Gli ( 2004-yil – 2020-yil 7-noyabr) – Istanbulda joylashgan Ayo Sofiya ibodatxonasida yashashi bilan tanilgan mushuk. Shuningdek, turistlarning eʼtibori ortidan internetda ham mashhurlikka erishgan. Gli 2004-yilda tugʻilgan va Ayo Sofiyada tarbiya topgan. 2020-yilda Ayo Sofiya masjidga aylantirilgach, mushuk ommaviy axborot vositalarining eʼtiboriga tushgan.

Gli 2020-yil 7-noyabrda Istanbulning Levent shahridagi veterinariya klinikasida vafot etdi. Mushuk jasadi Ayo Sofiya binosiga dafn etilgan. Instagramdagi @hagiasophiacat akkaunti Gliga bagʻishlangan boʻlib, mushuk vafoti davrida sahifaga 118,000 dan ortiq odam obuna boʻlgan.

Hayoti Gli 2004-ilda Ayo Sofiyada tugʻilgan. Ushbu mushukning Pati va Kızım ismli ikkita ukasi bor edi. Glining faqat bitta, Karakız ismli qora rangli zurriyoti bor edi. Gli oʻsha paytda muzey boʻlgan Ayasofiyani ziyorat qilgan sayyohlar tomonidan sevilgan va u masjidning ramziga aylangan. Gli birinchi marta Barak Obama 2009-yilda Ayasofiyaga tashrif buyurganida Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan Glini erkalashi ortidan mashhurlikka erishgan. Ayasofiyaning masjidga aylantirilishi eʼlon qilinganidan soʻng, Gli haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda va yangiliklarda tez-tez tilga olinishi mushukka shuhratning yangi toʻlqinini olib keldi. Prezident voizi İbrahim Kalın: „Bu mushuk juda mashhur boʻlib ketdi, hali u qadar mashhur boʻlmaganlari ham bor. Bu mushuk u yerda yashaydi va barcha mushuklarga masjidlarimizga xush kelibsiz deb qolaman“ deya fikr bildirdi.

Gli 2020-yil 7-noyabrda Leventdagi veterinariya klinikasida vafot etdi, u 24-sentyabrdan beri davolanayotgan edi. Mushuk jasadi Ayo Sofiya bogʻiga dafn etilgan.

Yana qarang Istanbuldagi yovvoyi mushuklar

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha hayvonlar Turkum:Mushuklar Turkum:Ommaviy madaniyatda mushuklar Turkum:Turkiyadagi mushuklar Turkum:Istanbul madaniyati