Artur Asilbekovich Beterbiyev (Chechencha: Beterbiev Asilbekan Artur; ruscha: Artur Asilbekovich Beterbiev, 1985-yil 21-yanvarda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan hozirda Kanada sharafini himoya qilayotgan professional bokschi. Artur 2017-yildan beri Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari, 2019-yildan Jahon boks kengashi (WBC) kamari, 2022-yildan Jahon boks tashkiloti (WBO) jahon chempionlik kamari va 2024-yildan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Ring jurnali kamarlariga ega boʻlgan yarim ogʻir vazn toifasida mutloq jahon chempioni hisoblanadi.

Havaskor sifatida Beterbiyev 2007-yilgi jahon chempionatida kumush, 2008-yilgi jahon chempionatida va 2009-yilgi jahon chempionatida oltin, shuningdek, 2006-2010-yillardagi Yevropa chempionatlarida yarim ogʻir vazn vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bokschi 2012-yilgi Olimpiadada ogʻir vazn toifasida chorak finalga chiqdi.

Hozirda Beterbiyev The Ring, ESPN, Transmilliy boks reytinglar kengashi (TBRB) va BoxRec tomonidan dunyoning eng yaxshi yarim ogʻir vazn toifasi jangchisi sifatida reytingda belgilangan.

Beterbiyev, ayniqsa, oʻzining ajoyib zarba kuchi bilan mashhur boʻlib, 2013-yilda debyut qilganidan beri oʻzining 21 ta professional jangidan 20 tasida nokaut orqali gʻalaba qozonganIdec, Keith (23 December 2016). „Beterbiev Stops Prieto in First Round to Keep KO Streak Intact“. BoxingScene. Retrieved 24 December 2016..

Havaskor boksdagi faoliyati Beterbiyev oʻzining havaskor faoliyatida yarim ogʻir va ogʻir vazn toifasida janglarda ishtirok etgan. U 2006-yilda havaskor boks boʻyicha Yevropa chempionatida Kenneth Egan va Ismoil Sillakhni magʻlub etib, gʻolib chiqdi. U Egor Mekhontsevni magʻlub etdi, ammo 2006-yilda ikki karra jahon chempioni Evgeny Makarenkoga yutqazdi. 2007-yilda u yarim finalda yarim ogʻir vazn toifasida boʻlajak mutloq chempion Sergey Kovalevni magʻlub etdi va yakunda finalda Evgeny Makarenkoni magʻlub etib, jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Jahon chempionati finalida u oʻzbekistonlik Abbos Atoyev bilan toʻqnash keldi, ammo kutilmaganda magʻlub boʻldi.

2008-yilgi Olimpiadada bokschi Kennedy Katendeni 15:3 hisobida magʻlub etdi, keyin 1/8 finalda keyinchalik musobaqa oltin medalini qoʻlga kiritgan mahalliy bokschi Chjan Syaopinga bahsli tarzda yutqazib qoʻyadi. 2009-yilgi jahon chempionatida kubalik yosh Jose Larduet va oʻzbekistonlik Elshod Rasulovni magʻlub etib, yarim ogʻir vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

2011-yilgi jahon chempionatining chorak finalda yakunda musobaqa gʻolibiga aylangan Oleksandr Usykga 13:17 hisobida yutqazdi. 2012-yilgi Olimpiadada Michael Hunterni magʻlub etdi, ammo yana Usikka 13-17 hisobida yutqazdi. Ularning ikkalasi ham oʻsha paytda ogʻir vazn toifasida janglarda ishtirok etar edi.

Beterbiyev havaskor boksda 300 dan ortiq janglarda qatnashganVse, chto nujno znat o titulnom boe Artur Beterbiev — Entoni Yard 28 yanvarya 2023 goda.

Professional faoliyati Faoliyatining boshlanishi Artur professional faoliyatini davom ettirish uchun Monrealga koʻchib oʻtdi. Chechen professional debyutini 2013-yil 8-iyulda Bell Centreda Christian Cruzga qarshi oʻtkazdi va ikkinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalabani qoʻlga kiritdi. Beterbiyev Jan Pascalning Lucian Butega qarshi jangi anderkartida Gabriel Lecrosnie bilan jang qildi va toʻrtinchi raundda texnik nokaut bilan gʻolib boʻldi.

Mutloq yarim ogʻir vazn toifasi chempionligi Beterbiyev vs Bivol Beterbiyev 2024-yil 1-iyun kuni yarim ogʻir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol bilan bahs olib borishi kutilgan edi. Beterbiyev mashgʻulotlarda jarohat olgandan soʻng 3-may kuni jangni bekor qilishga majbur boʻldi. Malik Zinad 1-iyun kungi Bivol jangiga Beterbiyevning oʻrnini bosuvchi jangchi sifatida tanlandi, agar Bivol Zinadni magʻlub etsa, Beterbiyev va Bivol oʻrtasida jang boʻlishini rejalashtirib olishdi. Bivol oʻz kamarini nokaut bilan muvaffaqiyatli himoya qilgach, Beterbiev va Bivol oʻrtasidagi jang 2024-yil 12-oktyabrda oʻtkazilishi rejalashtirildi. Jang Beterbiyevning bahsli gʻalabasi bilan yakunlandi.

Shaxsiy hayoti Beterbiyev Dogʻistonning Xasavyurt shahrida tugʻilgan va chechen millatiga mansubArtur Beterbiev: „Ya ne dagestanes i ne russkiy, a chechenes“„Ya chechenes, ne dagestanes“. Beterbiev popravil angliyskogo reportyora.

Hozirda bokschi Monrealda (Kvebek) istiqomat qiladi va Kanada fuqaroligini oldi. Beterbiyev musulmon. Hozirda uylangan va toʻrt farzandi bor.

Manbalar

Havolalar Artur Beterbiev — Profile, News Archive & Current Rankings at Live Box. Live

Amateur results

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Boks boʻyicha Rossiya chempionlari Turkum:Boks boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Rossiyalik erkak bokschilar Turkum:Xasavyurtlik sportchilar Turkum:Rossiyalik musulmonlar Turkum:Chechen millatiga mansub rossiyaliklar Turkum:Rossiya olimpiya bokschilari Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschilar Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschilar Turkum:21-asr rossiyalik sportchilari Turkum:Ogʻir vaznli bokschilar