Balj ibn Bishr al-Qushayriy () (742-yil avgust oyida vafot etgan) – Umaviylar xalifaligining Magʻrib (Shimoliy Afrika) va al-Andalusdagi (Iberiya) harbiy qoʻmondoni. 742-yildan boshlab to vafotiga qadar qisqa muddat davomida Al-Andalus hokimi boʻlgan. Balj Havozin qabilasining Banu Qushayr tarmogʻidan boʻlib, Umaviylar xalifasi Hishom tomonidan Ifriqiyaga hokim etib tayinlangan Kulsum ibn Iyod al-Qushayriyning jiyani edi. 741-yilda amakisining qoʻmondonligi ostida Shimoliy Afrikada Berberlar qoʻzgʻoloniga qarshi harbiy yurishda otliq askarlarga boshchilik qilgan. Kulsum Damashq, Iordaniya, Qinnasrin, Hims, Falastin va Misrdagi qoʻshinlardan (jundlardan) kelgan 30 000 arab armiyasini boshqargan.
Solnomachi Ibn al-Xotamning rivoyat qilishicha, Balj ibn Bishr jangda Ifriqiyaning boʻlajak hukmdori Abdurahmon ibn Habib al-Fihriy tomonidan oʻldirilgan. Ibn al-Xotam Abdurahmon ibn Habib al-Fixriyni Andalusiyaning qadimgi Narbonne shahri hokimi Abdurahmon ibn Alqama al-Laxmiy bilan aralashtirib yuborgan boʻlishi mumkin, chunki boshqa manbalarda aynan al-Laxmiyning qoʻshini parchalanib ketayotib, jang shiddatli tus olgan vaqtda Suriya otliq askarlari orasidan Baljni topib, unga nayzasi bilan zarba berganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilganAl-Maqqari, p.42.
Manbalar
Adabiyotlar Al-Maqqari, trans. 1840-43, The History of the Mohammedan dynasties in Spain, v.2, London: Royal Asiatic Society. Kennedy, Hugh (1996) Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus, New York and London: Longman. Lévi-Provençal, E. (1950) Histoire de l’Espagne musulmane, Tome 1, 1999 ed., Paris: Larose. Mercier, E. (1888) Histoire de l’Afrique septentrionale, v. 1, Paris: Leroux. Repr. Elibron Classics, 2005. Taha, Abd al-Wahid Dhannun (1989) The Muslim conquest and settlement of North Africa and Spain, London, Routledge.
Turkum:Ifriqiyadagi Umaviylar hokimlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:742-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Al-Andalusdagi Umaviylar hokimlari