Maya Karin Peterson (1980-yil 19-aprel – 2021-yil 16-iyun) – amerikalik tarixchi. Santa Kruzdagi Kaliforniya universitetida tarix boʻyicha professor boʻlib ishlagan. Markaziy Osiyoning ekologik tarixini oʻrgangan.

Peterson 2019-yilda chop etilgan „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin“ kitobi bilan tanilgan. Asarda Orol dengizi fojiasi, xususan, unga sabab boʻlgan sovet va postsovet hukumatlarning siyosatlari haqida hikoya qilinadi. Peterson 2021-yilda 41 yoshida tugʻruq paytida vafot etgan.

Hayoti va faoliyati Maya Karin Peterson 1980-yil 19-aprelda tugʻilgan va Massachusets shtatida ulgʻaygan. Uning ota-onasi Mount Holyoke kollejida professor boʻlib ishlagan. Peterson Swarthmore kollejida tarix boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Garvard universitetidan magistrlik darajasini olgan. 2011-yilda esa ayni taʼlim muassasasida PhD darajasini olgan va universitetning Fan tarixi kafedrasida postdoktorant oʻlaroq faoliyat boshlagan.

2012-yilda Peterson Myunxendagi Rachel Carson atrof-muhit va jamiyat markaziga tashrif buyurgan va izlanishlari davomida u yerga bir necha marta qaytib borgan. Oʻsha yili Peterson Santa Kruzdagi Kaliforniya universitetida dotsent, 2019-yilda esa doimiy professor etib tayinlangan.

Oʻz tadqiqotlari davomida Peterson Markaziy Osiyo boʻylab sayohat qilgan. Oʻz izlanishlari davomida asosiy eʼtiborini Orol dengizidagi oʻzgarishlar, shuningdek, irrigatsiya atrof-muhitga hamda mintaqada yashovchi odamlarning sogʻligʻiga koʻrsatayotgan taʼsirga qaratgan. Petersonning izlanishlari hamkasblari tomonidan keng maqtovga sazovor boʻlgan.

Peterson 2021-yil 16-iyun kuni tugʻruq paytida toʻsatdan vafot etgan.

Manbalar Snoskalar

Adabiyotlar

Havolalar

Legacy.com saytida chop etilgan nekrolog

Turkum:Tugʻruq paytida vafot etganlar