Xuzayma ibn Xozim ibn Xuzayma at-Tamimiy () (818/19-yilda vafot etgan) Abbosiylar xalifaligining ilk davrida nufuzli va qudratli amaldor boʻlgan. Taniqli harbiy sarkarda Xozim ibn Xuzaymaning oʻgʻli bo‘lgan bu shaxs imtiyozli va nufuzli mavqeni meros qilib olgan hamda yoshligidanoq davlatning yuqori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 786-yilda Horun ar-Rashidning taxtga chiqishini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, uning butun hukmronligi davomida ta’sirli shaxs boʻlib qolgan.811—813-yillardagi fuqarolar urushi davrida al-Amin tomonida turdi. Biroq keyinchalik al-Aminning ukasi al-Ma’mun tomoniga oʻtib ketib, al-Ma’mun kuchlarining Bagʻdodgagi bir yillik qamalini gʻalaba bilan yakunlashda hal qiluvchi rol oʻynadi.

Biografiyasi Xuzayma Abbosiylarning dastlabki tarafdorlaridan boʻlgan va sulolaning hokimiyatga kelishida ham inqilob davrida, ham undan keyin hal qiluvchi rol oʻynagan xurosonlik arab Xozim ibn Xuzaymaning oʻgʻli edi. Xozim tufayli oila Xurosoniylаr, ya’ni inqilob davrida gʻarbga kelib, dastlabki Abbosiylar hukumatining asosiy kuch manbaini tashkil etgan Xuroson askarlari orasida nufuzli mavqega erishganKennedy (2001), pp. 100–102. Xuzayma yoshligida otasi bilan birgalikda inqilobda ishtirok etgan. Ad-Dinavoriyning ma’lumotlariga koʻra, 760-yilda Tabariston viloyatiga noib etib tayinlanganCrone (1980), p. 180. Xozim vafotidan soʻng (sanasi aniq emas, ammo 765-yildan keyin), otasining mavqei va ta’siri Xuzaymaga meros boʻlib qolganKennedy (1986), p. 82. Xuzayma xalifa al-Mahdiy hukmronligi davrida () Bagʻdod shahri sohib ash-shurtasi (politsiya boshligʻi) lavozimida xizmat qilganKennedy (2001), p. 84.

Xuzaymaning qudrati 786-yilda, al-Hodiy () vafot etganda namoyon boʻldi. Al-Hodiyning oʻgʻli Ja’farning taxtga boʻlgan da’volariga qarshi, al-Hodiyning ukasi Horun ar-Rashidning () taxtga chiqishini ta’minlashda hal qiluvchi rol oʻynadi. 14-sentyabr kuni toʻsatdan vafot etgan al-Hodiy Horunni vorislikdan chetlatib, uning oʻrniga Ja’farni tayinlashni rejalashtirgan edi. Biroq, bu rejani amalga oshirishga ulgurmagan. Shunday qilib, al-Hodiy vafot etgan kechada Horun tarafdorlari uni zudlik bilan xalifa deb eʼlon qilishga kirishdilar. Boshqalar esa Ja’farga bayʼat keltirdilar. Xuzayma al-Hodiyning sodiq tarafdori boʻlganiga qaramay, xalifaning ukasi Abdullohni sohib ash-shurta lavozimidan chetlashtirish qarori uni xalifadan uzoqlashtirgan boʻlishi mumkin. Rivoyatlarga koʻra, Xuzayma oʻzining 5000 nafar tarafdorini toʻplab qurollantirgan. Yosh shahzodani yotogʻidan sudrab chiqarib, Horun foydasiga taxtga boʻlgan da’volaridan oshkora voz kechishga majbur qilganKennedy (2001), p. 100Bosworth (1989), p. 96Kennedy (1986), pp. 112–113.

Xuzayma ham, uning ukasi Abdulloh ham Horun davrida katta nufuzga ega boʻlib, yirik viloyatlar noiblari lavozimlarini egallashgan. Xuzaymaning boyligi shunchalik ulkanligi sababli, hatto Bagʻdod shahrida hashamatli saroy qurdirgan. Xuzayma Basra noibi lavozimida, shuningdek ikki marta Arminiya (butun Kavkazorti hududini oʻz ichiga olgan katta viloyat) noibi (ostikan) lavozimida faoliyat yuritgan. Birinchi marta bu lavozimda 786—787-yillarda 14 oy davomida, keyinroq esa 804-yil atrofida noma’lum muddat ishlagan. Arab manbalariga koʻra, birinchi hukmronlik davri oqilona boshqaruv bilan ajralib turgan. Biroq, arman manbalariga koʻra, Armaniston va Iberiyadagi yarim mustaqil mahalliy knyazlarga qarshi muntazam va shafqatsiz ta’qiblar uyushtirib, ularning koʻpchiligini (jumladan, Kaxeti hukmdori Archilni) qatl ettirganLaurent (1919), pp. 96 (Note 4), 341, 343. 799-yilda xazarlarning Arminiyaga bosqini ortidan, Xuzayma va Yazid ibn Mazyadga xazarlarga qarshi kurashish vazifasi topshirildi. Yazid qoʻshinlarni xazar bosqinchilariga qarshi boshqarib borgan, Xuzayma esa Nisibis yaqinida zaxirada qolganBosworth (1989), pp. 170–171. 808-yilda Horun Xurosondagi Rofe ibn Lays qoʻzgʻolonini bostirish uchun sharqqa otlanayotganda, Xuzayma Horunning uchinchi oʻgʻli al-Qosimga vasiy va murabbiy etib tayinlandi. Al-Qosim oʻsha paytda Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh hudud noibi ediKennedy (1986), p. 132Bosworth (1989), p. 291. Horun hukmronligi oxirida xalifaning shohib ash-shurtasi lavozimini ham egallagan.

Horun vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan al-Amin () Xuzaymani Qosimning Jazira hududidagi oʻrinbosari etib tayinladi. 810-yilda esa, Qosim Bagʻdodga chaqirtirilib, amalda uy qamogʻiga olingach, Xuzayma uning oʻrniga ham Jazira, ham Vizantiya chegarasidagi hududlar noibi lavozimiga tayinlandiFishbein (1992), pp. 20, 22. Al-Amin va uning oʻgay ukasi al-Ma’mun () oʻrtasidagi fuqarolar urushi boshlanishidan oldingi davrda, al-Ma’mun Xuroson noibi va taxt vorisi boʻlgan vaqtda, Xuzayma al-Aminga al-Ma’munni vorislik qatoridan chiqarish orqali u bilan ochiqchasiga aloqalarni uzmaslik haqida maslahat bergan kishilar orasida ediFishbein (1992), p. 65. Bu vaqtda Xuzayma juda keksa boʻlib, koʻzlari deyarli koʻrmay qolgan edi. Aksariyat Xurosoniylar va an’anaviy Abbosiylar elitasi kabi, Xuzayma va aka-ukalari dastlab Bagʻdoddagi al-Aminni qoʻllab-quvvatlab, Xurosondagi al-Ma’munga qarshi chiqishdi. Al-Maʼmun qoʻshinlarining qator gʻalabalaridan soʻng, Bagʻdodning oʻzi bir yillik qamalga duchor boʻldi. Qamal davom etgan sari, elitaning al-Aminga nisbatan qoʻllovi susaya boshladi. 813-yil sentyabr oyida al-Ma’munning lashkarboshisi Tohir ibn Husayn Xuzayma bilan aloqaga chiqdi. Muzokaralar samarali boʻlib, 21-sentyabr kechasi Xuzaymaning odamlari Bagʻdodning sharqiy va gʻarbiy qismlarini bogʻlovchi Dajla daryosi ustidagi asosiy koʻprikni buzib tashladilar. Shaharning sharqiy qismi ertasi kuniyoq taslim boʻldi. Tohirning qoʻshinlari esa gʻarbiy shaharning aksariyat qismiga hujum qilib, uni egallab oldi. Buning natijasida al-Amin qochishga majbur boʻldi. Biroq, Tohirning odamlari uni qoʻlga olib, qatl etishdiKennedy (1986), pp. 145–148Fishbein (1992), pp.173–175. Xuzayma keyingi bir necha yil davomida ham muhim shaxs boʻlib qolib, Bagʻdoddagi notinch siyosiy hayotda faol ishtirok etdi. Bagʻdod aholisining al-Ma’mun noibi al-Hasan ibn Sahlga qarshi 816-yildagi qoʻzgʻolonining asosiy yetakchilaridan biri ediBosworth (1987) pp. 46ff.. Xuzayma 818/19-yilda vafot etdiGibb (1995), p. 253 (Note 24). Xuzaymaning vafotidan keyin, fuqarolar urushining yakunlanishi va al-Ma’mun boshliq yangi elitaning yuksalishi natijasida, koʻplab xurosoniylar singari uning oilasi ham ilgarigi mavqeyini yoʻqotdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:810-yillarda vafot etganlar Turkum:Arminiyaning Abbosiy noiblari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:8-asr arablari Turkum:9-asr arablari Turkum:Arab—Xazar urushlarida ishtirok etgan Abbosiylar kishilari Turkum:8-asr hukumat amaldorlari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari