Ajdaho uyi (inglizcha:House of the Dragon) – bu George R. R. Martin va Ryan Kondal tomonidan HBO televideniya kompaniyasi uchun yaratilgan fantaziyali televizion serial. „Taxtlar oʻyini“ (inglizcha:Game of Thrones) (2011-2019) esa ushbu serialning ikkinchi qismi hisoblanadi.Condal va Miguel Sapochnik birinchi mavsumda ushbu filmning prodyuserlari boʻlishgan. Martinning 2018-yilda nashr etilgan „Fire and blood“ nomli kitobida tasvirlangan voqealarga asoslangan. Serialda Yetti Qirollik Targaryenlar hukmronligi ostida birlashganidan taxminan 100 yil vaqt oʻtib, „Taxtlar oʻyini“ voqealaridan taxminan 200 yil oldin va Daenerys Targaryen tugʻilishidan 172 yil oldin sodir boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan. Ansambl ishtirokida taqdim etilgan shouda „Ajdaholar raqsi“ nomi bilan mashhur boʻlgan raqsda, urushning vayronagarchiliklarini va Targaryen uyining tanazzulga yuz tutishiga olib keladigan voqealar tasvirlangan.
2019-yil oktyabr oyida „Ajdaho uyi“ seriyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish taklifi kelgan. 2020-yil iyul oyida kasting jarayonlari boshlangan va 2021-yil aprel oyida Buyuk Britaniyada asosiy suratga olish ishlari boshlangan. 2022-yil 21-avgustda film premyerasi boʻlib oʻtgan hamda birinchi mavsum oʻnta epizoddan iborat boʻlgan. Film premyerasidan besh kun oʻtgach ikkinchi mavsumni suratga olish uchun harakatlar boshlangan. Sapochnik birinchi mavsumdan keyin prodyuserlar safidan ketgach, Kondal ikkinchi mavsumda yagona prodyuser boʻlib qolgan. Ikkinchi mavsum film premyerasi 2024-yil 16- iyun kuni boʻlib oʻtgan va u sakkiz epizoddan iborat boʻlgan. 2024-yil iyun oyida ikkinchi mavsum premyerasidan keyin serialning uchinchi mavsumi uchun ishlar boshlangan.
Film birinchi mavsumdagi qahramonlar obrazi, vizual taʼsirlari va ssenariysi uchun Ramin Djawadi tomonidan ijobiy baholangan. Biroq, vaqt oʻtgan sayin baʼzi sahnalarning qorongʻuligi tanqid ostiga olingan. Film seriyasining premyerasi birinchi kunning oʻzida 10 milliondan ortiq tomoshabinlar tomonidan tomosha qilingan va bu HBO tarixidagi eng katta muvaffaqiyat qozongan film sifatida eʼtirof etilgan. „Ajdaho uyi“ filmi 80th Golden Globe Awards mukofoti taqdirlash marosimida „Eng yaxshi televizion drama“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi hamda Emma D’Arcy „Televideniya serialida eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi. Shuningdek film Emmy Award mukofotining 9 ta yoʻnalishida mukofotni qoʻlga kiritdi va British Academy Television Craft Awardsning 3 ta mukofotiga sazovor boʻldi.
Syujeti Serialdagi voqealar „Taxtlar oʻyini“ voqealaridan taxminan 200 yil oldin Vesteros xayoliy qitʼasidagi voqealarga asoslangan holda boshlangan hamda u Targaryen va Yetti Qirollikning 100 yil oʻtganidan keyin birlashishi voqealarini tasvirlangan holda davom ettirilgan. Hikoyadagi „Ajdaholar raqsi“da Aegon I ning taxt vorisi etib tayinlanganidan keyin boshlangan fuqarolar urushi haqida hamda ikki kishi oʻrtasidagi ziddaiyatlar koʻrsatib berilgan. „Raqs“ deb nomlanishiga sabab esa Viseris I vafotidan soʻng, uning toʻngʻich qizi malika Rhaenyra Qora partiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va uning ikkinchi turmushidan boʻlgan oʻgʻlining taxt uchun kurash boshlanganligi uchun qoʻyilgan. Yashil partiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shahzoda Aegon II Targaryen bir vaqtning oʻzida Temir taxtga boʻlgan huquqlarini eʼlon qilgan.
Ishlab chiqarilishi
2015-yilda, „Taxtlar oʻyini“ hali ishlab chiqarilayotgan bir paytda, HBO rahbarlari „A Song of Ice and Fire“ asari yozuvchisi George R. R. Martinga ushbu filming davomi boʻlishi mumkin boʻlgan asar yozishi uchun murojaat qilishgan. 2018-yilning noyabr oyida Martin kelgusi seriyalar „Fire and Blood“ romanidagi voqealarga asoslanishini aytgan. „Taxtlar oʻyini“ filmi ijodkorlari Devid Benioff va D. B. Weiss bu franchayzingdan chiqishni istashlarini va keyingi loyihalarda ishtirok etmasliklarini taʼkidlashgan. 2019-yil sentyabr oyida George R. R. Martin va Ryan Kondalning „Taxtlar oʻyini“ seriyasidagi sahnalari HBO tomonidan buyurtma olishiga yaqin qolgan edi. Keyingi oyda esa „Ajdaho uyi“ televizion seriyasi toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatildi.
Epizodlari
Tasvirga olinishi Birinchi mavsum uchun kasting 2020-yil iyul oyida boshlangan. 2020-yil oktyabr oyida Paddy Considine Viserys I Targaryen rolini ijro etgan. Considinega „Taxtlar oʻyini“ filmida rol oʻynashni taklif qilishgan, biroq serialning fantastik elementlari tufayli bu taklif rad etilgan. Condal 2020-yilgi intervyusida Considine Viserys uchun birinchi nomzod boʻlganligini taʼkidlab oʻtgan. Dekabrga kelib, Olivia Cooke, Matt Smith va Emma D'Arcy mos ravishda Alicent Hightower, Daemon Targaryen, and Rhaenyra Targaryen rollarini ijro etishgan. The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida Smith dastlab Taxtlar oʻyini serialida rol oʻynashga ikkilanganini, lekin Considinening loyihaga qoʻshilishini bilib, rolni qabul qilganini aytgan. 2021-yil fevral oyida asosiy tarkibga Rhys Ifans, Sete Toussaint, Eve Best va Sonoya Mizuno qoʻshilgan. Aprel oyiga kelib, Fabien Frankel Ser Criston Cole rolini ijro etgan. May oyida Graham McTavish suratga olish jarayonlarida toʻliq ishtirok etishi boshlagan. 2021-yil iyul oyida Emily Carey va Milly Alcock mos ravishda Alicent Hightower va Rhaenyra Targaryenning yosh hamkasblari sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan. Birinchi mavsumning oʻrtalarida vaqt oʻzgarishi hisobiga bir xil rolga bir nechta aktyorlarni tanlashga toʻgri kelgan. 2023-yil aprel oyida Geyl Renkin, Saymon Rassell Beale, Freddi Fox va Abubakar Salim ikkinchi mavsum uchun aktyorlar tarkibiga qoʻshilganligi eʼlon qilingan va mos ravishda Alis Rivers, ser Saymon Strong, ser Gveyn Xaytauer va Xalllik Elin rollarini ijro etishgan. 2023-yil dekabr oyida Tom Taylor, Clinton Liberty, Jamie Kenna, Kieran Bew, Tom Bennett, va Vincent Regan ikkinchi mavsumda Lord Cregan Stark, Addam of Hull, Ser Alfred Broome, Hugh Hammer, Ulf the White va Ser Rickard Thorne sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshilgani eʼlon qilingan.
Musiqiy ijrosi 2021-yil fevral oyida Ramin Djavadi filmlar seriyasi uchun soundtrek yaratishi eʼlon qilingan. Djavadi „Taxtlar oʻyini“ning sakkizta mavsumi uchun musiqa bastalagan, bu unga Gremmy Awards mukofotining 3 ta nominatsiyasi va Emmy Awards mukofotining 2 ta nominatsiyasini qoʻlga kiritishiga sabab boʻlgan. Djavadi va film prodyuserlari „Ajdaho uyi“ filmi uchun „Taxtlar oʻyini“ filmidagi asl soundtrekdan foydalanishni afzal koʻrishgan. Qoʻshiq ikkinchi mavsumning ochilish marosimida ijro etilgan. The A. V. Clubi bilan boʻlib oʻtgan intervyuda Djawadining taʼkidlashicha, asl qoʻshiq „seriyalarni bir-biriga bogʻlash“ uchun ishlatilgan. Birinchi mavsumda Djavadi Condal va Sapochnik bilan birga filmdagi har bir epizodni tomosha qilgan hamda musiqa ijro etilishi va musiqa qanday kayfiyatni shakllantirishi kerakligi haqida qaydlar qilgan.
Tili Taxtlar oʻyini tilshunosi Devid J. Peterson filmda ishlatilgan til ustidagi ishini davom ettirish uchun qaytib kelgan va oʻz ishini davom ettirgan. Petersonning taʼkidlashicha, „Taxtlar oʻyini“dan farqli oʻlaroq, „Ajdaho uyi“ yuqori valiriya tilida uzoq davom etadigan dialogga ega. Serialda yuqori valiriya tilida ham Targaryenlar, ham Velaryonlar gaplashadi, bu esa aktyorlardan tilni oʻrganishni talab qiladi. Xabarlarga koʻra, Emma D’Arsi uni oʻrganishni yoqtirgan, Mett Smith esa dastlab uni oʻrganishdan qoʻrqqan.
Byudjeti „Ajdaho uyi“ning birinchi mavsumini suratga olish uchun qariyb 200 million dollar sarflangan, bu har bir epizod uchun oʻrtacha 20 million dollardan toʻgʻri keladi. Solishtirish uchun, uning asosiy seriyasi hisoblanadigan „Taxtlar oʻyini“ning har bitta mavsumi uchun taxminan 100 million dollar sarflangan, birinchidan mavsumddan beshinchi mavsumgacha boʻlgan har bir epizod uchun deyarli 6 million dollardan, oltinchi va yettinchi fasllaridagi har bir epizod uchun taxminan 10 million dollardan sarflangan. Shuningdek, sakkizinchi mavsumida esa har bir epizod uchun 15 million dollardan pul ishlatilgan. Umumiy hisobda film ijodkorlari har bir mavsumdagi har bir epizod uchun oʻrtacha 285 million dollardan daromad qilishgan. Deadline Hollywood maʼlumotlariga koʻra, ushbu film marketingi uchun 100 million dollardan ortiq pul mablagʻi ajratilgan.
Efirga chiqarilishi „Ajdaho uyi“ film premyerasi 2022-yil 21-avgustda boʻlib oʻtgan. Bu film HBO tomonidan taqdim etilgan ilk 4K formatidagi film boʻlgan. Filmning birinchi epizodi 2022-yil 2-sentyabrda YouTube ijtimoiy tarmogʻida bepul taqdim etilgan. Film birinchi mavsumining yakuniy qismlari haqiqiy efir sanasidan bir hafta oldin onlayn platformalarda eʼlon qilingan. HBO maʼlumotlariga koʻra, film haqida eng koʻp tanqidlar Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan kelgan va ularni doimiy tarzda „agressivlik bilan“ kuzatib borishgan. Shunga qaramay filmning ikkinchi mavsum premyerasi 2024-yil 16-iyun kuni boʻlib oʻtgan.
Televideniyega uzatilishi Filming birinchi fasli 2022-yil 20-dekabrda 4K UHD Blu-ray, Blu-ray va DVD shakllarida taqdim etilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:HBO dasturlari Turkum:2022-yil filmlari Turkum:Muz va olov qoʻshigʻi