Mahkam Mahmudov (1940-yil, 5-dekabr, Qadim qishlogʻi, Asaka tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2024-yil 13-dekabr, Oʻzbekiston) – shoir, yozuvchi va adabiyotshunos. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. „El-yurt hurmati“ ordeni sohibi

Biografiyasi Mahkam Mahmudov 1940-yil 5-dekabrda Andijon viloyati, Asaka tumanining Qadim qishlogʻida tavallud topgan. Dastlab oʻrta maʼlumotni 1947—1957-yillarda Andijon shahrida joylashgan Muqimiy nomidagi maktabda olgach, 1957—1962-yillarda Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan. 1960-yildan boshlab gazeta va jurnal tahririyatlari hamda nashriyotlarda ishlab keladi. Muloqot jurnalida adabiy xodim sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Mahmudov „Movarounnahr yulduzi“, „Bibixonim“, „Men – men emasman“, „Teskari koʻzlar sayyorasi“, „Shohlar malikasi“, „Movarounnahr yulduzi“, „Sulton Mahmud Gʻaznaviy“, „Boysungʻur ibn Shohruh“, „Imom Zayniddin Gʻazzoliy“, „Sirli qasr“, „Mangu kuy izlab“ „Teskari koʻzlar sayyorasi“, singari asarlar yozgan.

Vafoti Mahkam Mahmudov 2024-yil 13-dekabrda 84 yoshida vafot etgan.

Mukofotlari „El-yurt hurmati“ ordeni (19988-yil)

Manbalar

Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:Asaka tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:Andijon viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari