Mustaqillikning 25 yilligi yoki GajakKon ilk izlanishlar amalga oshirilganidan boshlab, 2017-yilgacha shu nomda atalgan – Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida joylashgan gaz koni. Kon Boysun shahridan 20 km, „Sherobod-Shoʻrtan“ magistral gaz quvuridan 10 km uzoqlikda joylashgan. 2025-yildan boshlab kon oʻz faoliyatini toʻliq ishga tushirishi rejalashtirilgan. Konning gaz zaxiralari 150 milliard kub metrdan ortiqligi taxmin qilinadi. Ayrim manbalarga koʻra, konning gaz zaxiralari 170 milliard kubometrdir. 2024-yil 1-sentyabr hamda 17-sentyabr kunlari konning 604-sonli quduqda burgʻilash ishlari olib borilishi jarayonida kelib chiqqan texnologik holatning buzilishi tufayli havoga oltingugurt gazi ajrala boshladi. Buning oqibatida 4 kishi halok boʻlgan va yaqin atrofda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan4 nafar kishining halok boʻlishi, 17-sentyabr kuni yuz bergan voqeada sodir boʻlgan .
Konning qurilish ishlari 2019-yil dekabr oyida boshlangan. Qurilishda Gonkongning „Surhan Gas Chemical Operating Company“, Rossiyaning „Eriell Group“, Amerika Qoʻshma Shtatlarining „Halliburton“, National Oilwell Varco, „Baker Hughes“, „Schlumberger“, Kiprning „Altmax Holding“, Birlashgan Qirollik hamda Niderlandiyaning „Royal Dutch Shell“ kompaniyalari ishtirok etgan. Tarixi 1931-yilda oʻzbek olimi N.Toʻrayev Sherobod-Sariqamish doʻngligini xaritaga tushirib, gaz borligini taxmin qilgan. Kon hududida gaz borligi sovet davrida 1933-yili geologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Tadqiqot ishlari 1938-yilgacha olib borilgan. 1941-yildan quduqlarni burgʻilash ishlari boshlangan hamda nosanoat xarakteridagi neftning dastlabki belgilari topilgan. 1974-yili sinov tariqasida quduqlardan neft bilan birgalikda gaz qazib olinib oʻrganilgan. Neft burgʻilash ishlari yakunlangach, 1975-yilda „Oʻzbekneft“ uyushmasi tomonidan bir muddat burgʻilash ishlari olib borilgan. 1976-yildagi izlanishlarga koʻra, kon hududidagi gaz taxminan 150 million yillar oldin Yura davrida shakllangan. Shu bilan birgalikda, konning ayrim quduqlaridagi gazlar paleogen davrida shakllangan. Kondagi gaz miqdorlari „Petronas“ kompaniyasi tomonidan oʻlchangan. Jumladan, 1991-yilda 42,6 milliard kubometr, 2008-yilda 61 milliard kubometr miqdorida gaz zaxiralari aniqlangan. Bundan keyingi davrlarda gaz zaxiralari miqdori boʻyicha boshqa kompaniyalar izlanishlar olib borgan. Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri maʼlumotlariga koʻra, 2015-yil 10-dekabrda „GEU:216047“ raqami bilan „Gajak“ nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtgan. 2017-yilda konning №1-О sonli qudugʻida baholash burgʻulash ishlari olib borilgan. Kon nomi 2017-yilda „Gajak“ nomidan „Mustaqillikning 25 yilligi“ nomiga oʻzgartirilgan. Kon joylashgan investitsion blok „Boysun“ nomidan „Oʻzbekiston mustaqilligi“ nomiga oʻzgargan.
Qurilishi Kon qurilishi 2 bosqichda amalga oshirilib, 1-bosqich, konni oʻzlashtirish, yiliga 5 milliard kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan gazni qayta ishlash zavodini qurish kabi jarayonlarni oʻz ichiga oladi. 2-bosqichda esa, gaz-kimyo majmuasini barpo etish rejalashtirilgan. Gaz-kimyo majmuasini qurish boʻyicha rossiyalik mutaxassislarning oʻrganish ishlari yakuniga koʻra, „Oʻzbekistonda majmuani qurish Rossiyada qurishga nisbatan arzonroq tushadi“ deya xulosaga kelishgan. Kon qurilish ishlarining umumiy qiymati 5,27 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.
2005-yil oktyabr oyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Malayziyaga davlat tashrifi chogʻida „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi va „Petronas“ korporatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va neft-gaz resurslarini birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan. Bitimga muvofiq, 2006-yilda „Petronas“ kompaniyasi 3D seysmik qidiruv ishlari hamda quduqni sinovdan oʻtkazish maqsadida „Oʻzbekneftgaz“ kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzadi. Kompaniya bu ishlar uchun 102 million dollar miqdorida mablagʻ ajratgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-may kunidagi „Petronas korporatsiyasi bilan geologiya-qidiruv ishlari, konlarni qazib chiqarish va obod qilish hamda neft-gaz kimyoni rivojlantirish sohasida hamkorlikni yanada davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-854-sonli qarori qabul qilingan. Kompaniyaning geologiya-qidiruv ishlari 20 million AQSh dollariga baholangan. Kompaniya qidiruv ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach, Oʻzbekiston hukumati bilan mahsulot taqsimoti shartnomasi imzolash rejasi borligini maʼlum qilgan. Biroq, konning geografik jihatdan juda noqulay joylashganligi va kompaniyaning rejalari oʻzgarganligi sabab kompaniya hamkorlik qilishni toʻxtatgan.
2006-yili Saudiya Arabistoniga tegishli boʻlgan „Delta Oil“ kompaniyasi ham kon hududida oʻrganish ishlarini olib boradi. 2011-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov „Delta Oil“ kompaniyasi bilan hamkorlik qilish boʻyicha farmonni imzolaydi. Biroq, joylashuvning geologik jihatdan kompaniya talablariga mos emasligi hamda iqtisodiy jihatdan past rentabellik sabab kompaniya 2013-yilda konni tark etgan.
2017-yil 3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan birga „Mustaqillikning 25 yilligi“ konlarini qayta oʻrganish va ishlab chiqarish hamda „Oʻzbekiston mustaqilligi“ investitsion blokida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilingan.
2019-yil dekabr oyida „Surhan Gas Chemical Operating Company“ kompaniyasi umumiy miqdori 2,9 milliard dollar boʻlgan loyihalash ishlarini boshlagan. Burgʻulash ishlarini esa, „Eriell“ kompaniyasi olib bormoqda. 2021-yilda „Gazprombank“ loyiha uchun 900 million dollar miqdorda mablagʻ ajratgan. Bu boʻyicha VEB.RF korporatsiyasi boshqaruv kengashi aʼzosi Danil Algulyan, „Gazprombank“ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Aleksey Belous va „Surhan Gas Chemical Operating Company“ bosh direktori Andrey Ignatov qoʻshma shartnoma imzolagan.
2019-yil 17-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 503-sonli qaroriga asosan, konning dastlabki qidiruv va konni qazish ishlarini olib borish „Oʻzbekiston mustaqilligi“ investitsiya blokiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim ijro uchun qabul qilingan.
„Surhan Gas Chemical Operating Company“ kompaniyasi direktori Andrey Ignatovning maʼlum qilishicha, qurilish ishlari COVID-19 pandemiyasi davrida ham davom etgan.
2021-yilda pudratchi – „Eriell Group“ kompaniyasi chuqurligi 616 metrgacha boʻlgan 3 ta quduqni ishga tushirdi. 2022-yilda esa, chuqurligi 18035 metr boʻlgan quduq burgʻilangan.
2023-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida ushbu konga tashrif buyurib, qurilish jarayonlari bilan tanishgan. 2023-yil noyabr oyi holatiga koʻra, kondagi 20 ta quduqda burgʻilash ishlari tugallangan. Shundan 11 ta gaz qudugʻi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan. Qurilish ishlarida 7 ming nafardan ortiq ishchilar jalb etilgan.
„Oʻzlitineftgaz“ning maʼlumotlariga koʻra, 2038-yilga kelib konda nominal quvvati 6,0 MVtga teng boʻlgan kuchaytiruvchi kompressor stansiyasi ishga tushiriladi. T/RKompaniya nomiMamlakatiHamkorlik muddatiVazifasi125 px Petronas2006-20082D va 3D seysmik qidiruv ishlari225 pxDelta Oil2006-2013Geologik oʻrganish ishlari325pxSurhan Gas Chemical Operating Company2019-hozirgachaOperator427pxEriell Group2018–hozirgachaBurgʻilash ishlari, bosh pudratchi522pxRoyal Dutch Shell2021–hozirgachaGaz va oltingugurtni qayta ishlash qurilmalarini oʻrnatish650 pxHalliburton2018–hozirgachaGaz qatlamlarini baholash, 3D seysmik qidiruv7Baker Hughes2018–hozirgachaGaz quvurlarini oʻrnatish, 3D seysmik qidiruv830 pxNational Oilwell Varco2021-hozirgachaIntegratsiyalashgan tizimlarni boshqarish930 pxSchlumberger2018–hozirgachaGeologiya-qidiruv ishlari, 3D seysmik qidiruv1027 pxOʻzbekneftgaz2017–hozirgachaKon faoliyatini muvofiqlashtirish1135 pxChina National Petroleum Corporation20193D seysmik qidiruv ishlari12 Enter Engineering2017-hozirgachaInfratuzilma obyektlarini qurish, gazni qayta ishlash zavodini barpo etish, uskunalarni hamkor kompaniyalarga yetkazib berish, pudratchi
Tavsifi
Kon Oʻzbekistondagi eng yirik gaz zaxirasiga ega gaz konlardan biri hisoblanadi. Kon murakkab geologik joylashuvda joylashgan. Dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan. Hisob-kitob natijalariga koʻra, konning boshlangʻich zaxiralari 108,6 milliard kub metrni tashkil etgan. 2025-yil kon toʻliq ishga tushgach, 30 yil davomida uzluksiz bir maromda gaz qazib olinishi aytilgan. Hisob-kitoblarga koʻra, 2076-yilgacha gaz qazib olish rejalashtirilgan. Konda sutkalik gaz oqimi 300 ming kub metrni tashkil etadi. Gaz-kimyo majmuasi ishga tushganidan soʻng, diametri 800 millimetr boʻlgan 9 kilometrdan ortiq gaz quvuri orqali Shoʻrtan-Sherobod magistral gaz tarmogʻiga ulanishi rejalashtirilgan. DeGolyer va MacNaughton xalqaro kompaniyasi tomonidan konda aniqlangan gazda nordon komponentlar mavjudligi, konning yuqori joylashuvi oʻzlashtirish uchun noqulayligi taʼkidlangan. 2024-yil sentyabr oyi holatiga koʻra, kon hududida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan quduqlarda 81,2 milliard kub metr gaz mavjudligi aniqlangan. Konda aniqlangan gazdagi vodorod sulfid miqdori oʻta yuqori, yaʼni 6,15% ni tashkil etgan. Bu koʻrsatgich, Oʻzbekistonning boshqa gaz konlarida, jumladan, „Muborak“ gaz konida 3,8%, „Shoʻrtan“ gaz konida 0,07%, „Gazli“ gaz konida 0,07% ni tashkil etgan boʻlsa, „Ustyurt“ gaz konidagi gaz tarkibida vodorod sulfid aniqlanmagan. Shuningdek, kondagi gaz tarkibida karbonat angidrid gazi ham ancha yuqori, 4,61% ni tashkil qiladi. Bu koʻrsatgich, Oʻzbekistonning boshqa gaz konlarida, jumladan, „Muborak“ gaz konida 4,61%, „Shoʻrtan“ gaz konida 2,9%, „Gazli“ gaz konida 3,1% ni tashkil etgan boʻlsa, „Ustyurt“ gaz konida 1,31% ni tashkil qilgan. Gazning anomal yuqori qatlam bosimi 65 MPa. Kon qurilishining 1-bosqichida har yili 2 milliard kubometr, 2-bosqichida esa 4 milliard kubometr gaz qazib olinib, qayta ishlanadi. Kompaniya Mamlakat UlushiManba Altmax Holding 75% „Oʻzbekneftgaz“ 20% „Gas Project Development Central Asia“ 5%
Mahsulot taqsimoti bitimlari
Malayziya va Oʻzbekiston 2010-yil iyun oyida Malayziyaning „Petronas“ hamda „Oʻzbekneftgaz“ milliy kompaniyalari oʻrtasida „Boysun“ investitsion bloki boʻyicha mahsulot taqsimoti bitimi imzolangan. Bitimga muvofiq, Oʻzbekistonda „Petronas Carigali (Baisun) Operating Company“ kompaniyasi davlat roʻyxatidan oʻtdi. Bitim 35 yil muddat uchun tuzilgan boʻlib, „Petronas“ „Gajak“ konida quduqlarni baholash, shartnoma imzolangandan 6 oy muddat ichida hamkor kompaniyalar bilan bitimlar tuzish, investorlarni jalb qilish, 2D va 3D seysmik qidiruv ishlarni amalga oshirish, 660 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish kabi majburiyatlarni olgan. Bitimga koʻra, har ikkala kompaniya, kondan tushadigan daromadlarni teng 2 ga boʻlgan holda taqsimlaydi. Yillik gaz qazib olish miqdori 700 million kubometr miqdorida belgilangan. 6 oy muddat ichida konsorsiumga Rossiyaning Lukoyl Overseas Holding Ltd, Koreya milliy neft korporatsiyasi (KNOC) va Xitoyning China National Petroleum Corporation kompaniyalari kelib qoʻshilgan. Shuningdek, bitimda gazni qayta ishlash zavodini qurish rejasi mavjud boʻlgan. Zavod orqali 3,5 milliard kub metr miqdorda gaz qayta ishlanib, 672 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 278 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Biroq, 2013-yilda „Petronas“ mahsulot taqsimoti bitimini bekor qilgan. Shu bilan birgalikda, „Boysun“ investitsion bloki bilan mahsulot taqsimoti bitimini tuzishdan birmuncha vaqt oldin Oʻzbekistonning gʻarbidagi „Ustyurt“ investitsion bloki bilan ham mahsulot taqsimoti bitimini tuzgan edi. „Boysun“ investitsion bloki bilan hamkorlikni tugatgach, „Ustyurt“ investitsion bloki bilan ham bitimni bekor qilgan.
Rossiya va Oʻzbekiston