Qirolicha Arva saroyi (arabcha: قَصْر ٱلْمَلِكَة ٱلْحُرَّة, soʻzma-soʻz tarjimasi: „Oliyjanob Qirolicha saroyi“) XI asrda hukmronlik qilgan Yaman qirolichasi Arva as-Sulahiyning qarorgohi boʻlgan. U Jibla shahrida joylashgan. Bugungi kunda saroy vayrona holatga kelib qolgan boʻlsa-da, uni tiklash uchun harakatlar olib borilmoqda. Madaniyat vazirligining tarixiy shaharlarni saqlash boʻyicha bosh tashkilotining YUNESKOga taqdim etilgan hisobotiga koʻra, qirolicha saroyi oʻz vaqtida 365 ta xonadan iborat boʻlgan.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Yamanning Jibla shahridagi qirolicha Arva al-Sulayhiy saroyi

Turkum:11-asr arxitekturasi