Leonardo Julián Balerdi Rosa (1999-yil 26-yanvar, Villa Mercedes, Argentina) – argentinalik professional futbolchi, Ligue 1da ishtirok etuvchi Olympique de Marseille klubi va Argentina terma jamoasi tarkibida markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

Boca Juniors Balerdi 2018-yil 27-avgustda Argentina Primera divizionda ishtirok etuvchi Boca Juniors klubi safida Club Atlético Huracánga qarshi oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazdi. Boca Juniors safida maydonga 5 ta uchrashuvda ishtirok etgan va jami 450 daqiqa maydonda oʻynaganiga qaramay, uning oʻyinlari Argentina futbolini larzaga keltirdi va u tez orada Argentinaning eng istiqbolli himoyachisi sifatida tan olindi.

Borussia Dortmund 2019-yil yanvarida Balerdi Borussia Dortmund klubi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma tuzishga rozilik berdi. Argentinaning bir qancha sport nashrlarining xabarlariga koʻra, Dortmund markaziy himoyachi uchun 15 million yevro toʻlashga rozi boʻlgan. Kelishilgan qoʻshimcha shartlar tufayli yana 2 million yevro toʻlanishi mumkin.

Balerdi 2019-yil 7-dekabrda Fortuna Düsseldorf klubiga qarshi uchrashuvda Dortmund va Bundesligadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Balerdi 78-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bir nechta zaxira oʻyinlaridan soʻng, Balerdi 2019—2020 yilgi Bundesligadagi mavsumining soʻnggi uchrashuvida 1899 Hoffenheim klubiga qarshi ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Dortmund 4:0 hisobida yutqazayotgan paytda, Balerdi 65-daqiqada almashtirildi.

Marsiliya 2020-yil iyulda Balerdi Olympique de Marseille klubi bilan bir yillik ijara shartnomasini imzoladi. Shartnomada 15 million yevroga sotib olish imkoniyati ham koʻzda tutilgan edi. Balerdi 2021-yil 3-iyulda Marseille klubiga oʻtdi va klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Balerdi Argentina va Italiya fuqaroligiga ega boʻlsa-da, u oʻzi tugʻilgan joyni yaʼni Argentina milliy terma jamoasi safida oʻynashni afzal koʻrdi. Balerdi Argentina milliy terma jamoasi safida 2019-yil 10-sentyabr kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi va 83-daqiqada Lucas Quartaning oʻrniga maydonga tushdi.

Statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaviyBoshqaUmumiyDivisionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolBoca Juniors2018–2019Argentin Primera División500000—50Borussia Dortmund II2018–2019Regionalliga West41———412019–202080———80Umumiy121000000121Borussiya Dortmund2019–2020Bundesliga700010—80Marseille (ijara)2020–2021Ligue 1212103000252Olympique de Marseille2021–2022Ligue 11703040—2402022–20233503061—4412023–202427220130—4222024–20258000——80Marseille jami108490261001435Jami132590271001686

Xalqaro

+Milliy Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollarMilliy terma jamoaYilIshtGolArgentina201920202430Umumiy50

Yutuqlari Balerdi 2018-yilning 27-avgustida Argentinaning Birinchi divizionida ishtirok etuvchi Boca Juniors tarkibida Club Atlético Huracánga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻzining debyutini oʻtkazdi. Boka Juniors safida atigi 5 marta, jami 450 daqiqa maydonda toʻp surgan boʻlsa-da, Balerdining oʻyinlari Argentina futboli muxlislarini lol qoldirgan, tez orada mamlakatning eng istiqbolli himoyachisi sifatida tan olingan.

Copa Libertadoresning ikkinchi oʻrin: 2018

Marseille

Trophée des Champions ikkinchi oʻrin: 2020

Argentina U17

Janubiy Amerika U-20 chempionatining ikkinchi oʻrin: 2019

Manbalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Fransiyadagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund II futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Boca Juniors futbolchilari Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar