thumb|Masjid minorasi Al-Muhammadiy masjidi () – Marokashning Kasablanka shahridagi Hubous kvartalida joylashgan katta masjid. U 1935-yilda qurilgan. Uning qurilishiga Sulton Muhammad V homiylik qilgan, shu sababli ham masjid uning nomi bilan atalgan.
Tarixi Masjid qurilishi 1934-yil 30-iyunda boshlangan. U meʼmorlar tomonidan ishlab chiqilgan. Cadet Edmond Brion bilan birga Hubous kvartalidagi boshqa binolarni, jumladan, yaqin atrofdagi al-Yusufiy masjidini (yoki Moulay Youssef masjidi) loyihalashda ishtirok etgan. Sulton 1934-yil avgust oyida meʼmorlar Abad va Bin Umar tomonidan ish olib borilayotgan paytda qurilish maydonchasiga tashrif buyurgan. Masjid 1936-yil 12-iyun kuni Muhammad V ishtirokida rasman ochilgan.
Masjid 2007-yilda restavratsiya qilingan.
Arxitekturasi Bino ga yaqin maydonni egallaydi va u 6000 yoki 8000 tagacha namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Uning dizayni anʼanaviy Marokash islom arxitekturasiga asoslangan. Minorasi Marokash shahridagi Kutubiyya masjidining minorasiga va hovlisi esa Fes shahridagi Qaraviyyin masjidi hovlisiga oʻxshash tarzda yaratilgan.
Yana qarang
Marokashda Islom Marokashdagi masjidlar roʻyxati Manbalar
Turkum:Marokashdagi masjidlar