Volid ibn Utba ibn Abu Sufyon () (684-yilda vafot etgan) Umaviy xalifalari Muoviya I () va Yazid I () hukmronligi davrida 677/678–680 hamda 681–682-yillarda Madina hokimi boʻlib xizmat qilgan. 680-yilda hokimlikdan boʻshatilgan, chunki Husayn ibn Ali va Yazidning hokimiyatga kelishiga qarshi boʻlgan boshqa yuqori darajadagi musulmonlarni xalifaga bay’at qilishga koʻndirolmagan. Ikkinchi fitna davrida Damashqqa yuborilganidan soʻng, 684-yilda Umaviylar hukmronligining davom etishini qoʻllab-quvvatlagani va Umaviylarga qarshi shaxslardan biri Abdulloh ibn az-Zubayrni qoralagani uchun qamoqqa tashlangan. Ammo tez orada Xolid ibn Yazid va Umaviylar tarafdori boʻlgan Banu Kalb qabilasi tomonidan ozod qilingan.

Hayoti right|thumb|300x300px|Umaviylar xalifaligidagi hukmron Sufyoniylar oilasining shajara daraxti. Al-Volid ham aynan ushbu oilaga mansub boʻlgan. Volid ibn Utba Umaviylar urugʻiga mansub boʻlib, Utba ibn Abu Sufyonning oʻgʻli, Suriya markazida Damashq xalifaligini tashkil qilgan Muoviya I ning () ota tomondan jiyani boʻlganHoward 1990, p. 2, note 8.. 676-yilning oktyabr oyida Makkada yillik Haj ziyoratiga boshchilik qilgan boʻlishi mumkinMorony 1987, p. 183.. Ilk musulmon tarixchisi al-Voqidiyning (823-yilda vafot etgan) yozishicha, Muoviya 677-yilning sentyabr yoki oktyabr oylarida al-Volidni Madinaga hokim etib tayinlaganMorony 1987, p. 191.. VIII asrda yashagan boshqa bir tarixchi Abu Mash’ar esa uning bu lavozimga 678-yilning avgust-sentyabr oylarida tayinlanganini qayd etganMorony 1987, p. 192.. Volid ibn Utba oʻzining Umaviylardan boʻlgan qarindoshi Marvon ibn al-Hakamning oʻrniga ushbu lavozimni egallaganMorony 1987, pp. 191–192.. 678-yil sentyabr oyiga kelib, yana Haj ziyoratlariga imomlik qilganMorony 1987, p. 198.. Ilk musulmon tarixchisi Balozuriy (892-yilda vafot etgan) tomonidan keltirilgan maʼlumotlariga koʻra, al-Volid ichkilikka moyil boʻlib, faoliyatining boshidanoq hokimiyat uchun ichki sulolaviy nizolarda ishtirok etgan.

Muoviya I oʻz oʻgʻli Yazid I ni oʻziga merosxoʻr sifatida tayinlagan, bu esa Islom tarixida ilgari hech qachon amalga oshirilmagan bir qadam edi. 680-yilda Yazid xalifa etib tayinlangach, Volidni Husayn ibn Ali, Abdulloh ibn az-Zubayr va Abdulloh ibn Umarning oʻziga bay’at qilishi uchun mas’ul etib tayinladi. Oldinroq ular Muoviyaning Yazidni oʻziga merosxoʻr etib tayinlashini tan olishdan bosh tortgan ediVaglieri 1971, p. 607.. Xalifaning topshirigʻiga koʻra, Volid Husayn va Ibn az-Zubayrni Madinadagi hokim saroyiga taklif qildi. Bu esa ularda shubha uygʻonishiga sabab boʻldi. Ibn al-Zubayr Makkaga qochib ketdi, Husayn esa oʻzining urugʻdoshlari va mavoliylari (arab boʻlmagan mijozlar) hamrohligida al-Volid bilan uchrashishga rozi boʻldi. Volid Muoviyaning vafoti haqida Husaynga xabar berib, uning Yazidga bay’at qilishini talab qildi. Husayn qonuniy ravishda Yazidni omma oldida tan olishini takli qildi, Volid ham bunga rozi boʻldi. Shuningdek, Husayn oʻzining jamoatchilik tomonidan tan olinishini ikki kunga kechiktirishga muvaffaq boʻldi, bu esa unga Makkaga qochishiga imkon bergan edi. Marvon ibn al-Hakam Volidni kuch ishlatishga undadi, lekin Volid Husaynning Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi ekanligini hisobga olib, unga qarshi zoʻravonlik bilan yoʻl tutishni istamadiVaglieri 1971, p. 608.. Bu orada Volid Ibn az-Zubayrni taʼqib qilish uchun otliq askarlarni yuborgan edi, biroq askarlar az-Zubayrni taʼqib eta olmadilarHoward 1990, pp. 6–7.. Al-Volidning vaziyatga yumshoqlik bilan yondashuvi 680-yilning iyun oyida uning Yazid tomonidan ishdan boʻshatilishiga va oʻrniga umaviy Amr ibn Said ibn al-Osning tayinlanishiga olib keldiHoward 1990, p. 10..

Al-Volid 681-yil 21-avgustda Haj ziyoratlarining boshida Madinaga qayta hokim etib tayinlandi. Oʻsha yili, shuningdek, 682-yilning avgustida ham ziyoratchilarga imomlik qildiHoward 1990, p. 188.. Makkadagi bazaviy qoʻshinlari orqali Umaviylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan Ibn az-Zubayrni oʻziga boʻysundirish uchun Al-Volidning qilgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradiHoward 1990, p. 197.. Tabariy tomonidan qayd etilgan manbalarga koʻra, Ibn az-Zubayr keyinchalik Yazidga maktub yoʻllab, Volidning oʻrniga boshqa bir hokim tayinlanishini taklif qilgan. Zubayr oʻz navbatida yangi hokim bilan hamkorlik olib borishni maʼqullagan edi. Ushbu taklifga xalifa Yazid ham rozi boʻlgan va Volidning amakivachchasi Usmon ibn Muhammad ibn Abu Sufyonni uning oʻrniga hokim qilib tayinlagan.

Hijoz mintaqasidagi Makka va Madina shaharlarida yashovchi Umaviylar Damashq xalifaligi hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolon kuchaygani sababli Suriyaga koʻchirilgan. 683 va 684-yillarda ketma-ket Yazid va oʻgʻli xalifa Muoviya II ning oʻlimi Suriya va butun xalifalikda Umaviylar hukmronligining inqiroziga olib keldi hamda yetakchilik boʻshligʻining yuzaga kelishiga sabab boʻldiHawting 1989, pp. 49–51.. Muoviya II ning janoza namozida Volidning oʻzi imomlik qildiBosworth 1993, p. 268.. Umaviylarning Damashqdagi hokimi al-Dahhok ibn Qays al-Fihriy Ibn az-Zubayrni yashirin ravishda qoʻllab-quvvatladi, chunki Damashq shahri va uning atrofida Umaviylar va xalifalik tarafdorlarining koʻpligi uni ochiq ravishda tan olishdan bosh tortdi. Umaviylar tarafdori, Banu Kalb qabilasi rahbari Ibn Bahdal Ibn az-Zubayrni qoralab, Umaviylar hukmronligining davom etishini qoʻllab-quvvatlovchi mazmunda maktub yozdi. Ushbu maktubni qabiladoshlaridan biri Nagʻida yoki Na'isa ismli kishi orqali al-Dahhokka yoʻlladi. Ibn Bahdal al-Dahhokning maktubni juma namozi vaqtida ommaning oldida oʻqishini tayinlagan edi. Biroq u maktubni koʻpchilikning oldida oʻqishdan bosh tortdi, shundan keyin Nagʻidaning oʻzi uni ovoz chiqarib oʻqidi. Al-Dahhok uning bu ishini qattiq qoraladi. Soʻngra al-Volid Nagʻidaning bayonotini ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi, uning ketidan yigʻilishda ishtirok etayotgan Banu Kalb qabilasi aʼzolari va Gʻassoniylar ham ergashdi. Biroq buning natijasida Volid al-Dahhok tomonidan qamoqqa tashlandi, lekin Yazidning oʻgʻillari Xolid, Abdulloh hamda ularning onasi, Banu Kalb qabilasi vakili tomonidan ozod qilindiHawting 1989, p. 52.. Sufyoniylar oilasidan omon qolganlar orasida Volid merosxoʻrlikka ega chiqishga harakat qilgan boʻlishi mumkin. Volid ibn Utba 684-yilda chivin kasalligidan vafot etgan degan taxminlar ham mavjud.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Madinadagi Umaviylar hokimlari Turkum:684-yilda vafot etganlar Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar