Sarah Margru Kinson (1832-yil – 1854-yil) – G'arbiy Afrikalik oʻqituvchi edi. La Amistaddagi toʻrtta farzandlaridan biri boʻlgan. U Oberlin kollejida tahsil olgan va oʻqituvchi boʻlish uchun G'arbiy Afrikaga qaytgan. U Afrikada tugʻilib, Amerika kollejida tahsil olgan birinchi ayol hisoblanadi.
Hayoti Sarah Margru Kinson 1832-yilda Gʻarbiy Afrikada joylashgan hozirgi Syerra-Leone davlatida yashovchi Mende etnik guruhlariga tegishli oilada tugʻilgan. U kichkina qizchaligi vaqtida qul savdogarlarga sotib yuborilgan va Portugaliyaning Tecora qul kemasida Kubaga joʻnatilgan. 1839-yilda u Afrikaga qochib ketish maqsadida yoʻlga chiqqan toʻrt boladan biri edi. Ular Mendian Jozef Sinke tomonidan boshqarilgan La Amistad kemasida qochib ketadi. Ammo La Amistad kemasi Amerika Qo'shma Shtatlari qirgʻoq qoʻriqlash xizmati tomonidan Konnektikut yaqinidagi New-Londonda qoʻlga tushib qirgʻoqqa olib kelindi. Margru va bortdagi boshqalar New-Havendagi qamoqxonada ushlab turilgan. Bir muddat koʻrgazmaga ham qoʻyilgan va oʻrganilgan. Bugungi kunga qadar ushbu jarayon va ularning huquqiy maqomi boʻyicha sudlar boʻlib oʻtgan. Abolisionist Lewis Tappan Margru va boshqa bolalarni qamoqxonadan uning uy xizmatkori boʻlgan rafiqasi qarorgohiga koʻchirishni tashkil qiladiMerrill, Marlene D. „Sarah Margru Kinson: The Two Worlds of an Amistad Captive“ (a 2003 booklet made for the Oberlin Historical and Improvement Organization)..
1841-yilda Amistad yoʻlovchilari oʻz ishini va erkinligini qoʻlga kiritganlarida, u Konnektikut shtatining Farmington shahrida qolishni istaganlar bilan qoldi. U yerda unga inglizcha „Sara Kinson“ nomi berildi. Guruh hali ham jamoatchilikni qiziqtirayotgan edi va Amerikaning turli shaharlarida oʻz tajribalari haqida taqdimotlar oʻtkazdi. Ular bir necha amerikalik missionerlar bilan birga 1842-yilning yanvarida Fritaun yaqiniga yetib, Gʻarbiy Afrikaga qaytib kelishdi.
Taʼlimi 1842-yilda Amistad kontingenti G'arbiy Afrikaga kelganida Kinson hali yosh bola edi. U Kav Mendida (Komende) yashagan, oʻqish va yozishni oʻrgangan, xristian dinini qabul qilgan va amerikalik missionerlar uchun ishlagan. Lewis Tappanning yordami bilan 1846-yilda Qoʻshma Shtatlariga qaytib keldi va dastlab Oberlindagi Little Red Schoolhouse maktabida, soʻngra Ogayo shtatidagi Oberlin Collegiate institutida oʻqidi. Margru Oberlinda afro-amerikalik qiz Lucy Stanton bilantanishdi va akademik oʻqishi bilan bir qatorda Lucyning kurslarida akkordeon chalishni ham oʻrgandi. Amerika Qo'shma Shtatlarida yashagan ushbu davrida Kinson Nyu-York shahridagi frenolog Orson Squire Fowler tomonidan imtihondan oʻtkazildi.
Karyerasi Kinson 1849-yilda G'arbiy Afrikaga qaytib keldi. Bu safar u Sherbro orolida yangi qizlar maktabining bosh oʻqituvchisi boʻldi. U gʻarb uslubidagi kiyimlar ishlab chiqarish uchun mahalliy ayollardan iborat boʻlgan tikuvchilik jamiyatini tuzdi. Kinson 1852-yilda afrikalik missionerlik oʻqituvchisi Edward Henry Greenga turmushga chiqdi. Ular 1855-yilda oʻzlarining missiya stantsiyalarini ochish uchun mamlakat ichkarisiga koʻchib oʻtishdi, lekin koʻp oʻtmay uning eri missionerlik ishdan boʻshatildi. Bu vaqtdan keyin uning hayoti missiya hisobotlarida yoki yozishmalarida qayd etilmagan.
Xotirasi Kinsonning Ogayo shtatida oʻqigan maktabi hali ham Oberlin Heritage Center tashkiloti nzaoratida va ekskursiyalar uchun ochiq holda turadi. 1997-yilda „Amistad“ filmi namoyish etilganidan soʻng tarixchilar va boshqa olimlar soʻnggi yillarda Kinsonning hayotini koʻproq oʻrgana boshlashdiRoyster, Jacqueline Jones. „Sarah’s Story: Making a Place for Historical Ethnography in Rhetorical Studies“ in C. Jan Swearingen, David S. Kaufer, eds., Rhetoric, the Polis, and the Global Village: Selected Papers from the 1998 Thirtieth Anniversary Rhetorical Society of America Conference (Routledge 1999): 39-51. . Kimberly Jones 1997-yilda Anthony Davis va Thulani Davisning „Amistad“ operasining Margru partiyasini Chicagodagi lirik operada kuyladi. 2004-yilda rassom Carolyn Evans Nyu-Yorkning White Plains shahridagi kutubxonada Margruning suratini chizgan. Monica Edingerning 2013-yilda chop etilgan „Africa is My Home: A Child of the Amistad“ nomli bolalar kitobida bosh qahramon uchun „Magulu“ ismidan foydalangan. Bu ism „Margru“ ismining oʻzgartirilgan versiyasi sifatida koʻpchilik manbalarda eslab oʻtilgan.
Manbalar