Fábio Virjinio de Lima ()(1993-yil 30-iyun Araçagida tugʻilgan) – professional futbolchi, BAA Pro-ligasining „ Al Vasl“ klubida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan, Birlashgan Arab Amirliklari futbol terma jamoasi tarkibida oʻynaydi.

Klub karyerasi Lima Braziliyaning 2-darajali ligasi ishtirokchisi „Atletiko Goianiense“ klubi bilan 2012-yilda shartnoma imzolagan. 2013-yilgi mavsumda Braziliya A Seriyasining „Vasko da Gama“ klubiga ijaraga berilgan va 1 ta oʻyinda ishtirok etgan.

2014-yilning 21-iyulida Lima bosh murabbiy Jorginyo tavsiyasiga koʻra BAA ligasi ishtirokchisi „Al Vasl“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Bu jamoada Fábio dastlabki mavsumidayoq asosiy oʻyinchilardan biriga boʻlgan va ketma-ket uch mavsum mavsum yakunida chempionat toʻpurarlari uchligidan joy olgan.

2018-yilning may oyida u klub bilan toʻrt yillik muddatga yangi shartnoma imzolagan.

Xalqaro martaba De Lima Braziliya terma jamoasida oʻynamagan va BAA terma jamoasida oʻynashi mumkin edi, chunki u 2020 yilning fevralida BAA fuqaroligini olgan. 2020-yil 12-oktabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi safida Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Fábioning debyut oʻyinida BAA terma jamoasi 1-2 hisobida Oʻzbekistonga magʻlub boʻlgan. De Lima futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati saralash oʻyinlarida qatnashib, Malayziya (4:0) va Indoneziya (5:0)[https://int.soccerway.com/matches/2021/06/11/asia/wc-qualifying-asia/indonesia/united-arab-emirates/3079409/ Indonesia vs. UAE 0 – 5 terma jamoalari bilan oʻyinlarda dubl qayd etgan.

2024-yil yanvar oyida Fabio BAA terma jamoasi tarkibida 2023-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan. Turnirda BAA terma jamoasi 1/8 finalga qadar yetib borgan va Tojikiston terma jamoasiga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.

Faoliyat statistikasi Klub

JamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarIcasa2011Série B11000––80190Atlético Goianiense2012Série B0022––3052201310500–––10520148240––153275Jami1876200001834212Vasco da Gama2013Série A1010––0020Al Wasl2014–15UPL24161161––31182015–1626202177––35282016–1726252274––35312017–182119428442–37272018–1919133261314035172019–2019122377–3231242020–2123222011––26232021–221022241––1752022–2325194121––30212023–2425175365––36252024–25420000––42Jami221167271754327372316221Umumiy faoliyat2511743419543273335379233

Terma jamoa № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musoboqa1 2021-yil 29-mart Zabeel Stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 5–0 6–0 Oʻrtoqlik uchrashuvi2 2021-yil 3-iyun 2–0 4–0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi3 4–04 2021-yil 7-iyun 2–0 3–15 2021-yil 11-iyun 2–0 5–06 4–07 2022-yil 19-noyabr Al Nahyan stadioni, Abu Dhabi, Birlashgan Arab Amirliklari 1–0 2–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi8 2–19 2023-yil 13-yanvar Al-Minaa olimpiya stadioni, Basra, Iroq 1–0 1–1 25-Arab koʻrfazi kubogi10 2023-yil 16-noyabr Al-Maktoum stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 4–0 4–0 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi11 2024-yil 26-mart Shahzoda Saud bin Jalaviy sport stadioni, Xubar, Saudiya Arabistoni 1–0 3–012 2–0

Yutuqlar Al Vasl

BAA Prezidenti kubogi sohibi: 2023-24

Bahsli holatlar 2015-yilgi mavsumning 7-aprel kuni BAAning OAVlari Fábioni BAA oliy dvizionida Oʻzbekiston fuqarosi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi haqida maʼlumot berishgan. Maʼlumotga koʻra, Fábio de Lima nomiga berilgan berilgan Oʻzbekiston fuqarolik pasporti Toshkent shahar, Hamza tumani IIB tomonidan 2013-yilda berilgan koʻrsatilgan. Bu holat Oʻzbekiston OAVlarida ham keng yoritilgan. Taniqli futbol mutaxassislaridan biri, 2012—2017-yillarda Birlashgan Arab Amirliklari futbol tizimida faoliyat olib borgan Alisher Nikimbayevni taʼkidlashicha pasport soxta boʻlgan:

2020-yil fevral oyida Lima Amirlik fuqaroligini olgan. BAA terma jamoasida 4 yildan beri oʻynab kelayotgan futbolchi 2024-yil 15-oktyabrda, 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Oʻzbekistonga qarshi uchrashuvga BAA terma jamoasi tarkibida kelmagan. Uning bu oʻyinga tashrif buyurmasligi soxta pasport ishi bilan bogʻliqligi taxmin qilinadi.

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Fábio de Lima Transfermarkt saytida

Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari erkak futbolchilari Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Atlético Clube Goianiense futbolchilari Turkum:CR Vasco da Gama futbolchilari Turkum:Associação Desportiva Recreativa e Cultural Icasa futbolchilari Turkum:Al Vasl F.C. futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar