1993-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali – 1993-yil 26-mayda Myunxendagi Olympiastadionda oʻtkazilgan boʻlib, Fransiyaning Marsel klubi va Italiyaning Milan klublari oʻrtasidagi boʻlib oʻtgan oʻyin.
UEFA Chempionlar Ligasi tarixida ikkinchi marotaba oʻtkazilgan guruh bosqichidan soʻng oʻtkazilgan finalda, Kot-dʼIvuarda tugʻilgan Basile Boli 43-daqiqada boshi bilan darvozaga yoʻllagan zarbasi golga aylanadi va oʻyinda yagonaligini saqlab qoladi. Marsel oʻz tarixida ilk bor Yevrokuboklarda gʻolib chiqadi. Fransiyaning Ligue 1 ligaisda ishtirok etuvchi jamoalardan faqatgina Marsel klubi Yevrokuboklarda gʻolib boʻlgan jamoa hisoblanadi. Fransiyaning boshqa ikki klubi, Monaco va PSG 2004 va 2020-yillarda finalgacha chiqishga erishgan. Ammo raqiblariga magʻlub boʻlishgan.
Keyinchalik Marsel va ularning klubi prezidenti Bernard Tapi 1992—1993-yilgi mavsumda kelishilgan oʻyinlar janjaliga aloqador boʻlganligi aniqlangan (bunda Marsel Valenciennesga oʻyinda magʻlubiyatga uchragani uchun pul toʻlagan), bu esa ularni 2-divizionga tushib ketishi va chempionlikdan mahrum boʻlishiga olib kelgan. Shuningdek klub keyingi mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlgan. Klubga nisbatan choralar faqatgina Fransiya doirasida qoʻllangan. 1993-yilgi UEFA Chempionlar ligasi chempionlik unvoni oʻzida saqlab qolgan.
Ushbu final oʻyini Gollandiya futbol afsonasi Marco van Basten uchun Milan safida soʻngisi boʻldi. Oʻyinning 86-daqiqasida golland toʻpigʻidan jiddiy jarohat oladi. Keyibgi 2 yilni jarohatdan tiklanish uchun sarflaydi. Ammo barchasi samarasiz ketadi va 1995-yilda oʻz faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻladi.
Tarix Quyidagi jadvalda 1992-yilgacha Yevropa kubogi finalida ishtirok etgan yillar belgilangan. 1993-yildan boshlab turnir oʻz nomini Chempionlar ligasiga oʻzgartiradi. JamoaOldingi finaldagi ishtiroklar (Qalin yozuv gʻoliblikni anglatadi) Marsell1 (1991) Milan5 (1958, 1963, 1969, 1989, 1990)
Finalgacha yoʻl MarseilleBosqich MilanRaqibUmumiy hisob1-oʻyin2-oʻyinRaqibUmumiy hisob1-oʻyin2-oʻyin Glentoran8:05:0 (M)3:0 (U)Birinchi raund Olimpija Ljubljana7:04:0 (U)3:0 (M) Dinamo București2:00:0 (M)2:0 (U)Ikkinchi raund Slovan Bratislava5:01:0 (M)4:0 (U)RaqibNatijaGuruh bosqichiRaqibNatija Rangers2:2 (M)1-Tur IFK Göteborg4:0 (U) Brugge3:0 (U)2-Tur PSV Eindhoven2:1 (M) SSKA Moskva1:1 (M)3-Tur Porto1:0 (M) SSKA Moskva6:0 (U)4-Tur Porto1:0 (U) Rangers1:1 (U)5-Tur IFK Göteborg1:0 (M) Brugge1:0 (M)6-Tur PSV Eindhoven2:0 (U)"A" guruhi gʻolibiYakun"B" guruhi gʻolibi
Oʻyin
1 Fabien Barthez 2 Jocelyn Angloma 3 Éric Di Meco 4 Basile Boli 5 Franck Sauzée 6 Marcel Desailly 7 Jean-Jacques Eydelie 8 Alen Bokšić 9 Rudi Völler 10 Abedi Pele 11 Didier Deschamps (Jamoa sardori)Zahira: 12 Jean-Christophe Thomas 13 Bernard Casoni 14 Jean-Philippe Durand 15 Jean-Marc Ferreri 16 Pascal OlmetaMurabbiy: Raymond Goethals 1 Sebastiano Rossi 2 Mauro Tassotti 3 Paolo Maldini 4 Demetrio Albertini 5 Alessandro Costacurta 6 Franco Baresi (Jamoa sardori) 7 Gianluigi Lentini 8 Frank Rijkaard 9 Marco van Basten 10 Roberto Donadoni 11 Daniele MassaroZahira: 12 Carlo Cudicini 13 Stefano Nava 14 Stefano Eranio 15 Alberico Evani 16 Jean-Pierre Papin Murabbiy: Fabio Capello
Manbalar
Havolalar 1992–93 season at UEFA website
Turkum:Olympique de Marseille oʻyinlari Turkum:AC Milan oʻyinlari Final 1993