Sam Kahamba Kutesa (1949-yilning 1-fevralda tug‘ilgan) — bir qancha korrupsiya ishlariga aralashgan Ugandalik siyosatchi, tadbirkor va huquqshunos. Kutesa qizi Charlotte Kutesaning Muhoozi bilan turmush qurishi orqali prezident Museveni yaqin doirasiga kirgan. Kutesa 2005-yil 13-yanvardan 2021-yil maygacha Uganda Vazirlar Mahkamasida Tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davrda bo‘lib o‘tgan uchta hukumat qayta tuzilishida ham o‘z lavozimini saqlab qolgan. Shuningdek, Sembabule tumanidagi Mowogola okrugi uchun saylangan parlament a’zosi (deputat) edi. Kutesa 2014-2015-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 69-sessiyasida prezident bo‘lgan.

Hayoti va ta'limi Kutesa Mbarara o‘rta maktabida o‘qigan. Sharqiy Afrika universitetining bir qismi bo‘lgan Makerere institutida huquqshunoslik sohasi bo'yicha bakalavr darajasini egallagan. Shuningdek, Kampaladagi huquqshunoslikni rivojlantirish markazida yuridik amaliyot bo‘yicha aspirantura diplomiga ega. Karyerasi Kutesa 1973-2001-yillarda xususiy korxonalarda huquq amaliyotini o'tagan. 1980-yildan 1985-yilgacha Shimoliy Mbarara saylov okrugi bo‘yicha parlament a’zosi (deputat) va 1985-yildan 1986-yilgacha Bosh prokuror lavozimlarida ishlagan. 1994-1995-yillar oralig‘ida Kutesa 1995-yilgi Uganda Konstitutsiyasini ishlab chiqqan ta’sis Assambleyasida delegat bo‘lib ishlagan. Kutesa 2001-yilda Mawogola okrugidan deputat etib saylangan va 2006-yilgi qayta saylovda yana shu lavozimga qaytadi. Kutesa 2001-yildan 2005-yilgacha investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri bo‘lgan. Prezident Yoweri Museveni 2005-yilda James Wapakhabulo vafotidan keyin Sam Kutesani tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Shuningdek, Kutesa Milliy qarshilik harakati siyosiy partiyasining a’zosi ham bo'lgan.

Korrupsion holatlar 2011-yilda Kutesa parlament tekshiruvida Irlandiyaning „Tullow Oil“ neft kompaniyasidan pora olishda ayblangan. Uganda parlamentining boshqa ayblanuvchilar bilan birga iste’foga chiqish haqidagi chaqiriqlariga qaramay, advokat Severino Twinobusingye Bosh prokurorni suddan ijobiy da'vo bilan chiqishini, sud muhokamasini to‘xtatilishini va iste’foga chiqish haqidagi chaqiriqlarni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. „Tullow Oil“ kompaniyasining „Heritage Oil“ bilan Uganda aktivlariga solinadigan soliq bo‘yicha sud ishi natijasida voqea haqidagi boshqa shubhalardan so‘ng, korrupsiya haqidagi da’volarni qayta tekshirish uchun parlament chaqiriladi.

2018-yil 5-dekabrda Nyu-Yorkdagi federal hakamlar hay’ati Chi Ping Patrick Ho ni Ugandaning yuqori martabali amaldorlari Sam Kutesa va Yoweri Museveniga pora berishda aybdor deb topdi. 2016-yil may oyida Ho va „CEFC“ China rahbarlari Kampalaga tashrif buyurishdi. Ketishdan oldin Ho Kutesa tomonidan taqdim etilgan hisobga 500 000 dollar o‘tkazilishini taminlab berdi. Ho to‘lovlarni Kutesa va Museveniga o‘zlarining rasmiy hokimiyatlaridagi ustunliklarini „CEFC“ Xitoyga yo‘naltirish yo'lidagi ta'sir uchun mo‘ljallagan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Afrika Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining oltmish to‘qqizinchi sessiyasiga raislik qilishi kerakligi sababli, Afrika Ittifoqi Ijroiya Kengashi Kamerun tashqi ishlar vaziri bo'lgan Pierre Moukoko Mbonjo iste’foga chiqqanidan keyin Kutesani bir ovozdan o‘z nomzodi sifatida tanladi. Kutesaning nomzodi 2013-yil may oyida Jazoirning Jazoir shahrida bo‘lib o‘tgan „Non-Aligned“ harakatining 17-vazirlar yig‘ilishida bir ovozdan ma’qullangan. Kutesa 2014-yil 11-iyunda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan rasman saylangan.

Kutesa 2014-yilda Ugandada gomoseksuallikka qarshi qonunni himoya qilganligi sababli, inson huquqlari tashkilotlari uning BMTdagi prezidentlik pozitsiyasi, BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mujassamlangan qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlamayotganini his qilishdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi John Kerry BMTdan Kutesaning vizasini bekor qilishni va shu bilan uni Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi prezidenti lavozimini egallashga to‘sqinlik qilishni so‘radi. Change.org saytida 15 000 dan ortiq imzo to‘plagan petitsiya, „Black Star“ gazetasi yangiliklar muharriri ugandalik Milton Allimadi tomonidan yozilgan. U Kutesaning Ugandadagi geylarga qarshi qonun loyihasini va korrupsiya haqidagi ayblovlarni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi. Noroziliklar va petitsiyalarga qaramay, Kutesa prezident bo'ldi. Manbalar

Havolalar 2006 UN General Assembly Address Full Cabinet List, May 2011 FCPA-Uganda-Chad Prison Fine Bribery Brief Profile

Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidentlari

Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar