Juhor ad-Dik () Gʻazo gubernatorligining Gʻazo shahri janubida, Markaziy Gʻazo sektorida joylashgan dehqonlar qishlogʻi. Falastin Markaziy Statistika Byurosi (PCBS) maʼlumotlariga koʻra, 2017-yilda qishloqda 4586 nafar aholi istiqomat qilgan. Bu hudud Isroil-Hamas urushidan soʻng Isroil tomonidan nazorat qilinadi. 2024-yil may oyida Washington Post gazetasi Netzarim koridorini qurish uchun qishloq vayron qilingani haqida xabar berdiWhat Israel’s strategic corridor in Gaza reveals about its postwar plans, By Loveday Morris, Evan Hill, Samuel Granados and Hazem Balousha, Published May 17, 2024 at 5:00 a.m. EDT, https://www.washingtonpost.com/world/2024/05/17/gaza-israel-netzarim-corridor-war-hamas/.
Tarixi
2009-yilgi Isroil bosqinchiligi 2009-yilda Isroilning Gʻazo sektoriga bosqini chogʻida Isroil qoʻshinlari va Falastin askarlari Juxor ad-Dikda tez-tez toʻqnash kelishgan, mojaro tugagunga qadar qishloqning 100 dan ortiq uylari Isroil kuchlari tomonidan buldozer bilan vayron qilinganPalestinian fighters kill Israeli soldier, claim extensive action throughout Gaza Ma'an News Agency..
2014-yilgi Isroil bosqinchiligi Qishloq 2014-yilgi Gʻazo urushi paytida juda katta aziyat chekadi. Oʻsha vaqtda isroil kuchlari koʻplab binolarni vayronaga aylantiradi. 2015-yilning yanvarida, The New Arab gazetasiga koʻra, urushdan keyin qishloqda „birorta ham uy qolmagan“. Isroilning „Breaking the Silence“ nodavlat tashkiloti Isroil harbiy kuchlarining zirhli korpusidagi katta serjanti bilan anonim intervyusini chop etadi, u oʻz boʻlinmasi IDF Caterpillar D9 buldozerlari yordamida qishloqdagi uylar va daraxtlarni qanday vayron qilganini aytib berdi.
2014–2023 Gʻazo sektorining shimolidagi eng katta chiqindixona Gʻazo chegara devoridan taxminan 500 metr uzoqlikda, Juhor ad-Dik hududida joylashgan. 2023-yil sentabr oyidagi kuchli issiqlik bu yerda bir necha kun davom etgan yongʻinning boshlanishiga sabab boʻldi. 2023-yilgi Isroil-Xamas urushi davrida Gʻazo shahri koʻchalarida chiqindilar toʻplana boshladi, chunki shahar axlatchilari Isroilning kuchli bombardimonlari tufayli ularni Juhor ad-Dikdagi chiqindixonaga olib oʻta olmadilar.
2023-yilgi Isroil bosqinchiligi 2023-yilning 28-oktabr kuni Isroil mudofaa kuchlari qoʻshinlari Juhor ad-Dik hududidagi al- Bureyj qochqinlar lagerining sharqidagi Gʻazo sektoriga reydini amalga oshirdi. Isroilning Gʻazo sektoriga bostirib kirishi chogʻida Juhor ad-Dik yaqinidagi isroilning piyoda askarlari va zirhli texnikalari tez-tez Hamasning Izz ad-Din al-Qassam brigasi tomonidan pistirmalar, minomyot hujumlari va tankga qarshi hujumlari nishoniga aylangan.
Demografiyasi 1997-yilda PCBS tomonidan roʻyxatga olingan Falastinlik qochqinlar aholining 72,3 foizini tashkil etgan, bu oʻsha paytda 2275 kishiga teng ediPalestinian Population by Locality and Refugee Status Palestinian Central Bureau of Statistics (PCBS)..
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Gʻazo sektoridagi shaharlar Turkum:Gʻazo sektori