Yazid ibn al-Muhallab al-Azdiy () (672/673-yilda tugʻilgan – 720-yil 24-avgustda vafot etgan) – VIII asr boshlarida Iroq va Xurosonda xizmat qilgan Umaviylar xalifaligi sarkardasi. 720-yilda Umaviylarga qarshi Iroqning bir qator keng koʻlamli qoʻzgʻolonlarining oxirgisiga rahbarlik qilgan.
Yazid ibn al-Muhallab 702-yilda otasi, taniqli sarkarda al-Muhallab ibn Abu Sufraning oʻrniga Xuroson hokimi etib tayinlangan. 704-yilda Umaviylar noibi Hajjoj ibn Yusuf tomonidan lavozimidan boʻshatilib, qamoqqa tashlangan. Taxminan 708—709-yillarda qamoqdan qochgan va Falastinda Umaviylar shahzodasi Sulaymon ibn Abdulmalikdan panoh topgan. Sulaymon 715-yilda xalifa boʻlgach, Yazidni Iroqqa hokim etib tayinlagan. Yazidning faoliyati harbiy va diniy ishlar bilan chegaralangan, viloyat xazinasi Solih ibn Abdurahmon tomonidan boshqarilgan va u Yazidning ortiqcha sarf-xarajatlarga qoʻl urishini cheklab qoʻygan. Keyingi yili Xuroson boshqaruvi ham Yazidning vakolatiga oʻtgan. Yazid Hajjojning qarindoshlari va u tomondan lavozimga tayinlangan shaxslarini taʼqib qilgan, hukumat lavozimlariga esa oʻzi tegishli boʻlgan Banu Azd qabilasi aʼzolarini tayinlagan.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:720-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Iroqdagi Umaviylar hokimlari Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari