Aviatsiya tarixi ikki ming yildan ortiq davrni oʻz ichiga qamrab oladi. Dastlabki ixtirolar varrak yasash va minoradan sakrash kabi urinishlardan boshlangan boʻlsa, bugungi kunda kuchli reaktiv samolyotlarda parvozlar amalga oshirilmoqda. Xitoyda varrak uchirishning tarixi miloddan avvalgi bir necha yuz yillarga borib taqaladi va u insoniyat tomonidan yaratilgan ilk uchish texnologiyasi hisoblanadi. XV asrda Leonardo da Vinci aeronavtika taʼlimotlariga asoslangan bir nechta uchish apparatlarining loyihalarini yaratgan, biroq oʻsha davr ilm-fanining cheklanganligi bois ular amalda ishlamagan.
XVIII asr oxiriga kelib aka-uka Montgolfierlar havo sharini ixtiro qilishadi. Bu ixtiro esa qisqa vaqt ichida odamlarning parvoz qilishiga imkon yaratadi. Ayni paytda vodorod gazining kashf etilishi esa vodorodli havo sharining ixtiro qilinishiga sabab boʻladi. Xuddi shu davrda fiziklarning mexanikadagi turli nazariyalari, jumladan suyuqlik dinamikasi va Nyutonning harakat qonunlari, zamonaviy aerodinamikaning rivojlanishiga olib keldi. Bu sohaning rivojlanishiga, ayniqsa, George Cayley katta hissa qoʻshdi. XVIII asr oxirlariga kelib, erkin uchuvchi va bogʻlangan sharlar harbiy maqsadlarda qoʻllana boshladi. Buyuk fransuz inqilobi davrida esa Fransiyada shar ishlab chiqaradigan maxsus shirkatlar tashkil etildiHallion (2003).
XIX asrning ikkinchi yarmida planyorlar bilan oʻtkazilgan tajribalar qanotli uchish apparatlarining dinamikasini oʻrganish uchun asos boʻldi. Bu sohada Cayley, Otto Lilienthal va Octave Chanute kabi olimlarning ishlari alohida ahamiyat kasb etdi. XX asr boshlariga kelib, dvigatel texnologiyasi va aerodinamika sohasidagi yutuqlar tufayli inson boshqaruvidagi, motor bilan harakatlanadigan samolyotlarning ilk parvozini amalga oshirishga imkon yaratdi.
1903-yilda aka-uka Wrightlar qanotlar tuzilishi, uchish aparatlarini boshqarish boʻyicha olib borgan tadqiqot va tajribalaridan soʻng, barcha zarur elementlarni birlashtirib, birinchi samolyotni yaratish hamda uchirishga muvaffaq boʻldilar„Flying through the ages“ BBC News. Retrieved 2024-10-18.. 1909-yilga kelib samolyotlarning dum qismi xochsimon shaklga oʻtdi va asosiy tuzilma sifatida qabul qilindi. Shundan soʻng, kuchliroq dvigatellar ishlab chiqilishi bilan samolyotlarning tashqi koʻrinishi va uchish xususiyatlari tezkorlik bilan takomillashib bordi.
Etimologiyasi „Aviatsiya“ atamasi lotincha (yoki fransuzcha) avis („qush“) soʻzidan olingan boʻlib, unga harakat yoki jarayonni anglatadigan -ation qoʻshimchasi qoʻshilishi orqali hosil boʻlgan. Bu atama 1863-yilda fransuz kashfiyotchisi Guillaume Joseph Gabriel de La Landelle (1812–1886) tomonidan „Aviation ou Navigation aérienne sans ballons“ nomli asarida ishlatilgan.
Boshlangʻich davrlar
Minoradan sakrash Qadim zamonlardan beri odamlar oʻzlariga qushlarning patlaridan tayyorlangan yasama qanotlar, qotirilgan plashlar va boshqa shunga oʻxshash moslamalarni bogʻlab olib minoradan sakrash orqali uchishga urinishlari haqidagi afsonalar mavjud. Dedal va Ikar haqidagi yunon afsonasi esa uchish bilan bogʻliq afsonalarning eng qadimgisi hisoblanadi.thumb|Dedal Ikarning qanotlarini yasamoqda|left|240x240pxBoshqa afsonalar qadim Osiyo va Yevropa oʻrta asrlarda paydo boʻlganBook of Han, Biography of Wang Mang, 或言能飞, 一日千里, 可窥匈奴.莽辄试之, 取大鸟翮为两翼, 头与身皆著毛, 通引环纽, 飞数百步堕. Bu davrda koʻtarish kuchi, barqarorlik va boshqaruv haqida yetarlicha tushuncha boʻlmagan va natijada koʻplab urinishlar ogʻir jarohatlar, baʼzida esa oʻlim bilan yakun topgan.
Andalusiyalik olim Abbos ibn Firnas (810–887-yillar) Ispaniyaning Kordova shahrida tanasini kalxat patlari bilan qoplab, qoʻllariga ikkita qanot bogʻlagan holda parvoz qilishga uringanLynn Townsend White, Jr. (Spring, 1961). „Eilmer of Malmesbury, an Eleventh Century Aviator: A Case Study of Technological Innovation, Its Context and Tradition“, Technology and Culture 2 (2), pp. 97–111 .
XVII asrda yashagan jazoirlik tarixchi Ahmad al-Maqqariy, Kordova amiri boʻlmish Muhammad I ning saroy shoiri Moʻmin ibn Saidning sheʼridan iqtibos keltirib, Firnasning parvoz qilganini bayon etadi. Unga koʻra Firnas maʼlum masofa uchadi, lekin qoʻnish vaqtida jarohat oladi. Buning sababi sifatida Firnasda dum yoʻqligini (qushlar qoʻnish uchun dumlaridan foydalanishini) koʻrsatadi. Bundan tashqari XII asr tarixchisi Uilyam Malmsberilikning yozishicha, XI asrda yashagan Eilmer Malmsberi ismli Benedikt monaxi qoʻl va oyoqlariga qanotlar bogʻlab, qisqa masofa uchishga muvaffaq boʻlgan. Biroq, qoʻnish paytida ikkala oyogʻini sindirib olgan. U ham „dum“ning zaruratini eʼtibordan chetda qoldirgan.
Keyingi asrlarda koʻplab odamlarning parvoz qilishga oid urinishlari hujjatlarda qayd qilingan. Hatto 1811-yilda Albrecht Berblinger ornitopter yasab, Ulm shahridagi Dunay daryosi ustidan uchishga uringan.
Varraklar thumb|Varrak. (John Batening 1635-yilgi „The Mysteryes of Nature and Art“ nomli kitobidan) Varrak insoniyat tomonidan yaratilgan havodan ogʻir uchish apparatlarining ilk shakli boʻlishi mumkin. Varrak miloddan avvalgi V asrda Xitoyda Mo-szi va Lu Ban tomonidan ixtiro qilingani taxmin qilinadi. Bunga asos sifatida, Xitoyda varrak yasash uchun juda ham mos va keng tarqalgan materiallar mavjudligi koʻrsatiladi. Bular, masalan, „ipak mato, uchirish uchun pishiq ip va bambuk“ kabi materiallardir. Ushbu materiallarning varrak yasashda juda mos boʻlishining sababi, asosan, ularning oʻziga xos tuzilishi hisoblanadi. Bambuk qushlarning suyaklariga oʻxshash mustahkam va ichi boʻsh material boʻlib, bu esa uning yengil boʻlishini taʼminlaydi va uchishni osonlashtiradi. Keyinchalik varraklarga uchar hasharotlar, qushlar va boshqa hayvonlarning, jumladan afsonaviy mavjudotlarning tasvirlarini tushirish boshlanadi. Baʼzilariga esa parvoz paytida musiqiy tovushlar chiqarishi uchun ip va hushtaklar qoʻyiladi. Qadimgi va oʻrta asr Xitoy manbalarida varraklarning masofani oʻlchash, shamolni tekshirish, odamlarni koʻtarish, ishora qilish, aloqa qilish va xabar yuborish uchun qoʻllanishi tasvirlangan.
Varraklar Xitoydan butun dunyo boʻliq tarqaldi. Osiyoga kirib kelgach esa yanada takomillashib, jangovar qiruvchi varrakka aylandi. Bu varraklarda boshqa varraklarni kesish uchun foydalaniladi. Ularning eng mashhur turlari esa Hindiston va Yaponiyada yaratildi.
Odam tashuvchi varraklar Odam tashuvchi varraklar qadimgi Xitoyda fuqarolik va harbiy maqsadlarda, baʼzan esa jazolash usuli sifatida ham qoʻllangan. Dastlabki qayd etilgan parvozlardan biri milodiy VI asrda Xitoy shahzoda boʻlmish mahbus Yuan Huangtou tomonidan amalga oshirilganHallion (2003) page 9..
Odam tashuvch varraklar haqidagi hikoyalar Yaponiyada ham uchraydi. U yerga varraklar milodiy VII asrda Xitoy orqali kirib kelgan. Bir zamonlarda Yaponiyada odam tashuvchi varraklardan foydalanishni taqiqlovchi qonun ham boʻlganPelham, D.; The Penguin book of kites, Penguin (1976).
Uygʻonish davri Abbos ibn Firnas ixtirosidan soʻng, baʼzi tadqiqotchilar uchish apparatlarini loyihalashning asoslarini kashf eta boshladilar va ularni taʼriflashga kirishdilar. Bular orasida eng mashhurlaridan biri Leonardo da Vinci edi, biroq uning ishlari 1797-yilgacha nomaʼlum qolgan va shu sababli keyingi uch asrlik taraqqiyotga taʼsir koʻrsatmadi. Uning loyihalari mantiqan toʻgʻri boʻlsa-da, ilmiy asosga ega emas edi. U uchuvchi jismni harakatga keltirish uchun zarur boʻlgan quvvat miqdorini past baholagan va uning loyihalari dvigatel yordamida aylanadigan parrakka emas, balki qushning qanot qoqishiga asoslangan edi. left|thumb|Leonardoning eskizlaridan biri Leonardo qushlar va koʻrshapalaklarning parvozini oʻrgangan va koʻrshapalaklarning qanoti teshik emasligi tufayli uning parvozini ustun ekanligini taʼkidlagan. U bularni tahlil qila turib, aerodinamikaning koʻplab tamoyillarini oldindan koʻra bilgan. Leonardo „Jism havoga qanday qarshilik koʻrsatsa, havo ham jismga shunday qarshilik koʻrsatadi“ degan xulosaga kelgan. Isaac Newton esa oʻzining uchinchi harakat qonunini 1687-yilgacha eʼlon qilmagan edi.
XV asrning oxirlaridan 1505-yilgacha Leonardo koʻplab uchuvchi apparatlar va mexanizmlarning loyihalari haqida yozgan va ularning eskizlarini chizgan. Bular qatoriga ornitopterlar, qoʻzgʻalmas qanotli planyorlar, rotorli (parrakli) apparatlar (ehtimol, aylanuvchi oʻyinchoqlardan ilhomlangan), parashyutlar (yogʻoch ramkali piramida shaklida) va shamol tezligini oʻlchash asboblari kiradi. Uning dastlabki loyihalari inson kuchiga asoslangan boʻlib, ornitopterlar va rotorli (parrakli) apparatlarni oʻz ichiga olardi. Keyinchalik Leonardo bu loyihalarnining amalda qoʻllab boʻlmasligi tushunib yetib, bor eʼtiborini boshqariladigan planyorlar parvozlariga qaratdi. Shu bilan birga u prujina yordamida harakatlanadigan baʼzi eskizlarni chizgan.
Leonardo „Sul volo“ („Parvoz haqida“) nomli essesida „qush“ deb nomlangan kraxmallangan mato, charmdan yasalgan boʻgʻinlar va xom ipakdan tayyorlangan bogʻichlardan yasalgan uchish apparatini tasvirlagan. U „Codex Atlanticus“ nomli asarida shunday deb yozgan:„Ertaga, 1496-yil 2-yanvar kuni tongda, men bogʻichni tayyorlab, sinovni amalga oshiraman“.Koʻp takrorlangan va taxminlarga koʻra toʻqima boʻlgan hikoyada bayon etilishilcha, 1505-yilda Leonardo yoki uning shogirdlaridan biri Monte Ceceri choʻqqisidan uchishga urinib koʻrgan.
Havodan yengil uchish apparatlari
Zamonaviy nazariyalarning boshlanishi Francesco Lana de Terzi 1670-yilgi „Prodromo dell’Arte Maestra“ nomli asarida katta hajmli kemalar havoda suzishi mumkinligini vakuum tamoyillaridan foydalangan holda taklif qilgan. U tomonidan taklif qilingan havo kemasi toʻrtta ulkan mis folga sharlaridan iborat boʻlib, ular yoʻlovchi savati, dum qismi va boshqaruv qopqogʻini ushlab turishi kerak edi. Biroq tanqidchilar tomonindan yupqa mis sharlar tashqi havo bosimiga bardosh bera olmasligi taʼkidlangan. Keyinchalik oʻtkazilgan tajribalar ham uning gʻoyasini amalga oshirib boʻlmasligini isbotladi.
Havo sharlari
Fransiyada 1783-yil 4-iyundan 1-dekabrgacha beshta aviatsiya parvozlari amalga oshirilgan:
4-iyunda Fransiyaning Annonay shahrida aka-uka Mongolfiyerlarning uchuvchisiz issiq havo bilan toʻldirilgan aerostat (Mongolfyer) namoyishini koʻrish uchun ommaviy yigʻin boʻlgan. Ularning 500 funtlik shari qariyb 3000 fut balandlikka koʻtarilib, bir yarim milyadan ortiq masofani bosib oʻtdi. Shar havoda 10 daqiqa turgan, soʻngra agʻdarilib, yonib ketgan. 27-avgustda Jacques Charles va aka-uka Robertlar Parijdagi Champ de Mars maydonida ilk marta odamsiz vodorod sharini uchirishgan. Shar qariyb bir soatdan soʻng Gonessega qoʻngan. U yerdagi dehqonlar vahimaga tushgan va uni yovuz maxluq deb oʻylab, uni yoʻq qilishgan. 19-oktyabrda 2000 nafar tomoshabin qarshisida Jean-François Pilâtre de Rozier va François Laurent d'Arlandes Mongolfyerda parvoz qilishgan va ular havo sharida parvoz qilgan birinchi inson boʻlishdi. Ulardan keyin oʻsha kunning oʻzida yana bir Giroud de Villette ismli uchuvchi yanada yuqoriroq parvoz qilishga muvaffaq boʻlgan. 21-noyabr kuni aka-uka Montgolfiyerlar insonlar bilan ilk erkin parvozni amalga oshirgan. Qirol Louis XVI ilk parvoz qiluvchilar oʻlimga hukm qilingan jinoyatchilar boʻlishini buyurgan. Jean-François Pilâtre de Rozier va François Laurent d'Arlandes esa ularga qoʻshilib olgan. Ular 8 kilometr (5 mil) masofani bosib oʻtishdi. 1-dekabrda Jacques Charles va Nicolas-Louis Robert 400 ming tomoshabin koʻz oʻngida Parijdagi Tuileries bogʻidan oʻzlarining vodorodli havo sharlarini uchirishgan. Ular taxminan 1800 fut (550 metr) balandlikka koʻtarilib, 2 soat-u 5 daqiqa parvoz qilishgan va 36 kilometr masofani bosib oʻtib, quyosh botishida Nesles-la-Valléega kelib qoʻnishgan. Robert yerga tushadi, Jacques Charles esa yolgʻiz oʻzi yuqoriga koʻtarilishga qaror qiladi. Bu safar u 9,800 fut (3000 metr) balandlikka koʻtarilib, quyoshni koʻradi va shu paytda uning qulogʻi oʻgʻrib qoladi. Shu bilan Jacques Charles umrining oxirigacha boshqa hech qachon parvoz qilmaydi.