Muzaffar Tursunxoʻjayev (Музаффар Турсунхўжаев) – paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik koʻzi ojiz suzuvchi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ikki karra bronza medali sovrindori.
Faoliyati 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. Ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan: erkaklar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda (S13) va 100 metrga batterflyay usulida (S13) suzish musobaqalarida. 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan.
2019-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtgan para-suzish boʻyicha jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 50 metrga erkin suzish boʻyicha musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari