Vijdon — 2007-yilda rejissyor Sohib Abbosxon tomonidan suratga olingan drama janridagi oʻzbek filmi. Film Rustam Jabborovning „Musibat zanjiri“ asariga asoslangan boʻlib, asar muallifi Rustam Jabborov va film rejissyori Sohib Abbosxon hamkorligidagi ssenariy asosida suratga olingan. Filmda Jahongir Poziljonov, Oydin Yusupova, Rustam Karimov, Muyassar Berdiqulova, Jamshid Rayimbekov, Shodiya Toʻxtayeva, Raʼno Yarasheva, Shukur Sobirjonov, Dilshodbek Kattabekov, Nilufar Raimova, Aziza Begmatova, Muqaddas Xoliqova, Nigora Farmonova, Sayfiddin Meliyev kabi aktyorlar bosh rollarni ijro qilgan. Syujeti Holmat va Dilfuza bir-biriga muhabbat qoʻyishgan boʻlib, ular uchrashib yurishadi. Dilfuza dugonasining toʻyiga borish uchun ammasining tilla zanjirini olgan boʻlib, uni uyga kelgani yoʻqotib qoʻyadi. Dilfuza bu voqeani ota-onasi, akasi va kelinopasiga aytadi. Ular uylariga kelgan loʻli ayoldan, akasi esa rafiqasidan gumonlanadi. Akasi rafiqasi bilan janjallashadi va uni haydab yuboradi. Ammasi esa tilla zanjiri yoʻqolganini bilib, uning oʻrnini qoplash uchun pul berishini talab qiladi. Bu orada otasi Nosir tilla zanjirni pulini berish uchun qoʻshnisi Poʻlatboydan qarz olib, Rossiyaga qurilishga ishga ketadi. Lekin u yerda kasal boʻlib, qaytib keladi va tez orada vafot etadi.

Holmat esa Dilfuzaning tushkunlikka tushib qolgani sababini axtarib, dugonasidan boʻlib oʻtgan voqealar haqida xabar topadi va Dilfuzaga pul berish uchun oʻzining videokamerasini sotib yuboradi.

Bu vaqtda Dilfuzaning akasi Qahramon uyga mast kelib, onasi va singlisi bilan janjallashib qoladi. Qahramon uydan chiqib ketib, uylariga kelgan loʻli ayolning oldiga boradi va uni uradi. Keyin esa tungi klubga boradi va u yerda doʻsti bilan rafiqasini koʻrib, ularni ajratib, uradi. Uyga qaytib oʻzini oʻldiradi. Buni onasi koʻrib, ruhiy kasal boʻlib qoladi.

Bu voqealardan soʻng qoʻshnisi Poʻlatboy uyidan tilla zanjirni topib oladi va rafiqasidan bu Dilfuzaning zanjiri boʻlib, uni qizi Nilufar bilmasdan olib chiqqanini bilib qoladi. Dilfuza onasidan xabar olish uchun shifoxonaga borganida Holmat unga pul beradi, lekin u buni qabul qilmaydi. Soʻng Poʻlatboy shifoxonaga boradi. U yerda Dilfuza va uning onasi hamda Holmatni yangi qurgan doʻkoniga olib borib, ularga boʻlib oʻtgan voqealarni aytib beradi va yangi qurgan doʻkoni ularga sovgʻa qiladi.

Rollarda

Film musiqasi Filmdagi musiqalarni kompozitor Ubaydulla Karimov yozgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:2007-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston drama filmlari Turkum:Sohib Abbosxon filmlari