Wer – 2013-yilda rejissyor William Brent Bell tomonidan suratga olingan AQSh dahshatli filmi. Filmda bosh rolni Andrea Joy Cook ijro etgan. Film 2013-yil 16-noyabrda ilk bor Yaponiyada namoyish etilgan, AQShda esa 2014-yil avgust oyida VOD media tizimi tomonidan taqdim etilgan.
Film syujeti Kapitan Klaus Pistor boshchiligidagi fransuz politsiyasi Claire Porterni kasalxonada davolanayotgan paytdayoq soʻroq qilishni boshlaydi. Fransiyada dam olayotgan amerikalik sayyohlar, Clairening turmush oʻrtogʻi Henry va oʻgʻli Peter nomaʼlum yirtqich hayvonning hujumi natijasida shafqatsizlarcha oʻldiriladi. Claire qotilning soyasi odamga oʻxshab ketganini daʼvo qilganda politsiya qotillikda gumon qilinayotgan Talan Gwynekni hibsga oladi. Oradan biroz vaqt oʻtib, Claire olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etadi.
Politsiya boʻlimida Talan bilan suhbat chogʻida rasmiylar bilan kurash boshlanadi. Gavin Kateni himoya qilmoqchi boʻlganida Talan uni tishlab oladi.
Katening jamoasi Talanning onasi bilan suhbatlashish uchun oʻrmondagi uyiga boradi. Gwynek xonim ularga asli Ruminiyadan ekanligini aytadi. Uning taʼkidlashicha, Talan qotillikni sodir etish uchun jismonan zaif boʻlgan, chunki Talan ularning oilasidagi erkaklar orqali oʻtadigan noyob genetik kasallikdan aziyat chekardi.
Talan politsiya hibsxonasida tibbiy koʻrikdan oʻtayotganda, oʻzining gʻayritabiiy kuchidan foydalanib, xonadagi deyarli hammani oʻldiradi va binodan qochib ketadi.
Butun shahar boʻylab olib borilgan qidiruv natijasida, Talan tashlandiq binodan topiladi. Talan politsiyaga hujum qilishidan oldin, sakkizinchi qavatdan pastga qulab, boʻriga aylangan holati kuzatuv kamerasiga tushib qoladi.
Rollarda
Andrea Joy Cook – Kate Moore Vik Sahay – Eric Sarin Simon Quarterman – Gavin Flemyng Sebastian Roché – Klaus Pistor Brian Scott OʻConnor – Talan Gwynek Stephanie Lemelin – Claire Porter Oaklee Pendergast – Peter Porter Angelina Armani – Clairening opasi Brian Johnson – Henry Porter Collin Blair – Britaniya muxbiri (Collin Jay Blair) Corneliu Ulici – politsiyachi
Yaratilishi „Wer“ filmining suratga olinishi uchun ishlab chiqilgan rejalar dastlab 2012-yil yanvar oyida Dread Central nashriga berilgan intervyuda eʼlon qilingan, oʻshanda Bell va prodyuser Matthew Peterman soʻnggi 10 oy davomida boʻri mavzusidagi loyiha ustida ishlaganliklarini aytgan. Ular dastlab 2012-yilning aprel oyida Ruminiyada „hujjatli film uslubdagi loyiha“ni suratga olishni rejalashtirgan.
2012-yil mart oyida Cook „Wer“ filmining bosh qahramoni sifatida tasdiqlangan. Rob Hallning Almost Human Inc kompaniyasi filmning maxsus effektlarini yaratish uchun ishga yollangan. Oʻsha yili Vik Sahay va Sebastian Roche ham ushbu loyihaga qoʻshilgan.
„Wer“ filmini suratga olish ishlari 2012-yilning may oyida Ruminiyaning Buxarest shahrida boshlangan. Bell filmni Vatican loyihasi bilan bir vaqtda suratga olgan. „Wer“ filmining rasmiy treyleri 2013-yil oktyabr oyida ilk bor namoyish etilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:AQSh filmlari Turkum:Dahshatli filmlar Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:2010-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:2013-yil filmlari