Stockfish () – turli ish stoli va mobil platformalar uchun mavjud boʻlgan bepul, ochiq manbali, UCI bilan ishlaydigan shaxmat dasturidir. U Marko Kostalba, Jonah Kiyski, Gari Linskott va Tord Romstadlar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, shuningdek ochiq manbalar jamiyatining ham katta hissasi bor.

Stockfish kompyuter shaxmat dasturlari oʻrtasidagi koʻpgina reyting roʻyxatlari va musobaqalarida birinchi oʻrinni egallaydi va GPU boʻlmagan eng kuchli shaxmat dasturi sifatida tan olingan. U 6-mavsumda (2014), 9-mavsumda (2016), 11-mavsumda (2018), 12-mavsumda (2018), 13-mavsumda (2018), 14-mavsumda (2019), 16-mavsumda (2019), 18-mavsumda (2020), 19-mavsumda (2018) kompyuter shaxmati boʻyicha norasmiy jahon chempionatida gʻolib chiqdi.20-mavsum (2021), 21-mavsum (2021) va 22-mavsum (2022), shuningdek, 5-mavsum (2013), 7-mavsum (2014), 8-mavsum (2015), 15-mavsum (2019) va 17-mavsum (2020) da ikkinchi oʻrinni egalladi.

Stockfish 2004-yilda chiqarilgan Tord Romstadning ochiq manbali dasturi Glaurungdan kelib chiqqan.

Xususiyatlari Stockfish koʻp protsessorli tizimlarda 1024 tagacha protsessor oqimlaridan foydalanishi mumkin. Transkripsiya jadvalining maksimal hajmi 128 GB. Stockfish ilgʻor alfa-beta qidiruvni amalga oshiradi va bitboardlardan foydalanadi. Boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda, u koʻproq qidiruv qamrovi bilan ajralib turadi, qisman agressiv alfa-beta kesimi va kech harakatlanishning qisqarishi tufayli.

Stockfish shaxmat-960ni qoʻllab-quvvatlaydi, bu Glaurungdan meros boʻlib qolgan xususiyatlardan biridir.

Ilgari Ronald de Man tomonidan boshqariladigan dasturda mavjud boʻlgan Syzygy shaxmat yakunlari boʻyicha maʼlumotlar bazalarini qoʻllab-quvvatlash 2014-yilda Stockfishga kiritilgan. 2018-yilda Syzygy 7 qismli maʼlumotlar bazalarni qoʻllab-quvvatlash ham koʻp oʻtmay qoʻshildi.

2020-yil avgust oyida AIga asoslangan dasturlarning jadal rivojlanishi taʼsirida Stockfish arxitekturasidada sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi va anʼanaviy baholash funksiyasi bilan birga CPU va Stockfish qidiruv algoritmi uchun optimallashtirilgan NNUE neyron tarmoqlaridan foydalanishni boshladi. Stockfish neyron tarmoqlarga asoslangan baholash funksiyasidan (sozlamalarda neyron tarmoqlardan foydalanishni oʻchirib qoʻyish mumkin) moddiy jihatdan muvozanatli pozitsiyalarda, qolganlarida esa anʼanaviy dasturlardan foydalangan holda klassik dastur birlashmasiga oʻzgardi. Ushbu oʻzgarish oʻyinni sezilarli darajada kuchaytirdi.

Stockfishning oʻyin uslubi, boshqa kuchli dasturlardagi kabi, oʻziga xosdir, lekin taktikaga urgʻu beradi.

Dastur kodi LAZY_SMP parallellashtirish algoritmida (2015-yilda kiritilgan) ishlaydi, u koʻp sonli yadrolar/oqimlarda mukammal parallellashtiriladi.

U assembler tilida oʻz portiga ega, shuningdek C tilida ham (asosiy loyiha bilan deyarli parallel ravishda yangilangan).

TCECda ishtirok etish tarixi +TCECda Stockfishning ishtirokiMavsumSanaOʻrinRaqibHisobEsalatma6May 2014GʻolibKomodo35½-28½7Dekabre 20142-oʻrinKomodo30½-33½8Noyabr 20152-oʻrinKomodo46½-53½Dasturlar 24-yadroli serverda oʻynaldi9Dekabr 2016GʻolibHoudini54½-45½44-yadroli server10Noyabr 20173-oʻrinHoudini KomodoStockfish super finalga chiqmadi111Aprel 2018GʻolibHoudini59-4112Iyul 2018GʻolibKomodo60-4013Noyabre 2018GʻolibKomodo55-4514Fevral 2019GʻolibLeela Chess Zero50½-49½15May 20192-oʻrinLeela Chess Zero216Oktyabr 2019GʻolibAlliestein17Aprel 20202-oʻrinLeela Chess Zero47½-52½18Iyun 2020GʻolibLeela Chess Zero53½-46½19Oktyabar 2020GʻolibLeela Chess Zero20Fevral 2021GʻolibLeela Chess Zero53-4721Avgust 2021GʻolibLeela Chess Zero56-44 1 10-mavsumda Stockfish birorta ham oʻyinda magʻlub boʻlmadi, lekin qoʻshimcha parametrlarga koʻra (jami gʻalabalar soni boʻyicha) super finalga chiqa olmadi.

2 2019-yilning may oyida Lila finalda Stockfishni 5,5-4,5 (+2 =7 −1) hisobida magʻlub etib, TCEC(inglizcha:Top Chess Engine Championship) kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Lila shaxmat donalari boʻyicha 1 ta piyoda ustuvorlikni qoʻldan boy berishiga qaramay, TCEC 15 super finalida Stockfish(norasmiy chempion) ustidan gʻalaba qozondi.

Reyting 2024-yil holatiga koʻra, Stockfish shaxmat dasturlar(shaxmatdagi yurishlarning variantlarini hisoblash uchun moʻljallangan kompyuter dasturi) reytingi boʻyicha yetakchi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Shaxmat Turkum:Dasturiy taʼminot