Zarif Ereshov (Ereshev; ; 1979-yil 28-iyunda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida maydonda harakat qilgan. Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan.
Biografiya
Faoliyatining dastlabki davrlarida „Jeyxun“ (Turkmanobod) va „Nebitchi“ (Balqonobod) klublarida oʻynagan. 2000-yilda „Nebitchi“ jamoasi tarkibida Turkmaniston chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan va Osiyo Kubogi egalari kubogi oʻyinlarida ishtiurok etganI volki siti, i ovsi seli. 2001-yilda Zarif Ashxobodning „Kopetdogʻ“ klubiga koʻchib oʻtgfan va bu klub bilan yana chempionatning kumush medali sovrindori, shuningdek, mamlakat kubogi (2001) gʻolibiga boʻlgan. 2002-yilda Turkmanobod klubiga qaytgan. Jamoa bu davrda Qoraqum nomiga oʻzgargan xolda ishtirok etgan Mavsum soʻngida Zarif chempionat va mamlakat kubogida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2003-yilda u „Nebitchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va jamoa bilan mamlakat chempionatining chempioni (2004), kumush (2003) va bronza (2005) sovrindori boʻlgan, shuningdek, ikki marta Turkmaniston kubogini qoʻlga kiritgan (2003, 2004). 2005-yil oxirida u mamlakatning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida tan olinganV Turkmenii luchshim futbolistom 2005 goda priznan Chonkaev. 2006-yilgi mavsum yakunida Ereshov Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan Oʻzbekistonning „Nasaf“ (Qarshi) klubiga oʻtgan, biroq bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazgan. Faoliyati yakunida yana „Nebitchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan va 2007-yilgi mavsumda Turkmaniston chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Turkmaniston terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazgan. 2000-yil 8-oktyabrda Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:3) dastlabki 67 daqiqani maydonda oʻtkazgan.
Manbalar
Havolalar Zarif Ereshov Footballfactsru saytida Zarif Ereshov NFT saytida
Turkum:28-iyunda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bagtiyarliq-Lebap FK futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FC Marv futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar