Adilson dos Santos (1976-yil 12-may, Aracaju, Sergipe, Braziliya) – Adi yoki Adilson, Janubiy Koreyaning K League Classic tarkibidagi FC Seoul klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq braziliyalik futbolchi. Adilson Seulda shunchalik yaxshi taassurot qoldirganki, futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng ham klubda murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritdi.
Klubdagi faoliyati Adilson oʻzining professional faoliyatini Apucarana Atletico Clube safida boshlagan va 1998-yilga kelib u Parana shtati chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb hisoblangan.
Keyingi yil Adilson Serbiyaning Red Star Belgrade klubiga oʻtdi va 1998—1999 yilgi mavsumda Yugoslaviya Federativ Respublikasining Oliy ligasida 11 ta oʻyinda maydonga tushdi.
1999-yilda Adilson Real Betis klubi bilan shartnoma imzoladi, lekin birorta rasmiy uchrashuv oʻtkazmasdan Sevilya klubiga oʻtdi. Biroq, Sevilya klubi transfer haqini toʻlash uchun yetarli mablagʻga ega boʻlmaganligi sababli Real Betis Sevilyaga qarshi shikoyat kiritdi, lekin Adilsonga Sevilya klubida safida oʻynashga ruxsat berilmadi. Toʻlov masalasi hal etilganidan soʻng ham, Adilson Sevilya safida oʻynamadi chunki u juda yosh oʻyinchi deb topilgani va klub quyi ligaga tushib ketush xavfi ostida edi. Natijada, Adilson klubning B jamoasida tarkibida oʻynashga majbur boʻldi.
2001-yilda Adilson Xitoyning ulkan klubi Dalian Shidega oʻtdi. Adilson bu klubda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Adilson bir marta Osiyo chempioni, toʻrt marta Xitoy chempioni, shuningdek, ikki marta Xitoy Kubogi gʻolibi boʻldi.
Adilson 2006-yilning mart oyida Janubiy Koreyaning K League Classic chempionatida ishtirok etuvchi Seul FK klubiga oʻtdi.
Adilson 2007, 2008 va 2010-yillarda K-Liganing eng yaxshi oʻn ta futbolchisi tarkibiga kiritilgan. Adilson bir qator ajoyib natijalardan soʻng K-Liganing eng sara himoyachisi sifatida eʼtirof etildi.
Adilson 2014-yilning 29-yanvarida FC Seoul klubida futbolchilik faoliyatini yakunladi va shu klubga murabbiy yordamchisi etib tayinlandi.
Statistikasi
Klub 2013-yil 3-dekabr holatiga koʻra KlubMavsumK League ClassicKFA kubogiLiga kubogiQitʼaviyUmumiyIshtGolAssistIshtGolAssistishtGolAssistIshtGolAssistIshtGolAssistFC Seul2006251000–902–––34122007241030–1211–––39212008283110–600–––35312009242110–41090–38312010244020–711–––33512011300131–00090–41112012381310–––––39132013333210––111–4542FC Seul tarkibida jami226158121–3834291–3052012
Yutuqlari
Paraná klubi
Paranaense chempionatining gʻolibi: 1997
Red Star Belgrade
FR Yugoslaviya kubogi gʻolibi: 1998-99
Dalian Shide
Xitoy Jia-A ligasi gʻoliblari (3): 2000, 2001, 2002 Xitoy Super Ligasining gʻoliblari (1): 2005 Xitoy FA kubokining gʻoliblari (2): 2001, 2005 Xitoy futbolining Superkubok gʻoliblari (2): 2000, 2002 AFC Osiyo kubogi egalari kubogi 2-oʻrin: 2000—2001
FC Seul
K-liganing gʻoliblari (2): 2010, 2012 K Liga 2-oʻrin (1): 2008 Ligada kubok gʻoliblari (2): 2006, 2010 Ligiya kubogi 2-oʻrin (1): 2007 AFC chempionlar ligasi 2-oʻrin(1): 2013
Shaxsiy
K Liga eng yaxshi XI (5): 2007, 2008, 2010, 2012, 2013
Manbalar
Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:K liga 1 futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:FC Seoul futbolchilari Turkum:Dalian Shide F.C. futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar