Michael Akpovie Olise (; ; ;; 2001-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — Bundesliganing Bavariya klubida oʻng qanot hujunchisi va hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp suradigan professional futbolchi. Angliyada tugʻilgan boʻlishiga qaramay, u Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Dunyoning eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Olise oʻzining ijodkorligi, driblingi va jozibali oʻyin uslubi bilan tanilgan.
Turli ingliz akademiyalarida futbol boʻyicha tahsil olgan Olise 2019-yilda Chempionship ligasidagi Reading klubida professional faoliyatini boshlagan. 2021-yilda uni Angliya Premyer-ligasining Crystal Palace klubi sotib olgan. Olise u yerda uch mavsum oʻynagan va 2024-yilda Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotiga nomzod boʻlgan. Shundan soʻng u 53 million yevro evaziga Bavariya jamoasiga transfer qilingan.
Olise Fransiya yoshlar terma jamosi safida 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan va jamoasi bilan turnirning final bosqichigacha yetib borib, yakunda Ispaniya olimpiyachilariga 3:5 hisobida magʻlub boʻlgan holda kumush medali sohibiga aylangan. 2024-yilning sentyabr oyida esa futbolchi Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
Karyerasi Xammersmitda tugʻilgan Maykl „Arsenal“, „Chelsi“ va „Manchester Siti“ futbol akademiyalarida shugʻullangan. 2016-yilda Reading (futbol klubi) futbol akademiyasining futbolchisiga aylangan. 2019-yil 12-martda u „Lids Yunayted“ga qarshi Chempionship oʻyinida „Reading“ning asosiy jamoasida debyut qilgan. 2020-yil 19-sentabrda u Barnsliga qarshi oʻyinda „Reading“ safidagi ilk golini urgan. Hammasi boʻlib, Olise 2020/21-yilgi mavsumda „Reading“ uchun 44 ta oʻyinda 7 ta gol urgan va Angliya futbol ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga nomzod boʻlgan.
2021-yil 8-iyulda u „Kristal Pelas“ ga oʻtib, klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. 2021-yil 11-sentabrda u yangi klubi uchun debyutini Premer-ligada "Tottenham Hotspur FC" ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va Jordan Ayew oʻrniga maydonga tushgan. 2021-yil 3-oktabrda u „burgutlar“ safidagi ilk golini "Leicester City F.C." ga urgan va Klinton Morrison dan keyin Pelasning Premer-ligadagi eng yosh toʻpurariga aylangan.
2023-yilning avgustida "Chelsea F.C." Olisening 35 million funt sterling miqdoridagi shartnomasini sotib olish variantini faollashtirgan, biroq futbolchi „pensionerlar“ning taklifini rad etgan va „Kristal Pelas“ bilan yangi shartnoma imzolagan.
2024-yilning iyulida u "FC Bayern Munich" ga oʻtib, 2029-yilgacha shartnoma imzolagan. Transfer summasi 45 million funtni tashkil etgan, yana 5 millioni bonuslar koʻrinishida taqdim etilgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2019-yilning iyun oyida u Fransiya U18 terma jamoasi safida ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan.
2022-yilning mart oyida u Fransiya U21 terma jamoasida debyut qilgan.
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi.
Hayoti Angliyada nigeriyalik va fransuz-jazoirlik oilasida tugʻilgan.
Manbalar
Havolalar
Profile at the FC Bayern Munich website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Reading F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Fransiya oldidagi xizmatlari uchun ordeni kavalerlari Turkum:Fransiyaning mahalliylashtirilgan fuqarolari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari