2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan bu yilgi chim ustida xokkey turniri, yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan 25-chi chim ustida xokkey musobaqasi boʻlgan. Musobaqalar 2024-yil 27-iyuldan 8-avgustgacha boʻlib oʻtgan. Barcha oʻyinlar Fransiyaning Parij shahridagi „Yves-du-Manoir“ stadionida boʻlib oʻtgan.
Gollandiya finalda Germaniya ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, Hindiston esa bronza medaliga sazovor boʻlgan.
Musobaqa jadvali Dastlabki bosqichda oʻyinlar ikki maydonda oʻtkazilgan. GGuruh bosqichi¼Chorak final½Yarim finalBBronza medali uchun kurashFFinal 27-iyul 28-iyul 29-iyul 30-iyul 31-iyul 1-avgust 2-avgust 3-avgust 4-avgust 5-avgust 6-avgust 7-avgust 8-avgustG G G G G G G ¼ ½ B F Musobaqa formati Turnirdagi oʻn ikki jamoa oltitadan ikkita guruhga boʻlingan boʻlib, har bir jamoa dastlab oʻz guruhida aylana boʻyicha oʻyinlarni amalga oshirishgan. Davra bosqich yakuniga koʻra, har bir guruhdan eng yaxshi toʻrtta jamoa chorak finalga yoʻl olgan. Ikki yarim final gʻolibi oltin medal uchun oʻzaro toʻqnash kelgan boʻlsa, yarim finalda magʻlub boʻlgan jamoalar bronza medali uchun oʻzaro kuch sinashgan.
Saralash
Beshta konfederasiyadan boʻlgan Qitʼa chempionlarining har biri avtomatik ravishda Olimpiadaga yoʻllanma olgan. Fransiya mezbon davlat sifatida avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan. Qolgan jamoalar 2024-yilgi Xokkey boʻyicha erkaklar olimpiadasining FIH saralash bosqichida ishtirok etishgan.
Hakamlar 2023-yil 12-sentyabrda FIH tomonidan 14 nafar hakam 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun tayinlangan.
Gabriel Labate (ARG) Irene Presenqui (ARG) Zeke Newman (AUS) Steve Rogers (AUS) Jakub Mejzlík (CZE) Ben Göntgen (GER) Dan Barstow (GBR) Martin Madden (GBR) Sarah Wilson (GBR) Raghu Prasad (IND) Coen van Bunge (NED) Jonas van 't Hek (NED) Gareth Greenfield (NZL) David Tomlinson (NZL) Marcin Grochal (POL) Lim Hong Zhen (SGP) Sean Rapaport (RSA)
Jamoalar
Guruh bosqichi Guruhlardagi jamoalar boʻlinish tartibi 2024-yil 22-yanvarda eʼlon qilingan. Oʻyinlarning oʻtkazilish vaqti esa 2024-yilning 6-martida maʼlum boʻlgan.
Barcha vaqtlar mahalliy Fransiya vaqti bilan berilgan (UTC+2). A guruhi
B guruhi
Hal qiluvchi bosqich
Chorak final
Yrim final
Bronza medali uchun kurash
Oltin medal uchun kurash
Yakuniy natijalar
Toʻp urarlar
Manbalar
Havolalar
Chim ustida xokkey federasiyasi Parij 2024 da
Turkum:2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida chim ustida xokkey Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar bahslari