma, Texas va Colorado shtatlariga koʻchib oʻtishdi. Kobb asosan Oklahoma shtatining Ponca shahrida bolaligini oʻtkazadi.
Aviatsiyaga boʻlgan qiziqishi otasi tufayli yanada kuchayadi. Birinchi marta Jerri 12 yoshida otasining Waco ikki qanotli samolyotida parvoz qiladi. U 17 yoshida yordamchi uchuvchi litsenziyasini oladi va 18 yoshida tijorat uchuvchisiga aylanadi. Kobbning aviatsiyaga boʻlgan intilishi 1948-yilda Oklahomadagi Xotin-qizlar kolleji talabalik davrida yanada kuchayib, u bu sohada faoliyatini boshlaydi.
Karyerasi Kobb 21 yoshida butun dunyo boʻylab xorijiy havo kuchlariga jangovar samolyotlar yetkazib berishni boshladi. 1959-yilda u Parij aviasalonida uchgan birinchi ayol uchuvchiga aylanadi va shu bilan birga, Ameliya Erxart unvonini qoʻlga kiritadiInternet Encyclopedia of Science, Aviation Pioneers Accessed March 12, 2010.
Kobbning aviatsiya sohasidagi faoliyati bilan birga NASA kosmik dasturida ham ishtirok etgan. 1961-yilda u NASA tomonidan kosmik dastur maslahatchisi etib tayinlandi va Mercury 13 sinovlaridan oʻtdi. Bu sinovlar davomida Kobb koʻplab oʻquv parvozlarini amalga oshirdi va ushbu sohada ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol oʻynadi.
Mukofotlari Ameliya Earhart Oltin medali – ushbu mukofot aviatsiyada katta yutuqlarga erishgan ayollarga beriladiJerrie Cobb jerrie_cobb_facts.html "Jerrie Cobb, Facts" (autobiography), jerrie-cobb.org. Accessed March 13, 2010 . Yil uchuvchisi – 1959-yilda Kobb bu unvonga sazovor boʻladi. Fédération Aéronautique Internationale oltin qanotlari medali – bu medali bilan faqat toʻrt nafar amerikalik taqdirlangan. Harmon xalqaro trofeyasi – 1973-yilda Kobb bu mukofotni Prezident Richard Nikson qoʻlidan oldi. Oklahoma Hall of Fame aʼzoligi – Kobbning aviatsiyaga qoʻshgan hissalari tufayli ushbu unvonga loyiq koʻriladi. Milliy Aviatsiya Faxriylari Zali – 2012-yilda Kobb bu nufuzli mukofot bilan taqdirlanadi.
Ijtimoiy faoliyati Jerri Kobb oʻz faoliyati davomida faqat aviatsiya bilan cheklanmay, ijtimoiy sohada ham faol edi. U Amazonka oʻrmonlarida yashovchi qabilalarga insonparvarlik yordami yetkazib beradi, ushbu ishi ortidan u Pioneer Woman mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, u And togʻlari ustidan yangi havo yoʻnalishlarini ochgani uchun Ekvador hukumati tomonidan taqdirlandi.
Manbalar Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:Aviatorlar Turkum:Aviatsiya kashshoflari