Abu Jaʼfar al-Mansur ibn al-Fadl al-Mustarshid billoh (), ar-Rashid billoh () shoh nomi bilan mashhur (1109–1138-yil 6-iyun), 1135–1136-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi. 1135-yilda otasi al-Mustarshidning oʻrniga xalifalik taxtiga oʻtirgan. 1135-yildan to 1136-yil 17-avgust sanasida Bagʻdod aholisi unga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargunga qadar 1 yil davomida hukmronlik qilgan.

Hayoti thumb| Ar-Rashidning otasi al-Mustarshid billohning vafoti. Xalifa 1135-yilda oʻldirilgan.|left Ar-Rashid billoh xalifa al-Mustarshid va uning iroqlik Xushf ismli kanizagining oʻgʻli boʻlgan. Toʻliq ismi Mansur ibn al-Fajl al-Mustarshid, kunyasi Abu Jaʼfar. Otasi al-Mustarshid tomonidan xalifalik taxtiga merosxoʻr etib tayinlangan. Shahzoda sifatida ar-Rashid umrini muhtasham Bagʻdod shahrida oʻtkazgan. Uning nomi Bagʻdod tangalarida, shuningdek, xalifa bilan birga saljuqiylar tangalarida ham zarb qilingan. 1135-yilda otasi sirli ravishda oʻldirilganidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan.

Otasi al-Mustarshid singari ar-Rashid ham saljuqiy turklardan (harbiy jihatdan) mustaqillikka erishish uchun muvaffaqiyatsiz urinishlarni amalga oshirgan. U otasining oʻlimi uchun qasos olish maqsadida sulton Gʻiyoddin Mas’udning elchisini haqorat qilgan, undan katta boylik talab qilgan va olomonni sultonning saroyini talon-taroj qilishga undagan. Bu ishlarda uni Imomuddin Zangiy qoʻllab-quvvatlab turgan. Elchisi Dubay ibn Sadaqaning oʻldirilganini eshitgan sulton Mas’ud shoshilinch tarzda poytaxtga borib, shaharni qamal qilgan. Daryo va kanallar orqali yaxshi himoyaga ega boʻlgan Bagʻdod dastlab hujumga qarshilik koʻrsatgan, biroq keyinchalik keskin vaziyatdan umidsizlikka tushgan xalifa va Zangiy Mosulga qochib ketgan. Sulton hokimiyati qayta tiklanib, kengash oʻtkazilgan, xalifa taxtdan olingan va uning amakisi al-Muqtafiy hokimiyatga yangi xalifa etib tayinlangan.

Oʻlimi Ar-Rashid Isfahonga qochib ketgan va u yerda 1138-yilning iyun oyida 4 ta Nizoriy ismoiliy qotillar tomonidan oʻldirilgan. Uning oʻlimi Alamutda 1 hafta davomida nishonlangan.

Manbalar

Turkum:Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari Turkum:Taxtdan tushirilgan monarxlar Turkum:XII asr Abbosiy xalifalari Turkum:1138-yilda vafot etganlar Turkum:1109-yilda tugʻilganlar