Sohib Ota majmuasi () Turkiyaning Konya shahrida joylashgan tarixiy dafn maskani va diniy majmua. U 1258-1285-yillarda Koʻniya sultonining fors vaziri Sohib Ota tomonidan qurilgan. Bu diniy majmua masjid, maqbara, xonaqoh va hamamdan iborat.
Tarixi Diniy majmua 1258-yilda Saljuqiy turklarining vaziri Sohib ota buyrugʻi bilan qurilganM. Ferit – M. Mesut, Selçuk Veziri Sahip Ata ile Oğullarının Hayat ve Eserleri, Istanbul 1934. Anadoluga moʻgʻullar bosqinidan soʻng saljuqiylar Hulokuiylarga vassal boʻlganidan soʻng, majmua mashhurlikka erishgan. Sohib Ato va uning oilasi majmua maqbarasiga dafn etilgan. Majmua meʼmori Abdulloh ibn Keluk boʻlgan. Kompleksni taʼmirlash 19-asrda amalga oshirilgan. Yakuniy restavratsiyalar 2007-yilda qilingan.
Tavisifi
Masjid thumb|Sohib ota masjidining minorasi Masjid diniy majmuada qurilgan eng birinchi inshootdir. Biroq, masjid 1871-yilda rekonstruksiya qilingan va hozirgi holatga keltirilgan, chunki eski masjid yongʻinda deyarli butunlay vayron boʻlgan. Dastlabki tuzilishdan faqat mehrob va kirish qismigina toʻliq saqlanib qolingan. Masjid tomi yogʻoch toʻsinlar bilan mustahkamlangan, uning shimoliy tomonidagi ayvon orqali ichkariga kiriladi.
Maqbara thumb|Maqbara ichi Maqbarada (turbe) Sohib ota va uning oilasi hoklari dafn etilgan. Uning tepasida gumbaz joylashtirilgan. Maqbara devorlari yerdan taxminan 2,5 metr balandlikkacha yopishtirib chiqilgan feruza rangli olti burchak koshinlar bilan qoplangan. Maqbara masjid yonida, qibla orqasida joylashgan.
Xonaqoh Xonaqoh 1279-yilda qurilgan. Turk soʻfiylari yoki darveshlari uchun asosiy yigʻilish maskanidir. Xonaqohning janubiy tomonida suvoqdan yasalgan mehrob bor.
Hammom Hammom ayollar va erkakalar uchun alohida-alohida qilib qurilgan. Erkaklar hammomi hududning shimoliy qismida, ayollarniki esa janubiy qismda joylashgan. Hamam gumbazlari bilan qoplangan, erkaklar hamomining tepasida ellipssimon gumbaz mavjud[ iqtibos kerak ].
Yana qarang
Turkiyada islom Turbe Turkiyadagi masjidlar roʻyxati Manbalar
Turkum:Turkiyadagi maqbaralar