Sovotobod () – Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani tarkibiga kiruvchi qishloq.
Sovotobod qishlogʻida 1 ta maktab bor (38-maktab). Shuningdek, qishloqda 2 ta xususiy bogʻcha bor. Qishloqda 1 ta Qishloq oilaviy poliklinikasi aholiga xizmat qiladi. Xoʻjaligi Asosan paxta va gʻalla ekiladi. Qishloq aholisi tomonidan oʻz tomorqalarida kartoshka, piyoz, makkajoʻxori, kungaboqar pistasi, mosh, loviya va beda kabi madaniy oʻsimlik turlari koʻp ekiladi. Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring ekinlari bozor rastalariga chiqariladi. Qoramolchilik, qoʻychilik va parrandachilik ham yaxshi rivojlangan. Pillachilik ham ancha yaxshi rivojlangan. Tabiati Qishloqdan Janubiy Mirzacho'l kanali oqib oʻtgan. Hududda chiyaboʻri, tipratikan, tulki va dala sichqoni kabi yovvoyi hayvonlar uchraydi.
Manbalar
Turkum:Boyovut tumani